1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]


OKOZ:1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar] [TSZ



Yüklə 16,61 Kb.
səhifə4/4
tarix16.04.2023
ölçüsü16,61 Kb.
#105851
1   2   3   4
36 02.03.2015 (1) (1)

OKOZ:1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
[TSZ:1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Fan va ilmiy faoliyat]
VIII. Dastlabki va rasmiy himoyani o‘tkazish tartibi
36. Magistrlik dissertatsiyasining dastlabki himoyasi ilmiy rahbar (ilmiy maslahatchi) ishtirokida kafedra tomonidan tuzilgan komissiyada tashkil etiladi.
Dastlabki himoyaga boshqa kafedralardan, shuningdek boshqa tashkilotlardan mutaxassislar taklif etilishi mumkin.
Ilmiy maslahatchi tayinlangan holda dastlabki himoyaga qadar undan magistrlik dissertatsiyasiga xulosa olish ham talab etiladi.
37. Dastlabki himoyaga qadar magistratura talabasi ichki va tashqi hamda ilmiy rahbar taqrizlariga, shuningdek dissertatsiya mavzusiga doir kamida 2 ta ilmiy maqola yoki tezisga ega bo‘lishi kerak.
Dastlabki himoya yakunlari kafedralar yig‘ilishi bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
38. Ichki va tashqi taqrizchilarni oliy ta’lim muassasasining tegishli kafedrasi tavsiya etadi va ularning ro‘yxati ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor (direktor o‘rinbosari) tomonidan tasdiqlanadi.
39. Taqrizchi vazifalariga quyidagilar kiradi:
magistrlik dissertatsiyasining dolzarbligi, ilmiy yangiligi va tugallanganligi to‘g‘risida xulosa taqdim etish;
dastlabki himoyadan kamida 3 kun oldin taqriz taqdim etish;
kasb odob-axloqi qoidalarining buzilishi holatlari (plagiat, ma’lumotlarni soxtalashtirish, yolg‘on tsitata keltirish va boshqalar) aniqlangan taqdirda, ularni taqrizda ko‘rsatish.
40. Magistrlik dissertatsiyasi belgilangan talablarga mos kelmagan holatlarda, magistratura talabasi tomonidan kasb odob-axloqi qoidalari (plagiat, ma’lumotlarni soxtalashtirish, yolg‘on tsitata keltirish va boshqalar) buzilganligi aniqlangan taqdirda, shuningdek ushbu holatlarni qisqa muddatda tuzatish imkoniyati mavjud bo‘lmaganda taqrizchi magistrlik dissertatsiyasini himoyaga qo‘yish maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risida xulosa beradi.
41. Magistrlik dissertatsiyasini rasmiy himoya qilish kuni oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori)ning buyrug‘i bilan tasdiqlangan jadval asosida belgilanadi.
42. Magistrlik dissertatsiyasining rasmiy himoyasi oliy ta’lim muassasasining Davlat yakuniy attestatsiya komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) tomonidan o‘tkaziladi.
43. Magistratura talabasi magistrlik dissertatsiyasining rasmiy himoyasi taqdimot materiallari bilan bayon etilishi va 20 daqiqadan oshmasligi lozim.
44. Rasmiy himoyada Komissiya a’zolari magistratura talabasini quyidagi mezonlar asosida baholaydi:
magistrlik dissertatsiyasi tadqiqot mavzusining dolzarbligini va uning amaliyot bilan bog‘liqligini ko‘rsatib bera olishi;
magistratura talabasining tadqiqotga va vazifalarni hal etishga mustaqil yondashuvi;
foydalanilgan ilmiy adabiyotlar, ilmiy nashrlar, normativ-huquqiy hujjatlar, statistik ma’lumotlar, shuningdek xorijiy tillardagi adabiyotlar tanqidiy tahlilining to‘liqligi va chuqurligi;
tadqiqot usullari amaliyotda qo‘llanilganligining asoslanganligi;
olingan natijalar asosida ishlab chiqilgan tavsiyalarning amaliy ahamiyati;
magistratura talabasining magistrlik dissertatsiyasi doirasida o‘tkazilgan tadqiqotlar va olingan natijalarni rivojlantirish istiqbollarini ko‘ra bilish qobiliyati;
magistrlik dissertatsiyasining nazariy va amaliy qismlaridagi o‘zaro mantiqiy bog‘liqlikni kuzata bilish malakasi.
45. “Qoniqarsiz” baho qo‘yilganda yoki magistrlik dissertatsiyasi rasmiy himoyaga qo‘yilmagan taqdirda magistratura talabasi keyingi 3 yil davomida uni qayta himoya qilish huquqiga ega.
46. Magistrlik dissertatsiyalari rasmiy himoyasi natijalari oliy ta’lim muassasasi Ilmiy kengashida muhokama etiladi.
47. Himoya qilingan magistrlik dissertatsiyalari oliy ta’lim muassasasida 3 yil davomida saqlanadi.
IX. Magistratura talabalari faoliyati monitoringi
48. Magistratura talabasi faoliyati ustidan doimiy monitoring olib borish va magistraturada ta’lim jarayonini tashkil etish sifatini oshirish maqsadida oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori) buyrug‘i bilan yetakchi o‘qituvchilar tarkibidan iborat, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari olimlari, tashkilotlar-kadrlar iste’molchilari mutaxassislarini jalb etgan holda, Ishchi guruh tuziladi.
49. Magistratura talabasi faoliyati ustidan monitoring quyidagi ko‘rsatkichlar asosida olib boriladi:
a) birinchi kursda:
magistratura talabasining kalendar ish rejasi belgilangan muddatlarda o‘z vaqtida bajarilishi;
bitta ilmiy maqola yoki respublika yoki xalqaro miqyosdagi ilmiy konferensiyada bitta tezis chop etganligi;
ilmiy seminarlarda ishtirok etganligi;
mutaxassislik bo‘yicha o‘quv fanlarini o‘zlashtirish darajasi.
b) ikkinchi kursda:
magistratura talabasining kalendar ish rejasi belgilangan muddatlarda o‘z vaqtida bajarilishi;
ikkita ilmiy maqola yoki respublika yoki xalqaro miqyosdagi ilmiy konferensiyada ikkita tezis chop etganligi;
magistrlik dissertatsiyasi dastlabki himoyadan o‘tganligi, agar u monitoring davrida rejalashtirilgan bo‘lsa;
ilmiy seminarlarda ishtirok etganligi;
mutaxassislik bo‘yicha barcha o‘quv fanlarini o‘zlashtirish darajasi.
50. Ta’lim jarayonining xususiyatlari va o‘qish muddatlari (3 yil) hisobga olingan holda tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ayrim magistratura mutaxassisliklari monitoring ko‘rsatkichlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishi mumkin.
51. Monitoring jarayonida magistratura talabalari bilan suhbatlar o‘tkaziladi, tegishli taklif va tavsiyalar beriladi.
52. O‘quv yili oxirida Ishchi guruh monitoring yakunlari bo‘yicha oliy ta’lim muassasasi Ilmiy kengashida hisobot taqdim etadi.
X. Yakunlovchi qoida
53. Nizoli masalalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.

Magistratura to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA


O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida magistrlar tayyorlashni tashkil etish
SXEMASI

Magistratura to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA















Namuna

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI













_______________________________________________________________













(oliy ta’lim muassasasi nomi)













“TASDIQLAYMAN”


“_____” magistratura bo‘limi boshlig‘i
20 y. “_____”____________













______________________________________________
(magistratura talabasi F.I.O.)













______________________________ mutaxassisligi bo‘yicha
20___– 20___ o‘quv yillari uchun




























MAGISTRATURA TALABASINING KALENDAR ISh REJASI





























Magistratura talabasining ushbu kalendar ish rejasi __________________________
kafedrasining 20____ yil “_____”____________dagi yig‘ilishida muhokama qilingan.


























































Kafedra mudiri:




____________________

_________________































(F.I.O.)

(imzo)











































Reja bilan tanishdim:




























Magistratura talabasi




____________________

_________________































(F.I.O.)

(imzo)













Ilmiy rahbar:




____________________

_________________































(F.I.O.)

(imzo)











































I. Magistratura talabasining o‘quv metodik, ilmiy tadqiqot, pedagogik
amaliyot bo‘yicha kalendar ish rejasi
1. O‘quv metodik ishlar




























T/r

Tadbirlar nomi

Bajarish muddati

Natijalar: bajarilishi bo‘yicha belgilar



















1.




























2.


























































2. Ilmiy tadqiqot ishlari




























T/r

Tadbirlar nomi

Bajarish muddati

Natijalar: bajarilishi bo‘yicha belgilar



















1.




























2.


























































3. Ilmiy pedagogik ishlari




























T/

Tadbirlar nomi

Bajarish muddati

Natijalar: bajarilishi bo‘yicha belgilar



















1.




























2.


























































4. Pedagogik amaliyot




























T/r

Tadbirlar nomi

Bajarish muddati

Natijalar: bajarilishi bo‘yicha belgilar



















1.




























2.


























































II. Magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash bo‘yicha kalendar reja






























T/r

Ishni bajarish bosqichlari va asosiy tadbirlarning mazmuni

Bajarish muddati

Natijalar: bajarilishi bo‘yicha belgilar



















1. Tadqiqotni o‘tkazishga tayyorgarlik




























1.




























2.


























































2. Ilmiy tadqiqot ishlarini rejalashtirish




























1.




























2.


























































3. Tadqiqotni amalga oshirish: materiallarni yig‘ish va tahlil qilish
(yoki tajriba sinovlarini o‘tkazish)




























1.




























2.


























































4. Ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini rasmiylashtirish




























1.




























2.


























































5. Magistrlik dissertatsiyasini himoyaga taqdim etish




























1.




























2.




























































(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 9-son, 98-modda, 43-son, 549-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son, 22.10.2019-y., 09/19/886/3941-son; 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son, 16.11.2021-y., 09/21/682/1050-son )
Yüklə 16,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə