1. Ilk yosh davri bolalarining rivojlanishidagi o’ziga xosliklari



Yüklə 115,11 Kb.
tarix29.11.2023
ölçüsü115,11 Kb.
#143171
1. Ilk yosh davri bolalarining rivojlanishidagi o’ziga xosliklar (1)



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
MAKTABGACHA VA BOSHLANG`ICH TA`LIM FAKULTETI
MAKTABGACHA TA`LIM KAFEDRASI
Maktabgacha ta`lim yo`nalishi
3 “D” guruhi talabasi
Ikromova Husnnoraning
Maktabgacha pedagogika fanidan
“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablarining sohalari ”
mavzusida yozgan
Kurs ishi

Ilmiy rahbar: A.A. Usmonov


“________”______________________2022 yil
Navoiy – 2022

MUNDARIJA:

I. Kirish………………………………………………………..3-4
II.Asosiy qism:
1. Ilk yosh davri bolalarining rivojlanishidagi o’ziga xosliklari………………………………………………………………….5-14
2. Maktabgacha yoshdagi bola shaxsining rivojlanishi va xususiyatlari………………………………………………………………15-19
3. Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari………………………………………20-30
III. Xulosa va tavsiyalar………………………………………………..31-32

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………………………33

ILOVA…………………………………………………………………………………………
2

KIRISH.
Mavzuning dolzarbligi: Mustaqillik tufayli o‘z taraqqiyot yo‘lidan borayotgan O‘zbekistonda yangicha fikrlaydigan bo‘layotgan voqea hodisalarga erkin munosabat bildiradigan va tanqidiy mushohada yuritadigan yoshlarni tarbiyalash uchun keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Ular qatorida ta’lim samaradorligini oshirish uchun o‘quvchilarda irodaviy sifatlarni tarkib toptirish borasida qator ishlarni amalga oshirib kelmoqdalar. O’sib kelayotgan avlodning jamiyat normalarini to’la qonli qabul qilishi, o’z davrining yaxshi va kerakli kishisi bo’lib etishishi oilaning boshqa rasmiy tarbiya maskanlari bilan o’rnatadigan to’g’ri munosabatlari bevosita bog’liq. Ijtimoiylashuv jarayonida maktabgacha ta’lim muaasasalarining o’rni alohida ahamiyat kasb etadi. CHunki maktabgacha ta’lim muaasasalarining xodimlari bolaning ota-onasi bilan bevosita, har kuni muloqotda bo’ladi va ular maktab ma’muriyatidan farqli ikki xil funktsiyani bajaradi: rasmiy va norasmiy. Undan tashqari, tarbiyachining o’zi ota-onaga nisbatan ikki xil holatda bo’ladi – rasmiy tarbiyachi va samimiy, e’tiborli suhbatdosh tarzida. Lekin oila a’zolari bilan maktabgacha ta’lim muaasasalarining xodimlarining bitta bola tarbiyasidagi ishlarini uyg’unlashtirish, yaxshi samaraga erishish unchalik oson ish emas. CHunki ikkala tomon bir-biriga ishongan taqdirdagi ular o’rtasida samimiy muloqot bo’lishi va tarbiyada ijobiy natijalarga erishish mumkin.

3
KURS ISHI MATERIALLARI. Mavzuni yoritishda<> «Ta’lim haqidagi qonun», «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi», «Ilk qadam» davlat dasturi, ta’lim sohasiga oid respublika qarorlari hamda bolalar adabiyoti yuzasidan darsliklar, ilmiy qo’llanmalar, masalaga oid ilmiy-uslubiy maqolalar nazariy asos bo’lib xizmat qildi.
KURS ISHINING MAQSAD VA VAZIFALARI. Maktabgacha ta’lim tashkilotida Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishidagi o’ziga xosliklari va Davlat talablari hujjatining olib borilishi maqsad qilib belgilandi.
Shu maqsad asosida quyidagi vazifalarni amalga oshirish rejalashtirildi:


  • Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi.



  • 2-3 va 3-4 yoshli bolalarning o’ziga xosliklari.



  • Maktabgacha yoshdagi bola shaxsining rivojlanish va xususiyatlari .

ISHNING TADQIQ USULLARI: Ishni yoritishda tavsiflash, tahlil qilish, dalillash, qiyoslash, zidlash kabi tahlil usullaridan samarali foydalanildi.

KUR ISHINING TUZILISHI : Kirish, 3 band, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
4

1. Ilk yosh davri bolalarining rivojlanishidagi o’ziga xosliklari.


Insonning rivojlanish davri ona qomidan boshlanadi. Bola ona qornida to'qqiz oy mobaynida juda tez rivojlanish jarayonini va murakkab taraqqivot davrini o‘taydi. Bu davrda ham bola ma’lum darajada tashqi muhit ta’sirida bo‘ladi. Shuning uchun ham bu ta'siming ijobiy bo‘lishini ta’minlash lozim. Go'dakning vazni tug'ilgan paytda 3,5 kg, bo‘yi 50 sm bo'lgan bo'lsa, uch oylik davrida uning vazni taxminan 5 kg, bo‘yi 60 sm, 6 oylik bo'l- ganda esa taxminan 7 kg, bo'yi 64 sm bo'ladi. Bir yoshgacha bo'lgan davrda bolaning rivojlanishi asosan oila muhiti ta’sirida bo‘lib, u ona suti bilan oziqlanishi lozim. Bola bu davrda nutqqa ega bo‘lmasa ham nutqni tushunish. anglash. harakatlami idrok etish, oila a’zolarini tanish qobiliyatiga ega bo'ladi. Shuning uchun ham go'daklik davridan boshlab uch yoshgacha bo'lgan davrda bolaning nutqi va tafak- kuri jadal rivojlanadi. Bola bir yoshgacha bo'lgan davrda dastlabki so'z- larni ayta boshlavdi. Bu davrda kattalar, asosan, oila a’zolari go'dakni to'g'ri parvarish qilishni yo'lga qo’yishlari lozim. "Bola tushunmas ekan” deb, unga befarq bo'lmasliklari, atrof-muhitdagi buyumlaming nomini to'g'ri talaffuz qilib, ularning nutqini to'g'ri rivojlantirish uchun keng yo‘1 ochishlari kerak. Oilada bolani tarbiyalashda ota-ona bilan bola o'rtasida qalban yaqinlikka erishish lozim. Ota-onalar hech qachon tarbiyani o'z holiga tashlab qo'ymasligi, ya’ni bolaning ilk yoshligidan bu jarayonga kirishish talab etiladi.
5

Chunki, bola oilada birinchi hayotiy tajribani o'rganadi. kuzatadi va o'zini turli xil vaziyatlarda qanday tutish kerakligini o'rganadi. Biz bolani nimaga o'rgatsak uni aniq, hayotiy misollar bilan mustahkamlashimiz zarur, ya’ni kattalar aytgan gaplariga amal qilishlari shaxsan tarbiyaning samaradorligini ta'minlaydi. Ilk yosh guruh (2-3 yoshli bolalar)ning rivojlanish xususiyatlari. Bu davr o'ziga xos xususiyatlarga ega. Bir yoshdan ikki yoshgacha bo'lgan davr mobaynida bolaning nutqi va o‘zgalar tomonidan aytilgan so‘zlarni tushunish qobiliyatlari jadal rivojlangan bo‘lsa, 2-3 yoshga kelib, o‘z- galar nutqiga taqlid qilish jarayoni boshlanadi, bola musiqa, badiiy so'z ta'siriga tez beriladi. Shuning uchun ham unga xuddi shu davrdan boshlab she’rlar aytish hamda raqsga tushishni o‘rgatish lozim. Ularda kattalarga jo'r bo‘lib qo‘- shiq aytish, musiqaga muvofiq harakat qilish, ohangni his etish ko‘nikmasi shakllanadi. Bu yoshdagi bolalarni bir joyga jamlaganda ular orasida о‘zaro muloqotga kirishish ko‘nikmalari shakllana boshlaydi. Ta'lim-tarbiyaviy ishlar bolalarda shakllana boshlagan xuddi ana shu ko'nikmalarni rivojlantirishga va ularni malakalarga aylantirishga yo‘naltirilmog‘i lozim.


Ilk yosh tarbiyalanuvchilari (1-2 yoshli bola) jismoniy tarbiyasining asosiy maqsadi bolaning sog’ligini mustahkamlash, ularning tana a’zolarini chiniqtirish, ularda asosiy harakat turlarini rivojlantirish, bolalarni tetik tutuvchi, toliqishlarining oldini oluvchi harakatlarini rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratish hamda barmoqlarining mayda muskullarini, yurish va harakat qilishning ayrim ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat. Ilk yoshli bolalarning jismoniy rivojlanishida quyidagi jihatlarga alohida e’tibor
6

qaratish zarur; 1) kerakli masofaga, o‘rindiq va halqaning tagiga emaklash, bir metr uzunlikdagi zinaga kattalarning yordamida chiqish va undan tushish; 2) tayanchs iz to ‘g‘ri у o ‘nalishda va yerda уotgan taxtacha ustidan, у о‘ lkachadan, qiya (o‘n-o‘n besh sm yuqoriga ko‘tarilgan) taxtachadan yurish, o‘n sm balandlikdagi sath ustiga chiqish va undan tushish; pol, yerdagi yoki besh-o‘n sm balandlikda joylashgan arqon, xoda yoki taxtacha ustidan o‘ta olish; 3) to‘g‘ri yo‘nalishda yugurish; 4) uncha katta bo‘ lmagan tepalikdan koptokni dumalatish, uni oldinga, yuqoriga irg‘itish. Qalamni yoki mo'yqalamni ushlab turish, ular bilan (aji-buji) chiziqlar chizish. 5) uch va undan ortiq qismlardan iborat minoralar qurish, qopcha va qutichaga mayda predmet va o‘yinchoqlami solish va ularning ichidan olish. 6) o‘z-o‘ziga xizmat qilish, qoilarini yuvish, cho‘milishga ijobiy mu- nosabatda bo‘lish, piyoladan choy ichish, mustaqil yuz-qoilarini yuvish va artish. Ilk yosh guruh (2—3 yoshli bolalar) tarbiyalanuvchilari bilan jismo- piy tarbiya bo‘yicha bajariladigan ishni to'g'ri rejalashtirish va o‘tkazish uni samarali hal etishda nihoyatda muhimdir. Kun davomida turli xilda- gi m ashg'ulotlarning jismoniy mashq va harakatli o'yinlar bilan qo'shib olib borilishi bolaning to‘g‘ri harakatini ta’minlashga yordam beradi. Mashg‘ ulotlar to’g‘ ri tashkil etilsa, qiziqarli, ibratli jihatlari oshirilsa, bolalar o'z vaqtida dam olishlariga e’tibor berilsagina, jismoniy mashqlaming samaradorligi ortadi. Mashg‘ulotda eng muhimi mashq va o‘yinlaming to'g'ri taqsimlanishidir. Bunda mashg'ulotning asosiy vazifasini ajrata olish lozim, uning mazmuni ko‘zda tutgan maqsadni hisobga olib, bola tanasining m a’lum qismlariga har tomonlama ta’sir o'tkazish zarur. Shu jumladan, mashg‘ulotlar unumdorligini oshirish maqsadida turli


7

mashqlarni bir-biri bilan bog’ lash ham muhimdir. Bola organizmini chiniqtirishda ham maktabgacha yosh davrlarining o'ziga xosliklarini hisobga olgan holda tabaqalashtirilgan yondashuvni tatbiq etish lozim. Jumladan: ilk yosh guruhida:


- har kuni ertalab badantarbiya qilish, harakatlarni namunaga muvofiq bajarish;
- badantarbiyani ochiq havoda, yengil kiyimda bajarish;
- ertalabki badantarbiya mashqlarini suv muolajalari bilan tugallash (kattalar ko‘magida);
- yozda ochiq havoda iloji boricha ko‘proq bo‘lish;
- kattalar nazorati ostida kichik ochiq suv havzasida (basseynda) cho‘milish (gigiena talablariga amal qilgan holda).
Bolalarning ovqatlanishi (nonushta, tushki ovqat, kech tushki ovqat va kechki ovqat) osoyishta vaziyatda o'tishi kerak. Bola stol atrofiga yaxshi ishtaha bilan o‘tirsa, uning organizmida ovqatning yaxshi hazm bo‘lishiga yordam beruvchi shart-sharoit hosil qiladi. Yaxshi ishtaha bolalarda mustaqillikni, madaniy-gigienik malakalarni, stol atrofida o‘zini to‘g‘ri tutib o‘tirish malakalarini tarbiyalashga yordam beradi. Eng muhimi - bolalarning yoshligidan boshlab ularda yaxshi ishtaha bo‘lishini ta’minlash muhim ahamiyatga egadir. Bolalami ilk yoshidanboshlab оvqatni mustaqil yeyishgao‘rgatish ularda ovqatni ishtaha bilan yeyishga, ovqatga ijobiy munosabatni uyg‘otishga yordam beradi. Ikkinchiyoshningboshidan qoshiqqa o‘rgatish, to‘rtinchi yoshdan sanchqidan, beshinchi yoshda
8

pichoqdan foydalanish malakalarini tarbiyalab borish zarur. Bundan tashqari bolalarda ovqat yeyishdan oldin qo‘lini yuvish, tartibli yeb-ichish, chapillatmay, tovushsiz chaynash va ichish, salfetkadan foydalanish, to‘g‘ri o‘tirish, ovqat uchun tashakkur bildirish, ovqatdan keyin og'izni chayqash kabi maishiy-gigienik malakalar ham tarbiyalab boriladi. Mazkur jarayonda kattalaming namunasi, tushuntirish, o‘rgatish, nazorat kabi tarbiya uslublarining ahamiyati katta.


Ilk yosh guruh. Kattalar ko‘magida suvni sachratmasdan yuvinishga odatlantirib borish, og'zini chayqashgao'rgatish, shaxsiy dastro'molchani o'z vaqtida qo'llashga o‘rgatiladi. Bolalarda ovqatni taitibli yeyish malakalarini (nonni uvoq qilmaslik, ovqatni to‘kmaslik, og'izni yumib chaynash, qoshiqni o'ng qo‘lda ushlab foydalanishlikni) tarbiyalash. Shuningdek, kiyimlami mustaqil ravishda yechinib, kiyinish malakalarini tarbiyalash. Kattalar ko‘magida kiyimlami o'z javonlariga tartibli joylash tirishga o'rgatish. Xonada tartiblilik va ozodalikni saqlashga odatlantirish.Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga aqliy tarbiya berishni to‘g‘ri tashkil etish uchun ularning aqliy rivojlanish qonuniyatlari va imkoniyatlarini bilish kerak. Maktabgacha ta’lim yoshida boshqa yosh davrlariga qaraganda aqliy rivoj lanishning yuqori sur’atda taraqqiy etishi kuzatiladi. Ayniqsa, ilk yosh guruhi bolalarining aqliy rivojlanishiga alohida e’tibor qaratish zarur. Zamonaviy tadqiqotlar natijalari shuni ko‘rsatadiki, ikki yoshgacha bolalarda juda katta hajmdagi bilish faolligi kuzatiladi. Bolaning ongi tez rivojlanib, u uch yoshga kelganda katta kishilaming aql kuchining sakson foiziga tenglashadi. Mazkur holat maktabgacha yoshdagi
9

bola ongini ortiqcha zo‘riqishlardan asrashni talab etadi.Ilk yoshda bolalar bir-biri bilan o'ynaganda xalaqit bermaslik, o'yinchoqni tortib olmaslik, kerak bo4sa so‘rab olish, o'rtog'i o‘ynab bo‘lguncha kutib turish kabi xususiyatlarni o‘zlariga singdirib borishadi. Natijada bolalarda ijobiy munosabatning dastlabki shakllari namoyon bo‘la boshlaydi, birga o‘ynash istagi paydo bo‘ladi. Tarbiyachi esa, o’z navbatida bunday ijobiy munosabatni, birgalikdagi faoliyatni rag‘batlantirib borishi maqsadga muvofiq. Ilk yosh guruhida:


1. Kattalar mehnatiga qiziqishni tarbiyalash. 2. Maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlarining mehnat jarayonlari bilan tanishtirish. 3. Bolalarga kattalarning mehnatini hurmat qilish tuyg'usini shakllantirish.
Topshiriq - maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar mehnatini tashkil etishning boshlang'ich shakli hisoblanib, barcha yosh guruhlarida qo‘llash imkoniyatini beradi. Ilk va kichik yosh guruhlarida bolalarga uncha murakkab bo‘lmagan va qisqa muddatli topshiriqlar beriladi: “0 ‘yinchoqni, kitobni, stulni olib kel. joyiga olib borib qo‘y, tushki ovqat uchun stol ustiga qoshiqlarni qo‘yib chiq”.
Estetik tarbiya - shaxsda tabiat, mehnat, ijtimoiy munosabatlardagi go'zallikrti estetik ideal nuqtayi nazaridan idrok etish va baholash, shuningdek, voqelikni go'zallik qonunlariga ko'ra o‘zgartirish ehtiyojini his etish qobiliyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan muntazam ta’sir jarayonidir ¹. Maktabgacha ta’lim yoshining turli davrlari bilan bog'liqlikda estetik tarbiyani amalga oshirishning o'ziga xosliklari ham aniq namoyon bo‘ladi. Ilk yoshli bolalarda hali ularning estetik tarbiyasi to’g'risida

emas, balki ularning hissiy va sensor rivojlanishi to‘g'risida o‘ylash kerak. Bola yaltiroq bo‘yoqdan xursand bo' ladi, bir maromdagi tovush va harakatlardan huzur qiladi. Bola hayotining birinchi yilida ularning sensor-hissiy qabul qiluvchanligi takomillashib boradi. Bu yoshdagi bolalarda hissiy kechinmalaming shakllanishida kattalar muhim rol o'ynaydi. Kattalaming ochiq yuz bilan jo'shqin ohangda gapirishlari bolaga buyumlarning u yoki bu xususiyatlariga ijobiy munosabatda bo'lishiga yordam beradi. Va, aksincha, kattalarning ogohlantiruvchi ovozi, ular yuzidagi tundlik alo- mati yoki ho‘mrayib qarashlari, jerkib, siltab tashlashlari bolalarda shu buyumgayoki uning sifatiga salbiy munosabatni shakllantiradi. Bola hayotining ikkinchi yilida uning idroki asta-sekin takomillasha boradi. Bolalar endi faqat borliq xususiyatlarini emas, shu bilan birga san'at asarlaridagi ayrim estetik ifoda vositalarini ham idrok eta boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalarda musiqaning quvnoq va g'amgin kuylariga, ulami Didaktik o'yinlar ta’limiy o‘yin sifatida bolalarning yosh xususi- yatlariga mos keladigan o‘yinlar sirasiga kiradi. Didaktik o‘yinlaming muhim belgisi undagi qoidalarning mavjudligidir. 0 ‘yinda o'yin niyati, o'yin qoidalari, o‘yin harakatlari o‘rtasida uzviy aloqa mavjud. 0 ‘yin niyati o‘yin harakatlarining tabiatini belgilaydi. 0 ‘yin qoidasi esa, o‘yin harakatlarini, vazifasini hal etishga va o‘yindagi harakatlarni amalga oshirishga yordam beradi.


___________
1. Valixo‘jayeva F.B. Talabalarni maktabgacha ta’lam muassasalarida bolalarga estetik ’narbiya berishga tayyorlash. Ped.fan.nom.... dis. avt. 2005. — 7-b.

10

Didaktik o‘yinlar orqali bolalarga yangi bilimlar, tushunchalar berib boriladi. Bu o‘yinlarda bolaning har tomonlama rivojlanishi, bilim jarayoni, sensor madaniyati, nutq faoliyati, aqliy qobiliyatlari takomil- lashadi. 0 ‘yin qoidasiga rioya qilish, unga amal qilish o‘yin mazmunini boyitadi. Didaktik o‘yinlarda tabiiy narsa va buyumlardan keng foydalaniladi. Bolaning kun tartibida didaktik o'yin uchun vaqt va joy ajratilishi kerak. Bunday o'yinlar mashg'ulot jarayonida va o‘yindan tashqari vaqtlarda guruh yoki yakka-yakka o‘tkaziladi. Bunda o‘yin mazmuni va natijasi puxta aniqlanadi. Didaktik o‘yinlarda quyidagi qoidalarga amal qilinishi kerak: 1) navbatma-navbat ta'sir etish; 2) so'ralganda javob berish; 3) o’rtoqlari fikrini eshita olish; 4) o'yin jarayonida boshqalarga xalaqit ber- maslik; 5) o‘yin qoidasini bajarish; 6) o‘z xatosini tan olish. Didaktik o'yinlarda bolalaming yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish lozim. 0 ‘yinda o‘)dn sur’ati va ritmi katta rol o‘ynaydi, juda sekin va bir tekisdagi temp bolani ko‘p kuttiradi, juda tez temp esa bolalami hayajonga soladi, turli bahs-munozaralarga olib keladi. Kattalar tomonidan o’yin ishtirokchilarini to‘g‘ri baholash muhim ahamiyatga ega. Didaktik o’yinlarning quyidagi turlari mavjud: a) buyum va o‘yin- choqlar bilan o'ynaladigan; b) stol-bosma; d) og‘zaki so‘z o‘yinlari. Buyum va о ‘yinchoqlar bilan о ‘ynaladigan о 'yinlar bolaning ilk yoshi- dan boshlab, to maktab yoshiga yetgunga qadar o‘ynaladigan o'yin turi hisoblanadi. Bunda bolalarning tasavvurlari, diqqatlari o'yin asosini tashkil etadi. Ularda tevarak-atrofdagi narsa va buyumlar, ularning sifati, loydali tomonlari to‘g‘risida umumiy tushuncha hosil bo‘ladi. 0 ‘yinda o'ynaladigan har bir buyum yoki o‘yinchoq o‘zining tashqi ko‘rinishiga cga bo‘lishi, narsaning asosiy belgisini ajrata bilish imkonini berishi lozim.


11

Bunday o’yinlar bolalarning narsalarning shakli, hajmi, belgisi, sifati haqidagi bilimlarini kengaytiradi. Stol-bosma o'yinlari bolalarning tevarak-atrof haqidagi tasavvurlarini aniqlash, bir tizimga solish, tafakkurini (tahlil qilish, umumlashtirish, tavsiflash) o‘stirish imkonini beruvchi o‘yin usulidir. Bu o'yin turiga lotto, juft rasmlar, domino va labirint kiradi. Og‘zaki so 'z о ‘yinlari katta maktabgacha yoshdagi bolalar bilan o‘tkaziladi. Ular bolani eshita olish, zudlik bilan javob topa olish, o'z fikrlarini tez va aniq ifoda eta olishga o‘rgatadi. Bunday o‘yinlar bolaning aqliy rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan o‘yin turlarida didaktik maqsad va o‘yin materiallarining mavjudligi muhim ahamiyat kasb etadi.


MTMda kichkintoylarni tevarak-atrofdagi hayot, tabiat bilan tanishtirish, ularning nutqini, eng oddiy matematik tasavvurlarini o'stirish mashg'ulotlari, musiqa mashg'ulotlari, qurish-yasash, jismoniy tarbiya mashg'ulotlari olib boriladi. Ilk yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan mashg'ulotlar katta yoshdagi kishilarning har bir bola bilan rejali suratda muomalada bo'lishidan iborat bo'lib, bu mashg'ulotlarning maqsadi bolalarning nutqi va harakatini rivojlantirib borishdir; bu esa bolalarni mashg'ulotlarga tayyorlash bos qichidir; go'daklar ixtiyoriy diqqat o'sib borgani sari, bunday mashg'ulotlar bir necha bola bilan, keyinchalik esa butun guruh bolalari bilan bir yo'la olib boriladi. Mashg'ulotlarda ta'lim berish bolalardan aqliy va jismoniy zo'r berishni talab etadi, ya'ni u bolani aktiv faoliyati bilan bog'liq bo'lib bola ma’lum natijaga erishish uchun intiladi, bu esa boladan uzoq davomli ixtiyoriy diqqatni talab etadi. Shuning uchun mashg'ulotga tayyorlanishda bolalar yoshini, imkoniyatini e'tiborga
12

olish zarur: mashg'ulotning vaqtini, kun tartibidagi o'rnini dasturning har xil bog’imlarini to'g'ri almashtirib turishni oldindan o'ylab, aniq belgilab olish zarur. Mashg'ulotlarni kuning birinchi yarmida o'tkazish maqsadga muvofiqdir, chunki birinchidan, bola ertalabki soatlarda aqliy vazifani yaxshi bajara oladi, xona tabiiy yorugTik bilan yaxshi ta'minlangan bo'ladi. Har bir yosh guruhida necha marta mashg'ulot o'tkazilishi, uning mazmuni va har bir mashg'ulot yosh guruhlari bo'yicha necha daqiqa davom etishi MTM tarbiya dasturida ularning yosh xususiyatlarini e'tiborga olgan holda belgilab berilga O'z-o'ziga xizmat qilish. Bu bolalar mehnatining bir turi bo'lib, unda bolalar ilk yoshidan boshlab mustaqil ovqat- lanishga, yuvinishga, kiyinish va yechinishga, o'yinchoqlarni yig'ishtirib qo'yishga o'rgatiladi. O'z-o'ziga xizmat qilish jarayonida bolalarda mustaqillik, ma'lum maqsad bilan harakat qilish kabi sifatlar shakllanadi, bolalar qo'llaridan kelgan ishni o'zlari bajarishga o'rganadilar. O'z-o'ziga xizmat bolalarda oddiy mehnat turlariga nisbatan qiziqish uyg'otadi, batartiblikka, intizomli bo'lishga, xulq-odobga o'rgatadi. Ilk yoshli bolalar o'yin faoliyatining birinchi bosqichi tanishtiruvchi o'yin bo'lib, u narsa-buyum-o'yin faoliyatidir. Uning mazmuni qo'l ishidagi murakkab va nozik harakatlardir. Keyingi bosqich aks ettirish o'yini hisoblanadi. Bu ilk yoshli bolalar o'yini psixologik mazmunining rivojlanishida eng yuqori nuqta hisoblanadi. Kattalar ta'lim-tarbiyaviy ishlarini ma'lum izchillik bilan olib borsalar, bu yoshdagi bolalar narsa va buyumlar nomini, nimaga ishlatilishini bilib oladilar va bu yangi bilimlarni o'z o'yinlarida qo'llay boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalar o'yini mazmun jihatidan predmetli faoliyatni aks ettiradi.


13

Birinchi yoshning oxiri va ikkinchi yoshdagi bolalar o'yinida syujetni aks ettirish yuzaga keladi. Bola qo'lidagi buyum bilan undan qanday foydalanish kerakligini aks ettiradi.


Ilk yoshdagi bolalarga mo'ljallangan ko'p o'yinchoqlar (shaqqildoqlar, rezina koptokchalar, shaklchalar va boshq) bolada ko'rish va eshitish diqqatini rivojlantiradi, ushlash harakatlari va buyumli harakatlarni o'stirishga yordam beradi.
Ilk yoshdagi bolalar dastro'moldan yasalgan "Sichqon''ning harakatlanishidan qattiq zavqlanib, qiyqirib yayraydilar.
"Sichqon”ni harakatlantiruvchi katta odam uning juda chaqqonligini namoyish etishi kerak. Bu ovutmachoq go'dakka sichqon shakli va uning juda to'g'risida tasavvur hosil qilishga ko'maklashadi. Ermak o'yinlardan «Oymoma», «Bog'ga kirsam maylimi», «Alla», «Aji-aji», «Boylandi», «Chapakka-xo- chapakka» orqali bolalarni muloqotga o'rgatib boriladi. Bu jarayonda bolalarning eshitish, ko'rish, sezish, his qila olish kabi sensor qobiliyatlari faollashadi. Bolalarning nutq faolligini o'stirish maqsadida aytishma o'yinlaridan keng foydalaniladi. Bunday o'yinlarga «Boylandi», «Xolam keldi», «Mundi-mun- di», «Bulbulim-bulbulim», «Ko'z boylog'ich», «Oq sholi, ko'k sholi», «Ada hormang»lar kiradi. Yana xalqimizda azal-azaldan o'ynab kelinadigan so'z o'yinlaridan «Yarashtirgich»lar hali-ha- nuzgacha bolalar orasida «tinchlik - yarashuv» timsoli sifatida qo'llaniladi.
Bu o'yinlar bolalar tilidan ana shunday jaranglaydi:
Karimga berdim toychoq,
14

U olavermadi har choq. Toychog'imni kim olsa, Men u bilan chin o'rtoq. Yalinchoq-yalinmachoq, Pista po'choq. Qilichmi, to'qmoq, qirq yilgacha o'rtoq, To'qmoq, to'qson yilgacha o'rtoq.

2. Maktabgacha yoshdagi bola shaxsining rivojlanishi va xususiyatlari.
Shaxs tushunchasi insonga taalluqli bo’lib, psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarash- ga ega bo'lgan jamiyatning a’zosini ifodalashga xizmat qiladi. Odam shaxs bo'lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o‘zini yaxlit inson sifatida his etishi, o‘z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog‘i kerak. Kadrlar tayyorlash milliy modelida shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta’lim sohasidagi xizmatlaming iste’molchisi va ulami amalga oshiruvchi sifatida ta’riflanadi. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy-axlohiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida namoyon bo'lishiga erishishni nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning amalga oshirilishi har bir fuqaroning bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanishi hamda muayyan kasb yo‘nalishi bo'yicha mehnat qilish huquqini kafolatlaydi.
15

Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit sharoitlari va tarbiya kerak bo'ladi. Ana shular ta’sirida odam inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi. Rivojlanish shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon boTadiganmiqdor va sifat о‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayondir. Rivojlanish mohiyatan oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatlarga o'tish, yangilanish, yangining paydo bo'lishi, eskining yo'qolib borishi, miqdor o'zgarishining sifat o'zgarishiga o'tishini ifodalaydi. Rivojlanishining manbayi qarama- qarshiliklarning o'rtasidagi kurashdan iboratdir. Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir, degan falsafiv ta’limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, uning rivojlanishi da tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta’sir etadi, ularni bir-biridan ajratib bo'lmaydi. Chunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush tajribasi bilan birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta’sir etadi. Inson butun umri davomida o'zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psi- xik jihatdan kamolga yetadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq bo'Isa, u jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o‘ziga munosib o’rin egallaydi. Chunki rivojlanish tarbiya ta’siri ostida boradi. Shaxsning fazilatlarini to‘g‘ri ko‘rish va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar jarayonida kuzatish lozim. Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to'g'ri hal etish uchun uning xulqiga ta’sir etuvchi omillar hamda shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur. Tarbiya


16

bolaga samarali ta’sir etishi uchun o’sish va rivojlanish qonuniyatlarini bilish hamda hisobga olish maqsadga muvofiq. Shunday qilib, rivojlanish va tarbiya o‘rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud.


2-3 yoshli bolalarning rivojlanish xususiyatlari. Bu davr o'ziga xos xususiyatlarga ega. Bir yoshdan ikki yoshgacha bo'lgan davr mobaynida bolaning nutqi va o'zgalar tomonidan aytilgan so'zlarni tushunish qobiliyatlari jadal rivojlangan bo'lsa, 2-3 yoshga kelib, o'zgalar nutqiga taqlid qilish jarayoni boshlanadi, bola musiqa, badiiy so'z ta'siriga tez beriladi.Shuning uchun ham unga xuddi shu davrdan boshlab she'rlar aytish hamda raqsga tushishni o'rgatish lozim. Ularda kattalarga jo'r bo'lib qo'shiq aytish, musiqaga muvofiq harakat qilish, ohangni his etish ko'nikmasi shakllanadi. Bu yoshdagi bolalarni bir joyga jamlaganda ular orasida o'zaro muloqotga kirishish ko'nikmalari shakllana boshlaydi. Ta'lim-tarbiyaviy ishlar bolalarda shakllana boshlagan xuddi ana shu ko'nikmalarni rivojlantirishga va ularni malakalarga aylantirishga yo'naltirilmog'i lozim.
3-4 yoshli bolalarning rivojlanish xususiyatlari Bola 3 yoshga qadam qo'yganda jismoniy o'sishi bir qadar sekinlashadi. Bu davrda uning og'irligi 14-15 kg., bo'yi 90-95 sm. ga yetadi. Bola jismonan ancha chiniqib, asab tizimi taraqqiy etadi. Tayanch harakat organlari takomillashib boradi. 3 yoshli bolalar qisqa muddat davomida o'z xatti-harakatlarini idora qilish ko'nikmasiga ega bo'ladilar. Ulardagi mustaqillik ortib boradi, hissiyot hamda sensor idroki rivojlanib boradi. Jamoa bo'lib o'ynash ko'nikmalari shakllanadi. O'yin asosida amalga oshiriladigan mehnat faoliyatini farqlash imkoniya ti kengayadi. Tasviriy faoliyat hamda qurish-yasash faoliyatining
17

dastlabki ko'rinishlari namoyon bo'ladi. Uch yoshli bolalarning diqqati qisman markazlashadi, xotirasi mustahkamlanib boradi, moddiy borliqni idrok etish jarayoni boshlanadi, faraz qilish imkoniyatlari vujudga keladi. Bunda o'yin faoliyati yetakchi rol o'ynaydi. Mazkur dastur xuddi mana shu faoliyatni kengaytirishga va rivojlantirishga keng yo'l ochadigan ta'limiy mashg'ulotlar tizimini belgilab berishga yo'naltirilgan.


4-5 yosh bolalarning rivojlanish xususiyatlari Bola to'rt yoshga yetgach, uning jismoniy o'sishi bir muncha jadallashadi, bu davr mobaynida bo'yi 105-108 sm gacha o'sadi, og'irligi esa 18-19 kg bo'ladi. Bu davrda bolaning miyasi tez rivojlanadi. Katta yarim sharlar po'stlog'ining faoliyati takomillashib boradi. Boladagi asosiy harakatlarning rivojlanish id a jiddiy-sifat o'zgarishlar sodir bo'Iadi, ularni bajarishda tabiiylik ortib boradi, bolalarda qiyoslash ko'nikmasi shakllanadi. Bu yoshdagi bolalarning nutqi ravon, xotirasi ancha teran, mustaqil fikrlash darajasi bir qadar rivojlangan bo'Iadi. Barcha harakat va faoliyatlarni o'zi mustaqil bajarishga intiladi. Bu yoshda bola nihoyatda serharakat, o'yinqaroq, o'ta qiziquvchan bo'Iadi. U har qanday tadbirga bajonidil qatnashadi. Shuning uchun ham ularni to'g'ri ovqatlantirish, o'z vaqtida uxlatish, salomatligini muhofaza qilish, ruhiy holatini nazorat qilib borish, quvnoq kayfiyatda bo'lishini ta'minlash muhim ahamiyatga ega.
5-6 yosh bolalarning rivojlanish xususiyatlari Bu davrda bolaning bo'yi 7-8 sm ga o'sadi. Uning oyoqlari gavdasiga nisbatan tezroq rivojlanadi, og'irligi 20-22 kg.ni tashkil etadi. Bolalarning umurtqa suyaklari qotmaganligi tufayli tez qiyshayib qolishi mumkin. Shuning uchun ham suyaklarning
18

to'g'ri o'sishini ta'minlashga alohida e'tibor berish kerak. Ularning yuragi chaqaloq yuragiga nisbatan 4-5 barobar kattalashgan, biroq muskullari hali yetarli darajada mustahkamlanmagan bo'Iadi. Olti yoshga yetganda miya po'stlog'ining asab katakchalari rivojlanib, og'irligi va tashqi ko'rinishidan kattalarnikiga yaqinlashadi. Shuning uchun ham bolaning asablariga juda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lish talab etiladi. Uning talaffuzi aniq, nutqi ravon bo'lishini ta'minlash kerak. Bolaning bu faoliyatida nuqson bo'lgan taqdirda uning ol- dini olish choralarini ko'rish lozim. Bu yoshdagi bolalarning so'z boyligining rivojlanishiga alohida e'tibor berish lozim. Ularning nutqidagi so'zlar bolaning fikr ifodalash ehtiyojlarini to'la qondirishi kerak. Bu davrda bolalarning matematik tafakkuri, hisoblash ko’nikmalarini rivojlanishi lozim. Dastlabki iqtisodiy tushunchalarga ehtiyoj seziladi. Bolaning faraz qilish qobiliyatini jadal rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir. 6-7 yosh bolalarning rivojlanish xususiyatlari Bola hayotining yettinchi yilida undagi harakatlar ko’lami kengayadi va aniqlashadi, uning jismida harakatlarning o’zaro moslashuvi boshlanadi. 6-7 yoshli bolalar o’zini idora qilish va o’z harakatlarini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo’la boshlaydi. Bu yoshdagi o’g’il bolalarda mustaqil faoliyat ko’rsatish, tashabbuskorlik rivojlanadi hamda kattalar fikrini tinglash ishtiyoqi shakllanadi. Bu davrda bolaning bo’yi 120 sm ga yetadi, og’irligi 22-24 kg bo’ladi. Bu yoshda bola chiniqadi, qiziquvchan bo’ladi, o’z salomatligini nazorat qila oladi. Uning idrok kuchi va tafakkuri jadal rivojlanadi, moddiy borliqni bi- lishga intila boshlaydi. Bolalarda gigiyenik malakalar shakllana boradi.


19

3. Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari.


O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 802-son qaroriga muvofiq MAKTABGACHA TA’LIM VA TARBIYANING DAVLAT STANDARTI qabul qilindi. Bu hujjat 3-Ilovadan iborat:

  1. Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan DAVLAT TALABLARI.

  2. Maktabgacha ta’lim tashkilotining DAVLAT O‘QUV DASTURI.

  3. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini o‘yinlar to‘plamlari, o‘yinchoqlar, mebel, jihozlar va boshqa texnik vositalar bilan jihozlash.

Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga
1-ILOVA.Ilk yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yilayotgan TALABLAR.
2-ILOVA. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yilayotgan TALABLAR.
Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan DAVLAT TALABLARI
1-bob. Umumiy qoidalar
Mazkur O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari (keyingi o‘rinlarda — davlat talablari) ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni (keyingi o‘rinlarda — bolalar) har tomonlama rivojlantirish, ta’lim-tarbiya berish, maktab
20

ta’limiga tayyorlash bo‘yicha davlat talablarini belgilaydi. Davlat talablari O‘zbekiston Respublikasi hududida tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, quyidagi ta’lim tashkilotlariga nisbatan qo‘llaniladi:



  • davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari;

  • nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari;

  • maktabgacha yoshdagi guruhlari mavjud bo‘lgan “Mehribonlik” uylari va “Bolalar shaharchalari”.

2. Maktabgacha ta’lim turlari uchun kadrlar tayyorlovchi o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari, maktabgacha ta’lim turlari bo‘yicha pedagogik kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlashni amalga oshiradigan tashkilotlar, maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiya olayotgan oilalar davlat talablariga rioya qilishlari lozim.
3. Davlat talablarida quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
maktabgacha ta’lim — maktabgacha yoshdagi bolalar qiziqishi, iqtidori, individual ruhiy va jismoniy xususiyatlari, madaniy ehtiyojlarini inobatga olgan holda hamda bolada ma’naviy me’yorlarning shakllanishi, hayotiy va ijtimoiy tajriba egallanishini ko‘zda tutgan har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan yaxlit jarayon;
rivojlanish — inson tanasi tuzilishi, ruhiyati va xulqida biologik jarayonlar hamda atrof muhit ta’sirida ro‘y beradigan o‘zgarishlar;
rivojlanish sohasi — bola rivojlanishidagi aniq bir yo‘nalishlar; kichik soha — sohaning kichik guruhlari. Asosiy sohalarning kichik sohasi rivojlanishning ma’lum bir tomonlarini o‘z ichiga qamrab oladi va ularning aniq bir yo‘nalishini ko‘rsatib beradi;
21

kutilayotgan natija — bolalarda kutilayotgan bilim, ko‘nikma va malakalar ko‘rsatkichi; bola tarbiyasining majmui — ma’lum bir yosh davriga xos bo‘lgan vazifalarni maqsadli bajarish uchun yetarli bo‘lgan bolaning bilimi, ko‘nikmasi va malakasi hamda qadriyatlari; integratsiya — bola ta’limi va rivojlanishidagi mazmun tarkibiy qismlari o‘rtasidagi bog‘liqlik; inklyuziv ta’lim — bolalarning alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarini inobatga olgan holda ta’lim va tarbiya olinishini teng ta’minlovchi jarayon; refleksiv faoliyat — bolada o‘z tushunchalari va xatti-harakatlarini anglash va mustaqil tahlil qilishi asosida xulosalar shakllanishi jarayoni; “Men” konsepsiyasi — bolaning o‘zi haqidagi anglangan tasavvurlari tizimi, uning refleksiv faoliyatining bir qismi.


2-bob. Davlat talablarining maqsadi va asosiy vazifalari.
4. Davlat talablarining maqsadi — mamlakatda o‘tkazilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni, xorijiy mamlakatlar ilg‘or tajribasi hamda ilm-fan yutuqlari va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini inobatga olgan holda maktabgacha ta’lim tizimida ma’naviy barkamol va intellektual jihatdan rivojlangan shaxsni tarbiyalash.
5. Davlat talablarining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi, ta’lim-tarbiyasi mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;

  • milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida bolalarga ta’lim-tarbiya berish, rivojlantirishning samarali shakllari va usullarini joriy etish;

  • ta’lim-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;

  • kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash.

22

3-bob. Davlat talablarining asosiy prinsiplari.


6. Davlat talablari quyidagi asosiy prinsiplarga asoslanadi: bolaning noyobligi; “Men” konsepsiyasi va shaxsiy ta’limini yaratishda bolaning faol roli; bolaning huquqlarini himoya qilish va ta’minlashning muhimligi; bola ta’limi va rivojlanishida kattalarning asosiy roli; bolalar rivojlanishida individual farqlanishlar mavjudligi sababli har bir bolaga moslashuvchan bo‘lib, individual variativlik asosida yondashish.
4-bob. Davlat talablarining tarkibi.
7. Davlat talablari rivojlanish sohalari integratsiyasini nazarda tutadi va bola rivojlanishiga ko‘maklashadi.Davlat talablari tug‘ilgandan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning beshta asosiy rivojlanish sohalariga bo‘lingan. Har bir rivojlanish sohasi o‘z o‘rnida kichik sohalarga bo‘lingan bo‘lib, ular har bir yosh guruhiga mos bir nechta talablardan (kutilayotgan rivojlanish ko‘rsatkichlaridan) iborat. 8. Davlat talablari bolaning quyidagi rivojlanish sohalari bo‘yicha belgilanadi: jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi; ijtimoiy-hissiy rivojlanish; nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari; bilish jarayonining rivojlanishi; ijodiy rivojlanish. 9. “Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi” sohasi quyidagi kichik sohalarga bo‘linadi:
yirik motorika;
mayda motorika;
23

sensomotorika;


sog‘lom turmush tarzi va xavfsizlik.
10. “Ijtimoiy-hissiy rivojlanish” sohasi quyidagi kichik sohalarga bo‘linadi: “Men” konsepsiyasi; hissiyotlar va ularni boshqarish; ijtimoiylashuv, kattalar va tengdoshlar bilan muloqot.
11. “Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari” sohasi quyidagi kichik sohalarga bo‘linadi: - nutq va til;
- o‘qish malakasi; - qo‘l barmoqlari mayda motorikasi.
12. “Bilish jarayonining rivojlanishi” sohasi quyidagi kichik sohalarga bo‘linadi: intellektual-anglash malakalari; elementar matematik malakalar; tadqiqiy-bilish va samarali refleksiv faoliyat. 13. “Ijodiy rivojlanish” sohasi quyidagi kichik sohalarga bo‘linadi: dunyoni badiiy tasavvur etish; badiiy-ijodiy qobiliyatlar.
14. Davlat talablari asosidagi yosh davrlari quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: go‘daklik (tug‘ilgandan 1 yoshgacha); erta yoshdagi bolalik (1 yoshdan 3 yoshgacha); kichik maktabgacha yosh (3 yoshdan 4 yoshgacha); o‘rta maktabgacha yosh (4 dan 5 yoshgacha); katta maktabgacha yosh (5 yoshdan 6 yoshgacha); maktabga tayyorlov yoshi (6 yoshdan 7 yoshgacha).
15. Ilk yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan talablar mazkur Davlat talablariga 1-ilovada belgilangan.
16. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan talablar
24

mazkur davlat talablariga 2-ilovada belgilangan.


5-bob. Yakunlovchi qoida.
17. Mazkur Davlat talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Maktabgacha ta’lim tashkilotining DAVLAT O‘QUV DASTURI.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Maktabgacha ta’lim tashkilotining davlat o‘quv dasturi (keyingi o‘rinlarda — davlat o‘quv dasturi) maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsad va vazifalari, o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g‘oyalari, shuningdek, bolaning ta’limning keyingi bosqichiga o‘tishidagi asosiy kompetensiyalarini belgilab beradi.
2. Davlat o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi ta’lim tashkilotlarida qo‘llash uchun majburiy hisoblanadi:
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari;
maktabgacha ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi nodavlat tashkilotlar;
maktabgacha guruhlarga ega bo‘lgan “Mehribonlik” uylari va “Bolalar shaharchalari”;
maktabgacha va boshlang‘ich ta’limni nazorat qiluvchi maktabgacha ta’lim boshqaruvi organlari.
3. Davlat o‘quv dasturi variativ o‘quv dasturlarini yaratishda majburiy tayanch hujjat hisoblanadi.Ta’lim tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan variativ o‘quv dasturlaridan foydalanish huquqiga ega.
4. Ta’lim tashkiloti davlat o‘quv dasturi asosida o‘zining ishchi o‘quv dasturini ishlab chiqish huquqiga ega. Ta’lim tashkilotining ishchi o‘quv dasturi tashkilot pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladi va belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
25
2-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim jarayonining maqsadi va asosiy prinsiplari.
5. Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim jarayonining maqsadi — bolalarda umumiy kompetensiyalar va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish uchun tegishli sharoitlar yaratishdan iborat. 6. Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim jarayonining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: bola huquqlari, uning o‘ziga xos rivojlanish xususiyati va salohiyatini hisobga olish; ta’lim jarayonida barcha turdagi rivojlanish sohalarining o‘zaro bog‘liqligi; bolaning salomatligini asrash va mustahkamlash, uning ehtiyojlari, shu jumladan, harakatlanish ehtiyojlarini qondirish; bolaning ijodiy qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash; o‘yin orqali ta’lim berish va rivojlantirish; bolaning rivojlanishi va ijtimoiy moslashishi uchun qulay muhit yaratish; bola uchun xavfsiz muhitni ta’minlash; maktabgacha ta’lim tashkilotining oila, mahalla va maktab bilan hamkorligi; milliy madaniy an’analar qadriyatini oshirish va boshqa millatlar madaniyatiga hurmat, boshqa millatlar madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish.
3-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolaning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash va uni amalga oshirish, qo‘shimcha ta’lim xizmatlari, ota-onalar bilan hamkorlik. 7. Bolaning maktabgacha ta’lim tashkilotidagi rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash va uning amalga oshirilishi uchun maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari javobgar bo‘ladi.
8. Qo‘shimcha ta’lim xizmatlari maktabgacha ta’lim tashkiloti tomonidan imkoniyatlardan kelib chiqqan holda bolalar va aholi ehtiyojlariga mos ravishda tashkil etiladi.Qo‘shimcha ta’lim xizmatlari fakultativ hisoblanadi va ularni tashkil qilishda ko‘ngillilar (volontyorlar), ota-onalar va homiylar
26

ishtirok etishi mumkin.


9. Maktabgacha ta’lim tashkilotida alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash va uni amalga oshirish uchun maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari javobgar bo‘ladi.
Zarurat tug‘ilganda, pedagoglar tarkibi va maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbariyati, tor ixtisoslik mutaxassislarini jalb etgan holda bola (uning rivojlanishi) uchun o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning individual rejasini tuzadi.
10. Bolaning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash uchun maktabgacha ta’lim tashkiloti ota-onalar bilan o‘zaro hamkorlikning quyidagi shakllarini tashkil qilishi mumkin: ota-onalarning maktabgacha ta’lim tashkiloti borasidagi fikrlarini hisobga olish; ilk rivojlanish masalalarida ota-onalarga bilim berish;
ota-onalarni o‘quv-tarbiyaviy jarayonda faol qatnashishga jalb etish; ota-onalarning tashkilot hayotida ishtirok etish borasidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash.
4-bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda alohida yondashuv
11. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda alohida yondashuv o‘sib borayotgan bola shaxsini hayotga tayyorlash, unda hayotiy muhim masalalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan, axloqiy me’yor va qadriyatlarni o‘zlashtirish, boshqa insonlar bilan muloqot qilish, “Men” obrazini qurish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat usullarini shakllantirishga tayyorgarlikni nazarda tutadi. Boshlang‘ich muhim kompetensiyalar bolaning faoliyat va axloq subyekti sifatidagi yaxlit rivojlanishini talab etadi. Kompetensiya bolaning bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlari majmuidir. Boshlang‘ich kompetensiyalar, rivojlanish sohasidan qat’i nazar, bola shaxsi shakllanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
27

5-bob. Maktabgacha yoshdagi bolaning kompetensiyalari


1-§. Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning umumiy muhim kompetensiyalari 12. Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning umumiy muhim kompetensiyalari quyidagilardan iborat:
kommunikativ kompetensiya — muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda foydalana bilish ko‘nikmasi; o‘yin kompetensiyasi — bolaning o‘yin jarayoni va uni tashkil qilishda tajriba, bilim va ko‘nikmalardan ijodiy foydalanishi. O‘quv-tarbiyaviy faoliyat uchun asos hisoblanadi; ijtimoiy kompetensiya — hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan muloqotda axloq qoidalari va me’yorlariga rioya qilgan holda o‘zini tutish mahorati; bilish kompetensiyasi — atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qilish va olingan bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlardan o‘quv va amaliy vazifalarni hal qilish uchun foydalanish.
2-§. Bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalari
13. Bolaning kompetensiyalari bola rivojining quyidagi sohalarida belgilanadi: jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi; ijtimoiy-hissiy rivojlanish; nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari; bilish jarayonining rivojlanishi; ijodiy rivojlanish.
3-§. “Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish” sohasi kompetensiyalari. 14. “Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi” sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakunlanganidan so‘ng 6-7 yoshli bola: o‘z imkoniyatlari va yoshi bilan bog‘liq jismoniy rivojlanish me’yorlariga mos ravishda jismoniy faollik ko‘rsatadi; turli harakatchanlik faolligini uyg‘un ravishda va maqsadli bajarishni biladi;
28

turli hayotiy va o‘quv vaziyatlarida mayda motorika ko‘nikmalaridan foydalanadi;


o‘z harakatlarini hissiyot va sezgi organlari yordamida boshqaradi;
shaxsiy gigiyena malakalarini qo‘llaydi;
sog‘lom turmush tarzi va ovqatlanish asoslarini biladi;
xavfsiz hayotiy faoliyat asoslari qoidalariga rioya qiladi.
4-§. “Ijtimoiy-hissiy rivojlanish” sohasi kompetensiyalari.
15. “Ijtimoiy-hissiy rivojlanish” sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga yetganidan so‘ng 6-7 yoshli bola:
o‘z “Men”i va boshqa insonlarning hayotiy faoliyat muhitidagi roli to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘ladi;
o‘z hissiyotlarini boshqaradi va ularni vaziyatga mos ravishda ifodalaydi;
o‘zgalarning hissiyotlarini farqlaydi va ularga mos ravishda javob beradi;
kattalar va tengdoshlar bilan vaziyatga mos ravishda muloqot qiladi;
murakkab vaziyatlardan konstruktiv chiqish yo‘llarini topadi.
5-§. “Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari” sohasi kompetensiyalari 16. “Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari” sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga yetganidan so‘ng 6-7 yoshli bola: nutqni eshitadi va tushunadi; o‘z nutqida to‘g‘ri talaffuz, qulay grammatik shakllar va xilma-xil gap konstruksiyalaridan foydalanadi;
ikkinchi tilni o‘rganishga qiziqish namoyon qiladi; ikkinchi tilni egallash bo‘yicha dastlabki bilimlarini ko‘rsatadi; badiiy adabiyot asarlariga qiziqish namoyon qiladi; so‘zning lug‘aviy, bo‘g‘inli va fonetik tuzilishi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘ladi; 29

turli ma’no shakllarini mustaqil ravishda tuzish va so‘zlab berishni biladi; yozishning dastlabki malakalari va vositalaridan foydalanishni biladi.


6-§. “Bilish jarayonining rivojlanishi” sohasi kompetensiyalari.
17. Bilish jarayonining rivojlanishi sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga yetganidan so‘ng 6-7 yoshli bola: bilim olishga faol qiziqishni namoyon etadi; o‘quv va hayotiy faoliyat uchun axborotni mustaqil ravishda topadi va undan foydalanadi; predmetlar, voqealar va ko‘rinishlar o‘rtasidagi oddiy aloqalarni tushunadi va ularni yaxlit bir butunlik sifatida idrok qiladi; raqamlar, hisob-kitobni biladi va ularni hayotda qo‘llaydi; makon, shakl va vaqtga mos ravishda ish tutadi; elementar matematik hisoblashlarni amalga oshiradi; atrof muhitdagi voqea-hodisalar va ko‘rinishlarni kuzatadi hamda tadqiq qiladi; atrof muhitga nisbatan ehtiyotkorona va g‘amxo‘r munosabatni namoyon etadi.
7-§. “Ijodiy rivojlanish” sohasi kompetensiyalari.
18. “Ijodkorlik” sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga yetganidan so‘ng 6-7 yoshli bola:
san’at va madaniyatga qiziqish namoyon qiladi;
milliy an’analarni qadrlaydi va ularni kundalik hayotning bir qismi sifatida idrok etadi;
san’atning muayyan turini afzal ko‘rishini mustaqil ravishda ifodalaydi;
olingan bilim va ko‘nikmalardan turli hayotiy vaziyatlarda o‘z ijodiy rejalarini tuzish va tatbiq qilish uchun foydalanadi;
insonning dunyoni o‘zgartirishdagi yaratuvchanlik rolini tushunadi.
30

6-bob. O‘quv-tarbiyaviy faoliyat


7-bob. Bolaning rivojlanish sohalari bo‘yicha yutuqlari.
Davlat o‘quv dasturi bola rivojiga individual yondashuv, uning shaxsini hurmat qilish, uning manfaatlari, ehtiyojlari va rivojlanish darajasini hisobga olish, hissiy qulaylik borasida g‘amxo‘rlik qilish, erkin ijodiy o‘zini o‘zi ko‘rsatishi uchun sharoitlar yaratishga intilishni nazarda tutadi.
8-bob. Rivojlantiruvchi muhitni tashkil qilish.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida rivojlantiruvchi muhitni tashkil etishda bolalarning o‘ziga xos belgilarga ega bo‘lgan yoshga doir xususiyatlari va ehtiyojlarini hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi.
Xulosa.
Maktabgacha ta'limning ilk yosh davri bolalari ham tevarak-atrofdagi, musiqa, she’riyat, tasviriy san'at asarlari, tabiatdagi go‘zallikni idrok eta oladilar, shuningdek, o‘zlari rasm chizish, yasash. kuylash, raqs tushish, she’r yodlay olish qobiliyatiga ega bo‘ladilar. Bolalarda kuzatiladigan bunday holatlar estetik tarbiyani maktabgacha ta’lim davridanoq boshlash haqida xulosa qilishga imkon beradi. Kuzatish - atrofolamdagi hodisalarni diqqat bilan ko'rish, ulardan muhim, asosiysini ajrata olish, yuzaga keladigan o'zgarishlarni belgilash, ularning kelib chiqish sabablarini aniqlash, xulosalar qilish. Bolani ilk yoshdan boshlab kuzatishga o‘rgatish, unda kuzatuvchanlik, kuzatilayo tgan hodisaga diqqatni yo‘naltira olish, ko‘rganlari asosida fikr yuritish, fikrini so‘z bilan ifodalay olishni rivojlantirish zarur. O'yinlar texnologiyasi tushunchasi pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismidir. O'yin texnologiyasi an'anaviy tarzdagi
31

o'yin metodidan o'zining aniq maqsadi, amalga oshirish kerak bo'lgan jarayonlarning mantiqiy ketma-ketligi va o'zaro bog'liqligi, oldindan belgilangan natijalarga erishish kafolati bilan farq qiladi. Xulosa qilib shuni ta'kidlash kerakki, yuqoridagi nazariy asoslardan foydalanish maktabgacha ta'lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Xulosa qilib, maktabgacha ta'lim muassasasi va maktabda ta'lim-tarbiyaviy jarayonni amalga oshirishdagi izchillik bola shaxsini rivojlantirishni amalga oshirishda muhim omil bo'lib hisoblanadi. MTMda kattalar rahbarligida bolalar tomonidan konsert- lar, bayramlar, kichkintoyiarning tug'ilgan kunlarini nishonlash bolalarda quvonchli hislarni uyg'otadigan, mazmunli va ularning xotiralarida uzoq vaqt saqlanib qoladigan qilib tashkil etilishi kerak. Xulosa qilib aytganda, estetik tarbiya bolalarni har tomonlama barkamol inson qilib tarbiyalashning muhim qismi bo'lib, aqliy, axloqiy, jismoniy tarbiya bilan chambarchas bog'langan holda amalga oshiriladi.


Xulosa qilib aytganda, maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshiriladigon barcha metodik ishlar barkamol avlod tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday qilib, bola shaxsining rivojlanishida tarbiya ham yetakchi o'ringa ega bo'lib, tarbiya tufayli nasl-nasabi, ijtimoiy muhit ta’sirida har tomonlama rivojlanishga qodir, degan xulosani chiqarish mumkin.

32

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.


1. Mirziyoyev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – T.:”O’zbekiston”, 2017 yil. -488b. 2. Mirziyoyev SH. M. “ Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda davom etamiz” T.O’zbekiston nashriyoti 2016 yil 3. TA’LIM TO‘G‘RISIDA. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV Toshkent sh.,2020-yil 23-sentabr,O‘RQ-637-sonli qarori. 4. Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishida qo'yiladigan davlat talablari. - T./2018. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8-maydagi PQ-4312-sonli qaroriga asosan ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”. 6. Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti. Vazirlar Mahkamasining 802-son qarori. 2020-yil 22 dekabr. 7. Maktabgacha pedagogika. F.R.Qodirova, SH.Q.Toshpo’latova, N.M.Kayumova,M.N.A’zamova . Toshkent-2019 8. Maktabgacha pedagogika. SH.Sodiqova. Toshkent- 2013 9. Valixo‘jayeva F.B. Talabalarni maktabgacha ta’lam muassasalarida bolalarga estetik ’narbiya berishga tayyorlash. Ped.fan.nom.... dis. avt. 2005. — 7-b. 10. “Maktabgacha ta’lim” jurnali. 2016 yil 1,3,5.
11. www.tdpu.uz 12. www.pedagog.uz 13. www.Ziyonet.uz
33
Yüklə 115,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə