Shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi reja



Yüklə 175,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix28.11.2023
ölçüsü175,01 Kb.
#136905
  1   2   3   4   5
3-mavzu Shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi



Aim.Uz 
Shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi 
 
REJA 
1.Shaxsning biologik va psixologik rivojlanishi. 
2.Shaxs shakllanishiga ta’sir etuvchi asosiy omillar: 
a) irsiyat (biologik omil); 
b) muhit (ijtimoiy omil); 
v)ta’lim va tarbiya; 
g) faoliyat va faollik. 
3.Bolalarning o`sish davrlari xususiyatlari. 
SHaxs rivojlanishi haqida tushuncha. SHaxs 
tushunchasi insonga taalluqli bo’lib, 
konkret kishi, ya’ni, muayyan jamiyatning a’zosini ifodalashga xizmat qiladi. Odam 
shaxs bo’lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o’zini yaxlit inson sifatida his etishi, o’z 
xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog’i kerak. 
“Individ” nima? Bola ma’lum yoshga qadar “individ” sanaladi.
Individ 
lotincha 
“individium” so’zidan olingan bo’lib, «bo’linmas», «alohida shaxs», «yagona» 
ma’nolarini anglatadi. 
Individuallik
esa tarbiya jarayonini amalga oshirishda bolaning shaxsiy 
xususiyatlari va yashash sharoitlarini chuqur bilish hamda hisobga olishdan iborat. 
Individual yondashuv o’quvchilarning aqliy qobiliyatlari, bilishga bo’lgan qiziqish 
hamda iste’dodini namoyon etishda muhim ahamiyatga ega. 
Bola harakatlari ongli, ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishtiroki natijasida 
shakllana boradi. 
SHaxs 
– muayyan jamiyatning a’zosi bo’lib, u psixologik jihatdan taraqqiy etgan, 
o’z xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turadi. 
Kadrlar tayyorlash milliy modelida ham shaxs – kadrlar tayyorlash tizimining bosh 
sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarining iste’molchisi va ularni amalga 
oshiruvchi sifatida ta’riflanadi. 
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intelektual va ma’naviy-
axlohiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida namoyon 
bo’lishiga erishishni nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning amalga oshirilishi har bir 
fuharoning bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, intellektual jihatdan 
rivojlanishi hamda muayyan kasb yo’nalishi bo’yicha mehnat qilish huquqni kafolatlaydi. 
Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit 
sharoitlari va tarbiya kerak bo’ladi. Ana shular ta’sirida odam inson sifatida rivojlanib 
boradi va shaxsga aylanadi. 
Rivojlanishning o’zi nima? 

Yüklə 175,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə