Shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi reja


SHaxs rivojlanishida faoliyatnig o’rni



Yüklə 175,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix28.11.2023
ölçüsü175,01 Kb.
#136905
1   2   3   4   5
3-mavzu Shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi

SHaxs rivojlanishida faoliyatnig o’rni. 
SHaxs rivojlanishida irsiyat, muhit, tarbiya 
bilan bir qatorda inson faoliyati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu degani inson 
qanchalik mehnat qilsa, uning rivojlanishi shunchalik yuqori bo’ladi. 
Faoliyat o’zi nima?
Faoliyat 
inson tomonidan tabiiy va ijtimoiy hayotni maqsadga 
muvofiq o’zgartirishga yo’naltirilgan ijtimoiy-tarixiy turmushning o’ziga xos shaklidir. 
Insonning qobiliyati va yoshi u tomonidan tashkil etilayotgan faoliyat mohiyatiga ko’ra 
belgilanadi. 
Faoliyat jarayonida inson shaxsi, har tomonlama va bir butun, yaxlit holda 
rivojlanadi. Lekin faoliyatni maqsadga muvofiq amalga oshirishi uchun uni to’g’ri tashkil 
etish lozim. Lekin ko’p holatlarda shaxsning rivojlanishi uchun imkoniyatlar 
yaratilmaydi, tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy mehnat, bilish faoliyatlari cheklangan 
bo’ladi. 
O’smir va o’spirinlar faoliyatining asosiy turlariga o’yin, o’qish va mehnat kiradi. 
Ular yo’nalishiga ko’ra bilishga doir, ijtimoiy, sport, badiiy, texnik, hunarmandchilik 
hamda shaxsiy qiziqishga ko’ra tanlangan sohalardan iborat. Faoliyatning asosiy turi – 
muloqotdir. 
Faoliyat faol va passiv bo’lishi mumkin. O’smir faoliyati muhit va tarbiya ta’sirida 
faollashishi yoki susayishi mumkin. Inson shaxsining rivojlanishida uning butun vujudi 


Aim.Uz 
bilan sevib, o’z imkoniyatlarini namoyon etib, mehnat qilish, o’zini shaxs sifatida 
ko’rsata olishi unda o’z faoliyatidan qoniqish hosil qiladi. Uning ijtimoiy mehnatdagi 
ishtirokida faollik ko’zga tashlanadi

Ta’lim jarayonida faollik o’quvchiga bilimlarni chuqur va mustahkam egallashga, 
o’z qobiliyatini namoyon etishga yo’llaydi. Bilishga bo’lgan faollik o’quvchining 
intellektual rivojlanishini ta’minlaydi. 
Faollik ko’rsatishning asosini esa hamma vaqt ehtiyoj tashkil etadi. Ehtiyojlarning 
xilma-xilligi faoliyatining ham turlarini kengaytiradi. SHunga ko’ra, o’quvchining turli 
yosh davrlarida ularning faoliyati turlicha bo’ladi. Ta’lim muassasasida hamma vaqt bir 
xil talab shaxs rivojlanishida ijobiy natija beravermaydi. Turli yosh davrlarida 
faoliyatning turlari va mohiyati o’zgarib turishi kerak. 
Insonning ijtimoiy faolligi, qobiliyati barcha muvaffaqiyatlarining garovidir. 
CHunki har bir inson o’z mehnati, g’ayrati, intilishi bilangina faollashadi. O’qituvchi 
qanchalik yaxshi o’qitmasin yoki tarbiya bermasin, tarbiyalanuvchining o’zi harakat 
qilmasa, rivojlanish muvaffaqiyatli kechmaydi. Zero, barcha ma’naviy-axlohiy 
kamchiliklarning asosiy sababi ham insonning o’z faoliyatini to’g’ri yo’lga 
qo’ymaganligidadir. 
SHuning uchun ham inson faoliyati uning rivojlanishi natijasi hamdir. Demak, shaxs 
faolligi asosida ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik, ijodkorlik xislatlarini shakllantirish – 
uning shaxslik imkoniyatlarini namoyon etishi orqali faoliyatini rivojlantirish muhim 
sanaladi. 

Yüklə 175,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə