Shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi reja


SHaxsning  ijtimoyilashuvi



Yüklə 175,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/5
tarix28.11.2023
ölçüsü175,01 Kb.
#136905
1   2   3   4   5
3-mavzu Shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi

SHaxsning 
ijtimoyilashuvi

SHaxs 
ijtimoiy 
munosabatlar 
jarayonida 
shakllanadi. CHunki ta’lim jarayonida bolalarga jamiyatda birga yashash bilan bog’liq 
bo’lgan holat va hodisalar o’rgatiladi. Bu jarayonda o’quvchi jamiyatga «kirishadi» va u 
bilan o’zaro munosabatda bo’ladi. Ular ma’lum ijtimoiy tajriba (bilim, qadriyat, axloqiy 
qoida, ko’rsatma) orttiradilar, ya’ni, ijtimoiylashadilar. 


Aim.Uz 
Ijtimoiylashuv uzoq davom etadigan murakkab jarayon. CHunki har qanday 
jamiyat rivojlanish jarayonida ijtimoiy va axloqiy qadriyatlar, ideallr, axloqiy me’yorlar 
va qoidalar tizimini ishlab chiqadi, har bir bola yuqoridagi qoidalarni qabul qilib, 
o’rganib mazkur jamiyatda yashash, uning a’zosi bo’lish imkoniyatiga ega bo’ladi. 
Buning uchun jamiyat u yoki bu shaklda shaxsga maqsadga muvofiq ta’sir etadi. Bu 
ta’sir ta’lim vositasida amalga oshadi. Ikkinchi tomondan, shaxsning shakllanishiga turli 
g’oyalar, ijtimoiy muhit ta’sir ko’rsatadi. 
Odamlar ijtimiy me’yorlar va axloqiy qoidalar bilan munosabatga kirishadilar va 
uni o’rganadilar. 
Ijtimoiylashuv jarayoni ichki qarama-qarshiliklarga ega. Ijtimoiylashgan inson 
jamiyat talablariga mos kelishi, unga «kirishib» ketishi, jamiyat rivojlanishidagi salbiy 
jihatlarga, shaxsning individual rivojlanishiga to’sqinlik qiluvchi hayotiy holatlarga 
qarshi turishi kerak. Lekin hayotda ba’zan aksi ham bo’ladi: to’liq ijtimoiylashgan, 
jamiyatga kirishib ketadigan, ammo muhitda ba’zi salbiy holatlarga qarshi kurashishda 
faollik ko’rsatmaydigan odamlar ham mavjud. 
Bu holat ko’p jihatdan butun jamiyat, tarbiya muassasalari, o’qituvchilar hamda 
ota-onalarga ham taalluqli. Tarbiyada qarama-qarshilik insonparvarlik g’oyasi 
yordamidagina bartaraf etilishi mumkin. 
Zero, O’zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ham ta’kidlab 
o’tilganidek, uzluksiz ta’limni tashkil etish, rivojlantirish hamda ta’limning 
ijtimoiylashuviga erishish dolzarb masaladir. Ta’lim oluvchilarda estetik boy 
dunyoqarashni shakllantirish, ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlash 
qobiliyatini rivojlantirish kabilar muhim ijtimoiy talablar hisoblanadi. 

Yüklə 175,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə