Shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi reja



Yüklə 175,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix28.11.2023
ölçüsü175,01 Kb.
#136905
1   2   3   4   5
3-mavzu Shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi

Rivojlanish
oddiyda murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi 
holatlarga o’tish, yangilanish, yangining paydo bo’lishi, eskining yo’qolib borishi, 
miqdor o’zgarishining sifat o’zgarishiga o’tishini ta’minlovchi murakkab harakat 
jarayoni sanaladi. Rivojlanishining manbai qarama-qarashliklarni o’rtasidagi kurashdan 
iboratdir. 
Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir, degan falsafiy ta’limotga 
asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, uning 
rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga ega. 
SHuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishiga 


Aim.Uz 
biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta’sir etadi, ularni bir-biridan ajratib 
bo’lmaydi. 
CHunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush tajribasi bilan birga 
boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta’sir etadi. 
Inson butun umri davomida o’zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan 
kamolga yetadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq bo’lsa, u jamiyat 
a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o’ziga munosib 
o’rin egallaydi. CHunki rivojlanish tarbiya ta’siri ostida boradi. 
SHaxsning fazilatlarini to’g’ri ko’rish va bexato baholash uchun uni turli 
munosabatlar jarayonida kuzatish lozim. 
Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to’g’ri hal etish uchun uning xulqiga ta’sir 
etuvchi omillar hamda shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur. 
Tarbiya bolaga samarali ta’sir etishi uchun o’sish va rivojlanish qonuniyatlarini 
bilish va hisobga olish maqsadga muvofiq. SHunday qilib, rivojlanish va tarbiya o’rtasida 
ikki tomonlama aloqa mavjud. 
SHaxs tarbiyasiga ta’sir etuvchi omillar
. Fanda odamning shaxs sifatida 
rivojlanishiga biologik va ijtimoiy omillarning ta’siri o’rtasidagi munosabatni belgilashga 
oid munozara ko’pdan buyon davom etmoqda. 
Insonning shaxs sifatida rivojlanishiga ijtimoiy voqealar, tabiiy omillar yoki tarbiya 
ta’sir etadimi? Bu uch omilning o’zaro munosabati qanday? 
Fanda biologik yo’nalish deb nomlangan nuqtai nazar yetakchi o’rinlardan birini 
egallab, uning vakillari Aristotel, Platonlar tabiiy-biologik omillarni yuqori qo’yadi. Ular 
tug’ma imkoniyatlar, taqdir, tole har kimning hayotdagi o’rnini belgilab bergan, deydilar. 
XVI asr falsafasida vujudga kelgan preformizm oqimi namoyandalari esa shaxs 
rivojlanishidagi naslning roliga katta baho berib, ijtimoiy muhit va tarbiyaning rolini 
inkor etadi. 
Xorij psixologiyasidagi yana bir oqim – bixeviorizm XX asr boshlarida yuzaga 
kelgan bo’lib, uning namoyandalari, ong va aqliy qobiliyat nasldan-naslga o’tib, insonga 
u tabiatan berilgan, deyiladi. Mazkur ta’limot vakili amerikalik olim E.Torndaykdir. 
Progmatizm oqimi
va uning vakillari D.D’yul, A.Kombe ham shaxs rivojlanishini 
biologik nuqtai nazarda asoslaydilar. Ular rivojlanishni fahat miqdoriy o’zgarishdan 
iborat, deb qaraydilar. Naslning rolini absolyutlashtirib, uni inson taqdirida hal qiluvchi 
ahamiyatga ega deb biladilar. 
Demak, bir guruh xorijiy olimlar rivojlanishni biologik (nasliy) omilga bog’laydilar. 
Biologik oqimga
qarshi falsafiy oqim vakillari rivojlanishi ijtimoiy omil omil bilan 
belgilaydilar. Bu oqim vakillari bola shaxsining jismoniy, psixik rivojlanishi u 
yashaydigan muhitga bog’liq deb ko’rsatadilar. 
Muhit deganda odam yashaydigan sharoitdagi barcha tashqi ta’sir tushuniladi. SHu 
nuqtai nazardan tarbiya tufayli bolani o’zi yashaydigan ijtimoiy sharoitga moslashtirish 
mumkin, degan xulosa kelib chiqadi. 
Ular ijtiomiy muhitning rolini hal qiluvchi omil deb hisoblaydilar. Demak, odam 
bolasining shaxs sifatida rivojlanib, taraqqiy etib borishi, uning shaxs bo’lib kamolga 
yetishida nasl (biologik omil), ijtimoiy muhit (bola yashaydigan sharoit), shuningdek, 
maqsadga muvofiq amalga oshadigan tarbiya ham birdek ahamiyatga ega. Bu omillarning 
ta’sirini aniqlashda ilg’or pedagogik olimlar, psixolog va faylasuflar ta’limotiga
suyaniladi. 


Aim.Uz 
Falsafada shaxsni jamiyat bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy hayotdagi murakkab 
voqelik deb qaraladi. Ular individning ma’naviy boyligi uning munosabatlariga bog’liq, 
deb hisoblaydilar. 
Haqiqatdan ham, shaxs mehnat faoliyati zaminida rivojlanadi, kamolga yetadi. 
Inson sharoitni, sharoit esa odamni yaratadi. Bu esa o’z navbatida inson faolligini 
namoyon etadi. Zero, shaxs ma’lum ijtimoiy tuzum mahsulidir. Jamiyat shaxs 
kamolotining muayyan imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishi yoki yo’q qilishi mumkin. 
Faylasuflar shaxsni tabiatning bir bo’lagi deb baholaydilar. Bu insondagi layoqat 
kurtaklari bo’lib, uning rivojlanishi uchun tarbiya kerak, degan g’oyani ifodalaydi. 
Jamiyat taraqqiyoti shaxs rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Demak, 
shaxs bilan jamiyat o’rtasida ham uzviy aloqa mavjud. 
SHunday qilib, odam shaxsining jamiyatdagi rivojlanishi tabiat, muhit, inson 
o’rtasidagi murakkab aloqa ta’siri ostida ro’y beradi, inson ularga faol ta’sir etadi va shu 
yo’l bilan hayoti va o’z tabiatini o’zgartiradi. 
SHaxsga ijtimoiy muhitning ta’siri 
ham muhim. Bu tarbiya 
tizimi orqali amalga 
oshiriladi. 
Birinchidan, tarbiya ta’sirida muhit bera olmagan bilim, ma’lumot egallanadi, 
mehnat va texnik faoliyat bilan bog’liq ko’nikma va malakalar hosil bo’ladi. 
Ikkinchidan, tarbiya tufayli tug’ma kamchiliklar ham o’zgartirilib, shaxs kamolga 
yetadi. 
Uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning salbiy ta’sirini ham yo’qotish mumkin. 
To’rtinchidan, tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi. 
Demak Prezident I.A.Karmimovning quyidagi so’zlarini keltirishni joiz bilamiz 
«…yurtimizning ertangi kuni, taraqqiyoti uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga olishga 
qodir bo’lgan yetuk mutaxassis yoshlarimiz …». 
SHunday ekan, yoshlarni tarbiyalab rivojlantirish bir-biriga ta’sir etadigan bu 
tarbiya tamoyilidir. 
Bola shaxsining rivojlanishida tarbiya ham yetakchi o’ringa ega bo’lib, tarbiya 
tufayli nasl-nasabi, oila muhiti, ijtimoiy muhit ta’sirida har tomonlama rivojlanishga 
qodir, degan xulosani chiqarish mumkin. 

Yüklə 175,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə