1-ilova o‘zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi


Shaxsiy yondashuv maqsadi



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə13/291
tarix10.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#132760
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   291
Ilm yo‘li

4.1. Shaxsiy yondashuv maqsadi


Bu berilgan standart ostiga “qayta yasalishi” va bo‘ysundirilishi emas, balki shaxsning rivojlanishi, “uning qanday bo‘lsa, shundayligicha qabul qilinishi”dir. Shaxsiy yondashuv ta’lim jarayoni sub’yektlarining shaxsiy majburiyatlari (funksiyalari) rivojlanishining to‘laqonli namoyon bo‘lishi uchun shart-sharoitlar yaratilishini ko‘zda tutadi.
Shaxsiy funksiyalar – bu shaxs tomonidan “uyg‘un rivojlangan shaxs bo‘lish”dek ijtimoiy buyurtmani amalga oshiruvchi ma’lum bir sifatlarning namoyon qilinishidir.
Ta’lim jarayonini tashkil etish asosi sifatida shaxsiy yondashuv bola shaxsining jamoa oldida tan olinishini, unda gumanistik o‘zaro munosabatlarning hosil qilinishini asosiy deb biladi. Mana shu munosabatlarga bog‘liq holda bola o‘zini shaxs sifatida anglaydi va boshqa kishilarda (tengdoshlari va kattalarda) ham shaxs sifatida ko‘rishni o‘rganadi. Har bir bolaning shaxsiy imkoniyatlarini yuzaga chiqarish yo‘llari pedagogning qadriyatli yo‘nalishlariga, ya’ni, uning xulq-atvorida ifodalanadigan moddiy va ma’naviy qadriyatlarga, yo‘l-yo‘riqlar, ishonch-e’tiqod, moyilliklarga nisbatan tanlama munosabatlariga bog‘liq bo‘ladi.
Pedagogning mahorati uning kasbiy faoliyatini yo‘nalishini belgilab beradi. Pedagogning shaxsiy yondashuvi bolaga o‘zini shaxs sifatida anglashda hamda imkoniyatlarini aniqlashga yordam ko‘rsatishini ko‘zda tutadi.

4.2. Bolaga yo‘naltirilgan yondashuv


Bu shunday o‘qitishki, u bolaning yosh xususiyatlarini, uning qobiliyatlarini, qiziqishlarini, ehtiyojlarini, tajribasini, maktabgacha ta’lim tashkilotiga kelgunigacha oiladagi madaniyatni hisobga oladi, bu bolani o‘qitishdagi maqsadlarga erishishida yordam beradi.

  1. O‘qitish bolalar eng optimal ravishda qanday rivojlanayotganliklari va o‘qiyotganliklarini bilishga asoslanishi kerak;

  2. O‘qtishdagi muvaffaqiyat pedagogning bolalarni qanday qilib o‘qitish va rivojlantirish metodlari hamda usullarini bilishiga bog‘liq bo‘ladi;

  3. Pedagogning asosiy vazifasi bu bolaning potensialni aniqlashi va uning rivojlantirilishiga yordam ko‘rsatish;

  4. Maktabgacha ta’limning o‘ziga xosligi bolalikning qadr-qimmatini tushunish va uni muddatidan oldin katta bo‘lib qolishga turtki bermaslik. Pedagog quyidagilarni bilishi va yodda tutishi lozim:

  1. Bolalarni ular qanday bo‘lsalar, shunday qabul qilish.

  2. Bolalarga o‘qitish maqsadlariga erishishda ko‘maklashish.

  3. Bolalar nimalarga qodir ekanliklarini va ular o‘z yosh guruhlarida qanday o‘qiyotganliklarini bilish tarbiyachiga o‘qitishni rejalashtirish va tashkil etish uchun boshlang‘ich ma’lumotni berish.

  4. Agar pedagog barcha bolalarga bir xilda yondashadigan bo‘lsa, bola muvaffaqiyat qozona olmaydi.

  5. Pedagog bolaning turli xil predmetlar bilan faoliyatini, uning turli xil mashg‘ulotlarga kirishib ketganligini doimiy kuzatishi kerak, bolalarning qobiliyat, qiziqish va ehtiyojlarini bilib olishga intilishi lozim.

  6. Bu axborotlar asosida pedagog rejalashtirishni amalga oshiradi va bolaning rivojlanishida olg‘a siljishga erishi uchun o‘qitish metodlarini moslashtiradi.

  7. O‘qitish bolalar endilikda nimalarni bilishlari va uddalay olishlarigagina emas, balki ulardan yangi ko‘nikmalarni va yangicha tushunishni hosil qilish yo‘nalishida ma’lum bir urinishlarni ham talab qilishiga asoslanadigan bo‘lsa, eng samarali bo‘ladi3.

  8. O‘qitish maqsadlari berilgan yosh guruhidagi ko‘pchilik bolalar uchun realistik va erishiladigan bo‘lishi kerak. Bolalarga yangi hosil qilingan ko‘nikmalarni amalda qo‘llashning ko‘plab imkoniyatlari taqdim etilishi lozim.


Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə