1-ilova o‘zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi


Bolalarning individual rivojlanishini hujjatlashtirish va kuzatib borish



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə28/291
tarix10.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#132760
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   291
Ilm yo‘li

8.4.Bolalarning individual rivojlanishini hujjatlashtirish va kuzatib borish


Bolalar sog‘ligining kundalik nazorati. Bolalar guruhga kelishi bilan tarbiyachi ular sog‘lig‘ining holati haqida qaydlar qiladi.
Pedagogning bolalar bilan individual ishlash daftari11. Daftarga rivojlanishning ayrim sohalarida alohida e’tibor qilish lozim bo‘lgan bolalar haqida ma’lumot qayd etiladi. Pedagoglar daftardagi ma’lumotlardan pedagogik maqsadlarni qo‘yish va bolaning rivojlanishiga xizmat qiladigan faoliyat turlarini rejalatirishda foydalanishi mumkin.
11“Ilmga yo‘l” Variativ dasturiga 1-ilova, «Pedagog ishchi jurnali namunaviy shakli», «Bolalar bilan individual ishlash» bo‘limi
"Portfolio". Bu bolaning qisqa muddatli guruhga kelganidan tortib ta’limni yakunlagunga qadar yutuqlari va ishlarining individual to‘plami. Portfoliodan rivojlanishning o‘z-o‘ziga baho berish vositasi foydalanish, unga bolaning o‘z fikr-mulohazalarini aks ettirishga harakat qilib, so‘zlar va sonlarni yozishga urinishlarini, nuqt namunalarini ham kiritish mumkin. Bundan tashqari, ota-onalarning ruxsati bilan bola faoliyatini aks ettiradigan fotosuratlarni, og‘zaki nutqlari yozilgan audiodisklarni tanlab olish mumkin. Bolalar ularga tegishli bo‘lga portfelio ota-onalarga ko‘rsatilishi bilishi lozim.
Intervyu va suhbatlar. Bolalar kattalar bilan o‘z fikrlari, g‘oya va ishlari bo‘yicha gaplashishni juda xush ko‘radi. Bunday hollarda pedagog bolalarga samimiyat va hurmat bilan munosabatda bo‘lishi, o‘zini qiziqtirgan mavzu bo‘yicha bolaning so‘zlarini tinglashi, ochiq
savollar berishi, suhbatga undashi lozim. Bundan tadqiqotning maqsadi bolalaning xususiyatlari va ehtiyojlari haqida ko‘proq bilishdan iborat.
Bola rivojlanishining xaritasi o‘z ichiga 6 yoshdan 7 yoshgacha davrni oladi12, har bir bolaga individual holda yiliga uch martadan kam bo‘lmagan tarzda to‘ldirib boriladi.
2 “Bilimlar yo‘li” Variativ dasturiga 12-ilova, «6-7 yoshli bolaning rivojlanish xaritasi».

Maktabgacha ta’lim tashkilotsidan chiqishda 6-7 yoshli bolaning maktabga tayyorlanganligi xaritasi to‘ldiriladi (faqat maktabgacha ta’lim tashkilotsining bitiruvchilari uchun13).


Maktabga tayyorlik deganda bolada umumiy kompetensiyalaring va rivojlanish sohalari kompetensiyalarining kuchaytirilganligi tushuniladi. Mazkur xarita maktabgacha ta’lim tashkilotsining har bir bitiruvchisi uchun to‘ldiriladi. Unda dasturga mos holda rivojlanishning barcha beshta sohalari bo‘yicha kutilayotgan natijalar (bola kompetensiyalari) taqdim etiladi.
Tarbiyachiga u yoki bu natija qay darajada aks etishini belgilash taklif etiladi. Rivojlanishning beshta sohasi bo‘yicha natijalar (bola kompetensiyalari) umumlashtiriladi va tavsiyalar hamda istaklar ko‘rinishida ota-onalarning diqqatiga yetkaziladi.



Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə