1-ilova o‘zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə286/291
tarix10.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#132760
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   291
Ilm yo‘li

E’lon doskasi
E’lonlar doskasi – ota-onalarga ma’lumot yetkazishning yana bir usulidir. Ularda yig‘ilish haqida e’lonlar, kundalik jadval, ko‘ngilli yordamchilar va ular uchun yo‘riqnomalar joylashtirilishi mumkin. E’lon doskasining yorqin va rang-barang bo‘lishi, ma’lumotlar tez-yez almatirib turilishi kerak.
Shuningdek, e’lonlar doskasidan ota-onalarga ayni paytda bolalari nima bilan shug‘ul-lanayotganini ko‘rsatish uchun ham foydalaniladi. E’lonlar doskasida bolalarning ekskursiyalar haqidagi badiiy bezatilgan hisobotlari, oila a’zolarining suratlari joylashtrilishi mumkin. E’lonlar doskasi guruhdagi muhit va hayotni aks ettirish uchun bor imkoniyat va qobiliyatingizni ishga soling. Ota-onalarni uni bezashga hissa qo‘shishlarini iltimos qiling. Masalan, ota yaxshi rasm chizsa, uni taklif etib, bolalar bilan birga rasm chizishini iltimos qiling, so‘ng ularning birgalikdagi ijod mahsulini doskaga osib qo‘ying.
Doskadagi xabarlar yozuvlar yoki kundaliklarda aks ettirilgan ma’lumotlarni takrorlashi yoki rivojlantirishi mumkin. E’lonlar doskasidagi ma’lumotlar ota-onalar bilan axborot-ma’rifiy ishlarni olib borish maqsadiga ham xizmat qilishi mumkin. Masalan, e’lonlar doskasiga “Yaqinda maktabga boramiz” mavzusida ma’lumot joylashtirish mumkin. Bu yerda qiziqarli shaklda pedagoglar va boshqa mutaxassislar tomonidan bolani maktabga tayyorlashga doir foydali axborotlar joylashriladi. Doskadagi “Oilada bolani maktabga ma’naviy-irodaviy”, “Irodaviy fazilatlarni shakllantirishda oiladagi o‘yinning ahamiyati”, “Bo‘lg‘usi maktab o‘quvchisinng kun tartibi” va boshqa ruknlar har oyda yangilab turiladi.

Rasmiy muloqot strategiyalari
Uyga tashriflar
Oilaga bir yilda ikki marta, odatda yilning boshida va oxirida tashrif buyurish talab qilinadi. Bunday tashriflardan ko‘zlangan maqsad turlicha bo‘lishi mumkin, lekin bu tashriflar odatda bola va oila bilan tanishish va ular bilan yaqinroq aloqa o‘rnatish maqsadida amalga oshiriladi.



Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə