1-ilova o‘zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə3/291
tarix10.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#132760
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   291
Ilm yo‘li

Asosiy tushunchalar


Sifatli pedagogika – bolalarni o‘yin shaklida qiziqarli va zavqlantiruvchi tarzda o‘qitish; bolalarda o‘qishga bo‘lgan xohish-istaklarini qo‘llab-quvvatlaydigan, maktabga borish imkoniyatlarini ta’minlaydigan, ota-onalarga yordam ko‘rsatadigan, bolalarning sog‘ligini (ham psixik, ham jismoniy) saqlashning samarali o‘qitish dasturidir; tarbiyalanuvchilarning o‘qishi, salomatligi va individual rivojlanishining muvaffaqiyatli natijalaridir;
Invariantli qism – istalgan MTT da amalga oshirilishi kerak bo‘lgan maktabgacha ta’lim Davlat dasturining majburiy qismi;
Variativ qism – ta’lim jarayoni ishtirokchilari tomonidan shakllantiriladi, maktabgacha ta’limning xududiy, milliy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa shart-sharoitlarini, turlari bo‘yicha har- xilligini aks ettiruvchi maktabgacha ta’lim turi;
O‘zR IMYoBRDT1 O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari;
Yondashuv – bu pedagogik faoliyatning o‘zaro bog‘langan g‘oyalari, tushunchalari va usullarining ma’lum bir xususiyatli jamlanmasidan foydlanishga undovchi pedagog faoliyatining metodologik yo‘naltirilishidir;
Shaxsiy-yo‘naltirilgan yondashuv – bu ta’lim jarayoni markaziga faoliyat sub’yekti sifatida ta’lim oluvchi qo‘yiladigan yondashuvdir. Yetakchi tamoyili bo‘lib ta’lim oluvchining ehtiyojlari, motivlari, tajribasi va dolzarb rivojlanishi darajasiga yo‘naltirilganlik va yaqin istiqboldagi rivojlanish hududida o‘qitish sanaladi2.
Individual yondashuv – ta’lim beruvchining guruxdagi har bir bolaning faol harakati va dam olish paytida barcha ehtiyojlarini e’tiborga olish zarurligini anglatadi. Bu guruxdagi barcha material va jihozlar, umuman o‘qitish muhiti har bir bolaning rivojlanishiga xizmat qilishni hamda mo‘ljallangan faoliyat turlari bolalar rivojlanishidagi farqini e’tiborga olishini bildiradi.
Ta’limning rivojlantiruvchi muhiti - bola rivojlanishini ta’minlaydigan shart-sharoitlar (o‘yinlar, o‘yin predmetlari va jihozlari, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, bolalarning turli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishi uchun mo‘ljallangan uskunalar) o‘zaro bog‘liqligini belgilab beradigan hal qiluvchi ko‘rsatkichlardir.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə