1-ilova o‘zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi


Kichik soha: Mayda motorika



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə21/291
tarix10.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#132760
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   291
Ilm yo‘li

Kichik soha: Mayda motorika
Talab: Bola qo‘li va barmoqlarini turli maqsadlarda ishlatadi Kutilayotgan natija:

  • tasavvurdagi predmetlarni qo‘llari bilan (gul, qush, kapalak, qasr) ko‘rsatadi;

  • arqonlardan turli tugunlarni tugadi;

  • o‘yin faoliyati mobaynida mayda o‘yinchoqlar bilan o‘ynaydi;

  • belgilangan chiziqlar bo‘ylab qog‘ozni batartib yirta oladi;

  • mayda qismli mozaika va pazllarni yig‘adi.

Kichik soha: Sensomotorika
Talab: Bola sezgi organlari yordamida o‘z harakatlarini boshqarishga qodir
Kutilayotgan natija:

  • pastdan, boshi uzra koptokni irg‘itadi;

  • koptokni yer bo‘ylab ilonizi qilib irg‘itadi;

  • chanada, rolikda, ikki oyoqli velosipedda uchadi;

  • koptok bilan nishonni urib tushiradi (bouling);

  • gardishni qo‘lida, oyog‘ida, belida aylantiradi;

  • halqalarni halqa ustuniga otib tushiradi.

Kichik soha: : Sog‘lom turmush tarzi va xavfsizlik
Talab: Bola sog‘liqni saqlash malakalarini namoyon qiladi. Bola xavfsiz sog‘lom taom va hayot xavfsizligi qoidalari haqida tushunchaga ega.
Kutilayotgan natija:

  • o‘zining tashqi ko‘rinishiga etibor beradi;

  • jismoniy mashqlarni mustaqil bajaradi;

  • tabiat burchagidagi o‘simliklar va jonzotlarni parvarishlaydi;

  • salomatlikka zararli bo‘lgan xulq shakllarini anglaydi (chekish, ichkilikbozlik, olov bilan o‘ynash va hokazo);

  • bog‘chada, ko‘chada, transportda yurish qoidalariga rioya qiladi;

  • piyodalar va velosipedchilar uchun yo‘l qoidalarini biladi;

  • yong‘in xavfsizligi -101; milliy gvardiya- 102; tez yordam -103; gaz xizmati -104 telefon raqamlarini biladi;

  • xavfli vaziyatlarda qanday yo‘l tutishni biladi va tushuntiradi

  • supermarketda, shaharda, qishloqda, dalada yo‘qolib qolsa, o‘zini qanday tutish kerakligini biladi.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə