1-ilova o‘zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi


Ota-onalar bilan yakka tartibda ishlashning shakllari



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə289/291
tarix10.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#132760
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   291
Ilm yo‘li

Ota-onalar bilan yakka tartibda ishlashning shakllari:

  • Ota-onalarni ta’lim jarayoniga jalb qilish maqsadida bola bilan ishlash usullarini ularga namoyish qilish;

  • birgalikdagi faoliyatni tashkil qilishdagi hamkorlik malakalarini shakllantirish maqsadida mutaxassislar o‘tkazayotgan mashg‘ulotlarda bolani kuzatish;

  • o‘tilgan materialni uyda qayta ishlash maqsadida ota-onalarning o‘z farzandlari bilan birgalikda uy tavsiyalarini bajarishi;

  • pedagogik malakani oshirish maqsadida ota-onalarga maxsus adabiyotni o‘rganish bo‘yicha tavsiyalar berish.

Ota-ona guruhi bilan ishlar shakllari:
Ota-onalar majlislari va uchrashuvlari
Ota-onalarning biror bir mavzuga bag‘ishlangan yig‘ilishlarda ishtirok etishi ularga ma’rifiy jihatdan yordam berish va bolalarni o‘qitish va tarbiyalash sohasida mahorat darajasini oshirish uchun muhimdir.
Ota-onalar yig‘ilishlari oilalar bilan hamkorlikning eng muhim qismi hisoblanib, har chorakda kamida bir marta o‘tkaziladi. Ota-onalar va pedagoglar yig‘ilishning mavzusi va turini belgilaydilar. Ota-onalar yig‘ilishlarining bir necha turlari bo‘lib, ular instruktiv, konsultativ, norasmiy va o‘zaro yordam berish kabi turlarga bo‘linadi.


Instruktiv yig‘ilish seminar shaklida o‘tkaziladi. Ba’zilari pedagoglar tomonidan ma’ruza shaklida taqdim qilinishi mumkin, masalan, ushbu dastur sharoitida bolaning o‘sishi va rivojlanishi.


Ota-onalar yig‘ilishlarining mavzularini tanlash
Ota-onalarga quyidagi ro‘yxatni taklif qilish mumkin:

  • «O‘zingni ota-ona sifatida tanib ol»

  • «Rejimning maktabgacha yoshda bo‘lgan bola hayotidagi ahamiyati»

  • «Bolani qanday qilib maktabga tayyorlash mumkin»

  • «Bolada irodaviy sifatlarni tarbiyalash»

  • «Bolaning o‘sishi va rivojlanishi»

  • «Og‘ir hulq bilan qanday kurashish mumkin»

  • «Bolaga ovqat berish»

  • «Bolalar kasalliklari»

  • «O‘yin orqali o‘rgatish»

  • «O‘z qadrini bilish hissini rivojlantirish»

  • «Nutqni rivojlantirish»

  • «O‘yinchoqlarni tanlash»

  • «Dastur haqida qisqacha ma’lumot»

  • «Dasturni amalga oshirishning mahalliy resurslari»

  • «Maktabgacha bo‘lgan davrning inson shaxsining kelgusi butun hayoti uchun rivojlanish poydevorini qo‘yuvchi bosqich sifatidagi ahamiyati va o‘ziga xosligi»

  • «Oilaning bolani sog‘lomlashtirish va jismoniy rivojlantirish masalasidagi malakasi».




Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə