1. Iqtisodiyot / Sanoat]


Navlar va klasslar bo‘yicha paxta tolasi narxini qayta hisoblash



Yüklə 186,49 Kb.
səhifə3/4
tarix05.04.2023
ölçüsü186,49 Kb.
#104281
1   2   3   4
106 12.02.2018

Navlar va klasslar bo‘yicha paxta tolasi narxini qayta hisoblash

KOEFFITSIYENTLARI

(baza — “Birinchi” nav, “O‘rta” klass)

I nav
(Birinchi)

Oliy

1,050

II nav
(Ikkinchi)

Oliy

1,020

Yaxshi

1,040

Yaxshi

0,990

O‘rta

1,000

O‘rta

0,955

Oddiy

0,965

Oddiy

0,920

Iflos

0,925

Iflos

0,880

III nav
(Uchinchi)

Oliy

0,990

IV nav
(To‘rtinchi)

Oliy

0,950

Yaxshi

0,965

Yaxshi

0,850

O‘rt�

0,930

O‘rta

0,800

Oddiy

0,885

Oddiy

0,750

Iflos

0,840

Iflos

0,700

V nav
(Beshinchi)

Oliy

0,750

Yaxshi

0,650

O‘rta

0,550

Oddiy

0,500

Iflos

0,450

Tur va kodlar bo‘yicha paxta tolasi narxlarini qayta hisoblash

KOEFFITSIYENTLARI

Uzun tolali

Tola turi

1a

1b

1

2

3

Uzunligi (dyuym)

1,11/32

1,5/16

1,9/32

1,1/4

1,7/32

1,3/16

Kodi

43

42

41

40

39

38

Koeffitsiyent

1,6080

1,4699

1,4008

1,2331

1,1147

O‘rta tolali

Tola turi

1a

1b

1

2

3

Uzunligi (dyuym)

1,11/32

1,5/16

1,9/32

1,1/4

1,7/32

1,3/16

Kod

43

42

41

40

39

38

Koeffitsiyent

1,0956

1,0765

1,0574

1,0383

1,0191




Tola turi

4

5

6

Uzunligi (dyuym)

1.5/32

1.1/8

1.3/32

1.1/16

1.1/32

Kod

37

36

35

34

33

Koeffitsiyent

1,0000

0,9865

0,9737

0,9618

Uzun tolali navdagi paxta tolasini eksportga sotish uni sotish vaqtidagi jahon bozori narxlar konyunkturasiga muvofiq belgilanadigan narxlar bo‘yicha “O‘zpaxtasanoat” AJ tomonidan amalga oshiriladi. Bunda ulgurji-preyskurant va sotish narxi o‘rtasida shakllangan farqdan (salbiy yoki ijobiy) mazkur Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan tartibga muvofiq foydalaniladi.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 106-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Paxta tolasini birja savdolarida sotish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom paxta tolasini birja savdolarida mahalliy iste’molchilarga sotish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
sotuvchi — paxta tolasini ishlab chiqaruvchi, shuningdek, chet eldan import hisobidan sotish uchun olib keluvchi va birja savdolari orqali sotuvchi tashkilotlar;
xaridor — qayta ishlash quvvatlariga ega bo‘lgan respublika to‘qimachilik korxonalari, shuningdek, ishlab chiqarish quvvatlari hisobga olingan holda, o‘z mahsulotini qayta ishlashda paxta tolasidan foydalanish zarurligi munosabati bilan yuridik shaxs tashkil etgan boshqa tashkilotlar;
birja bitimi — birja savdolarining natijasi bo‘yicha tuzilgan va belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan birja tovari oldi-sotdi shartnomasi;
birja a’zolari — birja tomonidan belgilangan tartibda birja savdolarida ishtirok etish hamda dilerlar va brokerlar sifatida birja bitimlarini tuzish huquqiga ega bo‘lgan yuridik shaxslar;
diler — birja bitimlarini o‘z nomidan va hisobidan tuzuvchi yuridik shaxs, birja a’zosi;
broker — mijozning (sotuvchi yoki xaridorning) topshirig‘iga asosan va uning hisobidan birja bitimlarini tuzuvchi yuridik shaxs, birja a’zosi;
treyder — birja a’zosi nomidan birja savdolarida ishtirok etuvchi va birja bitimlarini tuzish huquqiga ega birja a’zosi xodimi;
birja savdolarining elektron tizimi (keyingi o‘rinlarda — BSET) — birja a’zolariga aniq vaqt rejimida birja savdolarida ishtirok etish imkoniyatini beradigan, dasturiy-apparat vositalari majmuini o‘z ichiga olgan axborot tizimi;
hisob-kitob-kliring palatasi (keyingi o‘rinlarda — HKKP) — kliring elektron tizimi orqali birja bitimlari (keyingi o‘rinlarda — bitim) bo‘yicha kliring, hisob-kitob va o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirishni ta’minlovchi birjaning tarkibiy bo‘linmasi;
avans — sotuvchi va xaridor tomonidan kiritiladigan, birja vositachilik yig‘imini va tomonlarning zakalatini o‘z ichiga oladigan summa.
3. Birja savdolarida paxta tolasi uni ishlab chiqaruvchi tashkilotlar, shuningdek, paxta tolasini ichki bozorda sotish uchun chet eldan import hisobiga olib keladigan tashkilotlar (O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari yoki norezidentlari) tomonidan sotiladi.
4. Qayta ishlash quvvatlariga ega bo‘lgan respublika korxonalari birja savdolarida paxta tolasi xaridorlari hisoblanadi. Ishlab chiqarish quvvatlari hisobga olingan holda, o‘z mahsulotini qayta ishlashda paxta tolasidan foydalanish zarurligi munosabati bilan yuridik shaxs tashkil etgan boshqa tashkilotlar ham xaridor sifatida ishtirok etishlari mumkin.
Paxta tolasini qayta ishlash quvvati mavjudligi to‘g‘risida birjaga tuman (shahar) hokimliklarining tavsiyalarini taqdim etgan xaridorlar savdolarga qo‘yiladi.
Tavsiyalar mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini o‘rganish yo‘li bilan murojaat qilingan paytdan boshlab majburiy tartibda o‘n kun mobaynida beriladi va bir yil mobaynida haqiqiy hisoblanadi.
Tavsiyalarni olgandan so‘ng korxonaning ishlab chiqarish quvvati o‘zgargan taqdirda, tuman (shahar) hokimliklariga besh ish kuni ichida xabar berilishi shart.
Tavsiyalarni berish muddati tamom bo‘lgandan keyin ular olingunga qadar xaridorning tuman (shahar) hokimligiga murojaat qabul qilingan sana haqida belgi qo‘yilgan murojaati va hokimlikka yuborilgan yozma bildirishnoma arizada qayd etilgan ishlab chiqarish quvvatlari doirasida savdolarda ishtirok etish uchun asos hisoblanadi.
Bunda tavsiyalar o‘z vaqtida berilmaganligi yoki noxolisona berilganligi oqibatlari uchun tegishli hokimlik javob beradi.
5. Paxta tolasi birja savdolarida ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha sotiladi.
6. Xaridorlar tomonidan birja savdolarida sotib olingan paxta tolasidan faqat ishlab chiqarish maqsadlari uchun foydalaniladi.
2-bob. Paxta tolasi hajmlarini shakllantirish, birja savdolariga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish tartibi
7. Paxta tolasini sotuvchi tashkilotlar o‘z ehtiyojidan ortgan paxta tolasini birja savdolariga o‘zlari mustaqil ravishda qo‘yadi.
8. Paxta tolasining birja savdolari namunaviy birja kontraktlari asosida amalga oshiriladi, unda paxta tolasining joylashuvi, lot miqdori, navi, tipi, klassi majburiy tarzda aks ettiriladi.
9. Birja savdolari amaldagi qonunchilik hujjatlariga, birja savdolari va hisob-kitob-kliring operatsiyalarini o‘tkazish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Birja savdolari va hisob-kitob-kliring operatsiyalari qoidalari birja, birja a’zolari, sotuvchi va xaridorlar uchun majburiy hisoblanadi.
10. Sotuvchi va xaridorlar birja savdolarida mustaqil ravishda birja bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq diler sifatida yoki broker nomidan treyderlar orqali mustaqil ishtirok etadilar.
11. To‘langan avans summasiga muvofiq har bir savdo bo‘yicha sotuvchi va xaridorlarni savdolarga qo‘yish va ulardan chetlatish, birja savdolari g‘oliblarini aniqlash va birja bitimlarini ro‘yxatdan o‘tkazish BSET tomonidan amalga oshiriladi.
Paxta tolasini sotuvga qo‘yish, shu jumladan, ushbu mahsulotga kichik hajmlarda ehtiyoji bo‘lgan korxonalarga ham sotib olish imkoniyatini yaratish kerak.
Bunda lotlar 1 tonnadan bo‘lishi kerak.
3-bob. Mahsulotning boshlang‘ich narxlarini hamda birja savdolari qatnashchilari o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar va mahsulotni yuklab jo‘natish mexanizmini belgilash
12. Bazaviy sifatli (“Birinchi” nav, “O‘rta” klassli, 4 tip) paxta tolasi uchun boshlang‘ich narx har kuni sotuvchi tomonidan Nyu-York tovar birjasining birjada navbatdagi savdolardan oldingi kundagi eng yaqin yetkazib berish oyi uchun fyuchers kotirovkasi qiymatidan oshmaydigan narxda belgilanadi.
Boshqa navlar, klasslar, tiplar va kodlar uchun boshlang‘ich narx Paxta tolasini sotish va hisob-kitob qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq koeffitsiyentlar qo‘llangan holda aniqlanadi.
Bunda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi har birja savdolari o‘tkaziladigan kunda soat 9-15 ga qadar birja savdolaridan oldingi kundagi Nyu-York tovar birjasining eng yaqin yetkazib berish oyi uchun fyuchers kotirovkasi miqdoridan kelib chiqqan holda, paxta tolasining 1 tonnasi uchun milliy valyutada hisoblangan narxlari to‘g‘risidagi ma’lumotni o‘z rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.
13. Sotuvchi va xaridor HKKPdagi o‘zlarining shaxsiy hisobvaraqlariga avans sifatida quyidagi zakalat pullarini kiritadilar:
sotuvchi — savdolarga qo‘yiladigan mahsulot qiymatining 1 foizi miqdorida;
xaridor — birja bitimining mo‘ljallanayotgan summasining 1 foizi miqdorida.
14. Xaridorlar:
birjada avans bilan ta’minlangan hajmlardagi mahsulotni sotib olishga bitimlar tuzish;
paxta tolasini tekshirish va mahsulotni xarid qilish bo‘yicha bitim shartlariga muvofiq miqdorda va sifatda tanlash;
tovarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi imzolanguniga qadar (birja bitimida kelishilgan uni yetkazib berish shartlarini bajarish) paxta tolasi saqlanadigan joylarda uni tekshirish (tanlash) dalolatnomasini tuzishni talab qilish huquqiga ega.
15. Birja savdolari qoidalariga muvofiq oldi-sotdi shartnomasi birja tomonidan birja bitimini elektron ro‘yxatga olish kunida uni bajarish uchun birja a’zolariga taqdim etiladi.
16. Xaridor besh ish kuni mobaynida birjaning ikkilamchi talab qilib olguncha depozit hisobraqamiga tuzilgan birja bitimiga muvofiq moliyaviy majburiyatlarni to‘liq qoplash uchun mablag‘lar o‘tkazishi shart.
17. HKKP oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq zarur mablag‘lar tushgandan keyin bir ish kunida ushbu Nizom talablariga muvofiq sotuvchining shaxsiy kabinetiga to‘langan bitimlar to‘g‘risidagi reyestrni yuborishi shart.
18. Sotuvchi HKKPdan sotib oluvchi tomonidan oldindan to‘lov to‘langani to‘g‘risidagi ma’lumotni olgandan keyin mahsulotni xaridorga yetkazib berishning birja bitimida kelishilgan shartlarida yetkazib beradi.
Sotuvchi tovarni yetkazib berish bo‘yicha birja bitimida kelishilgan shartlarni bajargandan so‘ng sotuvchi va xaridor ro‘yxatdan o‘tkazilgan birja bitimi bo‘yicha mahsulotni topshirish-qabul qilish to‘g‘risida dalolatnoma tuzadilar.
19. Xaridorga mahsulotni topshirish-qabul qilish (yuklab jo‘natish) birja bitimlarida nazarda tutilgan hajm va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ushbu Nizomda nazarda tutilgan mablag‘larni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar sotuvchi bankida — sotuvchi tomonidan, xaridor bankida — xaridor tomonidan amalga oshiriladi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
20. Birja savdosini tashkil etish, shartnoma majburiyatlarini bajarish va HKKP xizmat ko‘rsatish jarayonida paydo bo‘ladigan nizolar va kelishmovchiliklar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
21. Ushbu Nizomdan kelib chiqib, sotuvchilar yoki xaridorlar tomonidan ularga yuklatilgan majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, aybdor tomondan ikkinchi taraf foydasiga jarima sifatida zakalat pullari ushlab qolinadi. Bunda sotuvchi tomonidan xaridor foydasiga undiriladigan jarima miqdori shartnomaning umumiy qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
22. Mazkur Nizom talablari buzilishda aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Paxta tolasini birja savdolarida sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Paxta tolasini birja savdolarida sotish
SXEMASI


Yüklə 186,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə