1. Iqtisodiyot / Sanoat]


Bosqichlar Mas’ul ijrochilar



Yüklə 186,49 Kb.
səhifə4/4
tarix05.04.2023
ölçüsü186,49 Kb.
#104281
1   2   3   4
106 12.02.2018

Bosqichlar

Mas’ul ijrochilar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Tuman (shahar) hokimliklari

Xaridor murojaatiga asosan paxta tolasini qayta ishlash quvvati mavjudligi to‘g‘risida tavsiya beradi.

O‘n kun mobaynida

2-bosqich

Xaridor

Paxta tolasini qayta ishlash quvvati mavjudligi to‘g‘risidagi tavsiyani birjaga taqdim etadi.

Zaruriyatga ko‘ra

3-bosqich

Sotuvchi, xaridor, birja

Sotuvchi (xaridor) bilan birja o‘rtasida mustaqil shartnoma tuzadi.

Birja savdolarida ishtirok etishdan avval

4-bosqich

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi

Paxta tolasining 1 tonnasi uchun milliy valyutada hisoblangan narxlar to‘g‘risidagi ma’lumotni rasmiy veb-saytga joylashtiradi.

Har birja savdolari o‘tkaziladigan kunda soat 9-15 ga qadar

5-bosqich

Sotuvchi

O‘z ehtiyojidan ortgan paxta tolasini birja savdolariga mustaqil ravishda qo‘yadi.

Birja savdolarida ishtirok etishdan avval

6-bosqich

Sotuvchi, xaridor

Hisob-kitob-kliring palatasidagi shaxsiy hisobvaraqlariga avans sifatida zakalat pullarini kiritadi.

Birja savdolarida ishtirok etishdan avval

7-bosqich

Sotuvchi, xaridor

Birjada avans bilan ta’minlangan hajmlardagi mahsulotni sotib olishga bitimlar tuzadi.

Birja savdolari vaqtida

8-bosqich

Xaridor

Birjaning depozit hisob-raqamiga tuzilgan birja bitimiga muvofiq moliyaviy majburiyatlarni to‘liq qoplash uchun mablag‘lar o‘tkazadi.

Besh ish kuni mobaynida

9-bosqich

Birja

Hisob-kitob-kliring palatasi oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq zarur mablag‘lar tushgandan keyin sotuvchining shaxsiy kabinetiga to‘langan bitimlar to‘g‘risidagi reyestrni yuboradi.

Bir ish kuni

10-bosqich

Sotuvchi

Hisob-kitob-kliring palatas�dan sotib oluvchi tomonidan oldindan to‘lov to‘langani to‘g‘risidagi ma’lumotni olgandan keyin mahsulotni xaridorga yetkazib beradi.

Birja bitimi shartlari asosida

11-bosqich

Sotuvchi, xaridor

Sotuvchi va xaridor ro‘yxatdan o‘tkazilgan birja bitimi bo‘yicha mahsulotni topshirish-qabul qilish to‘g‘risida dalolatnoma tuzadi.

Birja bitimi shartlari bajarilgandan so‘ng

(2-ilova matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-sentabrdagi 556-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2022-y., 09/22/556/0879-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 106-son qaroriga
3-ILOVA
Paxta tolasini sertifikatlash va og‘irligini tortib ko‘rish to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom paxta tolasini eksportga va respublikaning paxta tolasini qayta ishlovchi korxonalariga (keyingi o‘rinlarda xaridorlar deb ataladi) yetkazib berishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoshidagi “Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi” davlat unitar korxonasi (keyingi o‘rinlarda bajaruvchi deb ataladi) tomonidan “O‘zpaxtasanoat” AJ, paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkilotchilari va boshqa korxonalar (keyingi o‘rinlarda buyurtmachi deb ataladi) buyurtmanomalariga muvofiq paxta tozalash zavodlarida paxta tolasi sifatini toylari bo‘yicha baholash, uni sertifikatlash hamda paxta tozalash korxonalarida (keyingi o‘rinlarda yetkazib beruvchi deb ataladi) uning og‘irligini tortib ko‘rish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 575-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/575/3415-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Paxta tolasi majburiy tartibda sertifikatlashtiriladi, paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasterlari doirasida o‘z ehtiyojlari uchun ishlab chiqarilayotgan paxta tolasi bundan mustasno.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-dekabrdagi 1032-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.12.2019-y., 09/19/1032/4260-son)
3. Ushbu Nizomda quyidagi atamalar va tushunchalardan foydalaniladi:
SITC (NVI — Nigh Volume Instrument) — paxta tolasini uzunligi, uzunligi bo‘yicha birxildaligi, pishiqligi, uzilish bo‘yicha uzunligi, mikroneyr, rangi va ifloslanganligi ko‘rsatkichlarini o‘lchaydigan Standardized Instruments for Testing of Cotton bo‘yicha paxta tolasi sinovlarining standartlashtirilgan o‘lchov tizimi nomining qisqacha ifodalanishi;
klasser usuli — belgilangan tartibda tasdiqlangan tashqi ko‘rinishi namunalarini taqqoslash yo‘li bilan navi va klassi bo‘yicha paxta tolasini organoleptik baholash, qo‘lda shtapel qo‘yish yo‘li bilan shtapel uzunligini aniqlash;
tashqi ko‘rinishi namunalari — belgilangan tartibda tasdiqlangan paxta tolasining rangi, dog‘lar mavjudligi, tarkibi va muayyan nav va klassdagi paxta tolasi uchun xos bo‘lgan ifloslanganligi bo‘yicha sifat tavsiflarining yig‘indisidan iborat bo‘lgan namunalar.
4. O‘z DSt 604 “Paxta tolasi. Texnik shartlar” (keyingi o‘rinlarda O‘z DSt 604 deb ataladi) muvofiqlik talablariga sertifikatlash bo‘yicha xizmatlarni O‘zbekiston Respublikasi hududidagi bajaruvchi uning tomonidan akkreditatsiya sohasida ko‘rsatilganga muvofiq amalga oshiradi.
5. Bajaruvchi quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
paxta tozalash zavodlarida uning pressdan chiqishida har qaysi paxta tolasi toyidan sinab ko‘rish uchun namunalar olish;
tanlab olingan namunalarni identifikatsiyalash;
namunalarni sinab ko‘rish uchun mintaqaviy laboratoriyaga yetkazib berish;
namunani sinab ko‘rish;
paxta terminallariga (keyingi o‘rinlarda terminallar deb ataladi) yetkazib beriladigan paxta tolasi partiyasining sifati (tipi, navi) bo‘yicha birxildaligi yuzasidan muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish, sertifikatni paxta tolasini yetkazib beruvchiga berish;
sifati (tipi, navi) bo‘yicha bir xil paxta tolasi partiyasiga muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va uni buyurtmachiga berish;
yetkazib beruvchi bilan birgalikda paxta tolasi partiyasidagi toyning og‘irligini tortib ko‘rish va toyning og‘irligi yuzasidan dalolatnomani rasmiylashtirish;
terminallarda paxta tolasi toyining sifati va og‘irligi yuzasidan xaridor, yetkazib beruvchi va buyurtmachi vakillari bilan kelishmovchiliklarni hal etish.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Paxta tolasini sertifikatlash va toyning og‘irligini tortib ko‘rish bo‘yicha xizmatlar uchun to‘lovni buyurtmachi bajaruvchi bilan ikki tomonlama shartnomalar asosida paxta tolasi hajmini (partiyasini) bajarilgan ishlar dalolatnomalari va bajaruvchi tomonidan berilgan hisob-kitob asosida muvofiqlik sertifikatini (inspeksiya dalolatnomasini) va toylar og‘irligini tortib ko‘rish dalolatnomasini berish fakti bo‘yicha amalga oshiradi.
Paxta tolasini sertifikatlashtirish va paxta tolasi toylarining og‘irligini tortib ko‘rish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlar o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan narxlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 759-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/759/2026-son)
2-bob. Toydagi paxta tolasini sinab ko‘rish uchun tanlab olish, ularni identifikatsiya qilish va mintaqaviy laboratoriyaga yetkazib berish
7. Paxta tolasini paxta tozalash korxonasida presslash jarayonida toyning qavariq tomonida press plitasiga o‘rnatilgan maxsus pichoq bilan kertiklar hosil qilinadi.
8. Toyning kertiklar hosil qilingan qismidan sinab ko‘rish uchun namuna olish bajaruvchining vakili tomonidan amalga oshiriladi.
9. Sinab ko‘rish uchun namuna olish O’z DSt 614 “Paxta tolasi. Namuna olish usullari”ga (keyingi o‘rinlarda O’z DSt 614 deb ataladi) muvofiq amalga oshiriladi. Har qaysi namunaga toy tartib raqamining shtrixli kodi bilan birkadan qirqib olinadigan kupon qo‘yiladi, u mintaqa kodi, paxta tozalash korxonasining kodi, paxta korxonasidagi toyning izchil tartib raqamidan iborat bo‘ladi.
Olingan namunalarni bajaruvchining vakili polietilen paketga joylaydi yoxud qog‘ozga yoki plyonkaga o‘raydi, so‘ngra bajaruvchining mintaqa laboratoriyasiga tashish uchun o‘ralgan namunalarni tartib bilan va zich qilib joylaydi.
Qop namunalarning tashish jarayonida bir-biri bilan aralashib ketmasligi uchun zich holda joylangan bo‘lishi kerak.
Qopga yorliq qo‘yiladi, unda paxta tozalash korxonasining tartib raqami, undan paxta tolasi ishlab chiqarilgan sanoat va seleksiya navi va paxta xomashyosi klassi, paxta tolasi partiyasining tartib raqami (izchil raqamlash tizimiga o‘tgunga qadar), namunalar olingan toyning tartib raqamlari, namuna olingan sana, bajaruvchining imzosi qo‘yilgan holda uning familiyasi, ismi, otasining ismi ko‘rsatiladi.
Paxta tolasi ishlab chiqarilgan paxta xomashyosi partiyasining tartib raqami, sanoat va seleksiya navi va paxta xomashyosi klassi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bajaruvchiga yetkazib beruvchi taqdim etadi.
Ushbu Nizomga 1-ilovaga* muvofiq shakl bo‘yicha bajaruvchi vakillari tomonidan rasmiylashtirilgan paxta tolasi namunasini olish dalolatnomasi bajaruvchining vakillari tomonidan imzolanadi.
10. Shtrixli kod qo‘yilgan birkalarni bajaruvchi yoki yetkazib beruvchi tayyorlaydi. Izchil shtrix kodlar aks etgan birkalar O’z DSt 841 “Paxta tolasi, paxta linti, paxta tozalash zavodlarining tarkibida o‘lik paxta va kalta momiq mavjud bo‘lgan chiqindilari. Joylash, markirovkalash, tashish va saqlash”ga (keyingi o‘rinlarda O’z DSt 841 deb ataladi) muvofiq kipga mahkamlanadi.
11. Olingan namunani sinovlar uchun mintaqaviy laboratoriyalarga yetkazib berishni bajaruvchi amalga oshiradi. Namunalar joylangan qoplarni mintaqaviy laboratoriyaga yetkazib bergungacha ularni yetkazib beruvchi belgilangan tartibda paxta tozalash korxonasida saqlaydi.
12. Paxta tolasi namunalari sinovlardan keyin bajaruvchining laboratoriyalarida paxta tolasining partiyasi xaridor tomonidan uzil-kesil qabul qilib olingan va yuklab jo‘natilgan vaqtgacha bajaruvchining laboratoriyalarida saqlanadi, lekin bu muddat muvofiqlik sertifikati amal qiladigan muddatdan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati tugagach namuna olish takroran amalga oshiriladi. Xaridor tomonidan paxta tolasi partiyasini uzil-kesil qabul qilish va uni yuklab jo‘natishdan keyin paxta tolasi namunalari bajaruvchi tomonidan yetkazib beruvchiga qaytariladi.
3-bob. Paxta tozalash zavodlarida paxta tolasi toyining og‘irligini tortib ko‘rish
13. Paxta tolasining har bir toyi og‘irligini tortib ko‘rish paxta tozalash korxonasining presslash sexida yetkazib beruvchining tarozilarida bajaruvchi va yetkazib beruvchining vakillari tomonidan amalga oshiriladi.
Toylar bo‘yicha tortib ko‘rish natijalari bo‘yicha ushbu Nizomga 2-ilovaga* muvofiq shakl bo‘yicha paxta tolasi toylarining og‘irligi to‘g‘risida dalolatnoma rasmiylashtiriladi, u bajaruvchi va yetkazib beruvchining haqiqiy muhri bilan tasdiqlanadi. Uning bir nusxasi buyurtmachining vakiliga beriladi, yetkazib beruvchi toylar bo‘yicha tortib ko‘rish dalolatnomasi asosida schyot-sertifikatni rasmiylashtiradi. Toylar bo‘yicha tortib ko‘rish dalolatnomasining amal qilish muddati muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati tugagach tamom bo‘ladi.
14. O‘z DSt 841ga muvofiq yetkazib beruvchining presslash sexida foydalaniladigan tarozilari tortib ko‘rishda yo‘l qo‘yiladigan ko‘pi bilan ±0,5 kg. nuqsonli bo‘lishi kerak (sinash shkalasining bo‘linish birligi — ko‘pi bilan 0,2 kg). Tortib ko‘rish natijasi verguldan keyin birinchi belgigacha bo‘lgan aniqlik bilan yozib qo‘yilishi kerak.
15. Terminalda tola partiyasini nazorat bo‘yicha tortib ko‘rishda toyning o‘rtacha massasi ±1,0 kg. dan ortiq miqdorda farq qilmasa, toy bo‘yicha tortib ko‘rish dalolatnomasida ko‘rsatilgan toyning o‘rtacha massasidan toylar bo‘yicha tortib ko‘rish dalolatnomasi ma’lumotlari to‘g‘ri deb hisoblanadi. Bunda bajaruvchi va yetkazib beruvchining toylar bo‘yicha tortib ko‘rish natijalari o‘zgartirilmaydi.
16. Terminalda bajaruvchi va yetkazib beruvchining toylar bo‘yicha tortib ko‘rish dalolatnomasida ko‘rsatilgan ma’lumotlar bilan toyning o‘rtacha massasi bo‘yicha ±1,0 kg. dan ortiqligi aniqlangan taqdirda buyurtmachi bu haqda ma’lum qiladi, shundan so‘ng bajaruvchi va yetkazib beruvchining vakillari xaridor yoki buyurtmachi vakili bilan birgalikda qayta tortib ko‘rish uchun ikki kun muddatda yetib kelishi kerak. Etkazib beruvchi qayta tortib ko‘rish dalolatnomalari asosida schyot-sertifikatga o‘zgartirishlar kiritadi.
Massa bo‘yicha tafovut tasdiqlangan taqdirda bajaruvchi o‘z hisobidan takroriy tortib ko‘rishni amalga oshiradi. Etkazib beruvchi va buyurtmachi bajaruvchining paxta tolasining 100 foiz bahsli hajmini takroriy tortib ko‘rish asosida tuzilgan dalolatnomalari asosida haqiqiy massani hisobga olgan holda o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshiradi.
Massa bo‘yicha tafovutlar tasdiqlanmagan taqdirda toylar bo‘yicha tortib ko‘rish dalolatnomalarining ma’lumotlari o‘zgarishsiz qoladi, qo‘shimcha xarajatlar esa buyurtmachi hisobiga kiritiladi, keyinchalik xaridorning xarajatlariga o‘tkaziladi.
17. Bajaruvchining vakili 100 foiz qayta tortib ko‘rishni o‘tkazish uchun ikki kun muddatda terminalga kelmagan taqdirda, bajaruvchi ushbu Nizomning 6-bobiga muvofiq javobgar bo‘ladi, xaridor tomonidan jalb etilgan betaraf nazorat qiluvchi tashkilotning paxta tolasi toyi massasi bo‘yicha ma’lumotlari esa yetkazib beruvchi va buyurtmachi o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar uchun yakuniy hisoblanadi.
18. Bajaruvchi paxta tozalash korxonasida va terminalda paxta tolasi toyning sifati va massasini tanlab nazorat qilish hamda natijalar qoniqarsiz bo‘lgan taqdirda sinovlar protokolining dastlabki hujjatlarini yoki bajaruvchi va yetkazib beruvchi tomonidan tuzilgan toylar bo‘yicha tortib ko‘rish dalolatnomasini bekor qilish huquqiga ega.
4-bob. Paxta tolasini sinash
Oldingi tahrirga qarang.
19. Paxta tolasi har bir to‘dasi namligining massaviy ulushini aniqlash uchun bajaruvchining vakili tomonidan paxta tolasini presslashdan oldin olingan namunalarni O`z DSt 634 “Paxta tolasi. Namlikning massoviy ulushini aniqlash usullari”ga ko‘ra bajaruvchining paxta tozalash korxonalarida joylashgan sinov laboratoriyasida ushbu Nizomning 3-ilovaga* muvofiq shakl bo‘yicha amalga oshiriladi.
(19-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 759-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/759/2026-son)
Paxta tolasining har bir toyidan olingan namunalarni sinab ko‘rishni mutaxassislar O‘z DSt 604 ga muvofiq NVI usuli va klasser usuli bilan bajaruvchining mintaqaviy laboratoriyasida amalga oshiradilar. Sinashlar natijasida paxta tolasining uzunligi (tipi), navi va klassi, mikroneyr ko‘rsatkichi, solishtirma uzilishi kuchi va uzunligi bo‘yicha birxillik indeksi, shuningdek, paxta tolasi namunalaridagi sifat nuqsonlari (chigit, lint, yog‘, hid va shu kabilar) va boshqa aralashmalar mavjudligi aniqlanadi.
“Birinchi” (I) va “Ikkinchi” (II) o‘rta tolali navlar paxta tolasi uchun mikroneyr ko‘rsatkichi, solishtirma uzilish kuchi va uzunligi bo‘yicha birxillik indeksi sinab ko‘rilgan partiyadagi barcha toylarning o‘rtacha ko‘rsatkichlar ma’lumotlari bo‘yicha aniqlanadi.
SITC (NVI) usuli va klasser usuli bo‘yicha barcha ma’lumotlar belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi va bajaruvchining ma’lumotlari milliy bazasida saqlanadi.
Laboratoriyada paxta tolasining navi va klassini baholashning klasser usulida yetkazib beruvchining vakillari ishtirok etishi mumkin.
20. Paxta tolasi sifatini toylar bo‘yicha sinov natijalari ushbu Nizomga 4-ilovaga* muvofiq shakl bo‘yicha sinovlar dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Sinovlar dalolatnomasida, shuningdek, paxta tolasining O‘z DSt 604 talablariga muvofiqligi yoki nomuvofiqligi haqidagi ma’lumotlar ham ko‘rsatiladi. Sinovlar dalolatnomasida nomuvofiqlik bo‘lgan taqdirda ushbu Nizomga 5-ilova* bo‘yicha paxta tolasi sifati nuqsonlari kodlari ko‘rsatiladi.
Bajaruvchi buyurtmachining buyurtmanomasi bo‘yicha unga SITC NVI tizimi bo‘yicha sinalgan tola partiyasi natijalarining elektron ko‘chirmasini berish mumkin.
Sinovlar dalolatnomasini NVI, klasser tizimida sifat nazorati bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i imzolaydi va bajaruvchining mintaqaviy laboratoriyasi boshlig‘i tasdiqlaydi.
Sinovlar dalolatnomasining bir nusxasini bajaruvchi yetkazib beruvchining vakiliga beradi.
5-bob. Muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berish
21. Sinovlar dalolatnomasida ko‘rsatilgan toylar bo‘yicha sinovlar natijalari asosida, paxta tozalash korxonasida yetkazib beruvchi yoxud terminalda yetkazib beruvchi yoki buyurtmachi paxta tolasi partiyasining uchta klassigacha qatnashishga qo‘yilgan sanoat va seleksiya navi tipi bo‘yicha bir xil tolalarni komplektlaydi, komplektlangan partiyaning brutto massasini va konditsion massasini aniqlaydi.
Mintaqaviy laboratoriya komplektlangan partiya uchun ushbu Nizomga 6-ilovaga* muvofiq shakl bo‘yicha paxta tolasi sinovlari protokolini rasmiylashtiradi. Sinovlar protokolini bajaruvchining vakillari imzolaydilar.
Bajaruvchining mintaqaviy laboratoriyadagi vakolatli vakili (sertifikatlash bo‘yicha mutaxassis) sinovlar protokoli asosida paxta tolasining sinalgan partiyasiga uchta dublikat nusxasi bilan birga muvofiqlik sertifikatlarini rasmiylashtiradi, uni belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazadi va mintaqaviy laboratoriya muhri (xizmat ko‘rsatish belgisi) bilan tasdiqlaydi. Dublikatning asl nusxasi va bir nusxasi yetkazib beruvchining vakiliga beriladi. Dublikat nusxalarining bittasi buyurtmachiga yuboriladi, bittasi mintaqaviy laboratoriyada qoladi.
Muvofiqlik sertifikati davlat tilida, rus yoxud ingliz tillarida to‘ldiriladi.
Sertifikat ro‘yxatdan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab kuchga kiradi. Sertifikatning amal qilish muddati O‘z DSt 841 bo‘yicha paxta tolasini tashish va saqlash shartlariga rioya qilingan taqdirda 6 oyni tashkil etadi.
Muvofiqlik sertifikatining ushbu amal qilish muddati o‘tgach bajaruvchi sertifikatlash tartibini belgilangan tartibda amalga oshiradi.
22. Muvofiqlik sertifikati har bir komplektlangan paxta tolasi partiyasiga alohida beriladi. Bunda paxta tolasi partiyasining sifati va miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar ushbu Nizomga 7-ilovaga* muvofiq shakl bo‘yicha muvofiqlik sertifikatiga ilovada keltiriladi. Buyurtmachi bilan kelishuv bo‘yicha muvofiqlik sertifikati bir necha partiya uchun berilishi mumkin.
23. Paxta tolasi terminalga yuklab jo‘natilayotganda yetkazib beruvchi yuklab jo‘natish hujjatlari orasiga muvofiqlik sertifikatining asl nusxasini va unga ilovani joylashi shart.
Izchil tartibda raqamlash tizimiga o‘tilganda paxta tolasi toyini terminallarga muvofiqlik sertifikatisiz (inspeksiya dalolatnomasisiz) yetkazib berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
24. Paxta tolasining bir nechta klassi (ko‘pi bilan uchta) mavjud bo‘lgan partiyasiga muvofiqlik sertifikatlari nusxalari har qaysi klass uchun alohida berilishi mumkin.
25. Muvofiqlik sertifikati quyidagi holatlarda berilmaydi:
paxta tolasi namunalarida chigit, lint, paxtani qayta ishlash chiqitlari, yog‘li tola, ortiqcha nam tola, chirindi hidi yoki tolaning navi va klassini baholash klasser usuli bo‘yicha o‘tkazilayotgan paxta tolasi rasmiy namunalarida mavjud bo‘lmagan boshqa aralashmalar bor bo‘lganda;
paxta tolasi tegishli sanoat navining cheklangan “Iflos” klassidagidan ortiqcha iflos bo‘lgan taqdirda;
tola yoki uning tashqi ko‘rinishi paxta tolasining etalon namunasiga muvofiq bo‘lmagan rangda bo‘lganda;
o‘rtacha va uzun tolali paxta tolasi aralash bo‘lganda;
tola partiyasida turli sanoat navlaridagi mansub toylar mavjud bo‘lganda;
toy zarur darajada markirovka qilinmaganda, joylashtirilmaganda, iflos bo‘lganda, toy sirtiga suv tekkanda, shuningdek, ushbu paxta tolasi partiyasi uchun hujjatlar mavjud bo‘lmaganda.
26. Paxta tolasining O'z DSt 604 talablariga javob bermasligi, ushbu Nizomning 25-bandida sanab o‘tilgan belgilar bo‘yicha muvofiqlik sertifikati berilishi mumkin bo‘lmaganda bajaruvchi ushbu Nizomga 8-ilovaga* muvofiq shakl bo‘yicha nomuvofiqlik haqidagi bildirishnomani ikki nusxada rasmiylashtiradi.
Bildirishnomani bajaruvchining vakillari imzolaydi, mintaqaviy laboratoriya muhri (xizmat ko‘rsatish belgisi) bilan tasdiqlaydi.
Bildirishnomaning bir nusxasi paxta tozalash korxonasi vakiliga beriladi, ikkinchi nusxasi mintaqaviy laboratoriyada qoladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Paxta tolasi namunalarida kalta momiq va paxtani qayta ishlash aralashgan chiqitlari mavjud bo‘lganda mahsulot sertifikatlanmaydi, inspeksiya dalolatnomasi rasmiylashtirilmaydi va bu haqda buyurtmachiga asoslangan xabarnoma beriladi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 759-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/759/2026-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hududiy laboratoriya O‘z DSt 604 talablariga javob bermaydigan paxta tolasi mavjudligi bo‘yicha axborotlarni tizimlashtiradi va umumlashtiradi hamda ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoshidagi “Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi” davlat unitar korxonasi va “O‘zpaxtasanoat” AJga beradi.
(26-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 575-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/575/3415-son)
27. O'z DSt 604 talablariga javob bermaydigan har bir paxta tolasi partiyasi sinovlari natijalari yuzasidan ushbu Nizomga 9-ilovaga* muvofiq shakl bo‘yicha paxta tolasining inspeksiya dalolatnomasi rasmiylashtiriladi. Uni bajaruvchining vakillari imzolaydilar, mintaqaviy laboratoriya boshlig‘i tasdiqlaydi, unga bajaruvchining mintaqaviy laboratoriyasi haqiqiy muhri (xizmat ko‘rsatish belgisi) qo‘yiladi.
* 1 — 9-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Tashqi ko‘rinishi (rangi va ifloslanganligi) bo‘yicha tasdiqlangan standart namunalarga muvofiq bo‘lmagan paxta tolasi partiyasiga inspeksiya dalolatnomasini rasmiylashtirishda ushbu partiyaning navi va klassi uni qabul qilib olishda xaridor bilan kelishgan holda bajaruvchi va yetkazib beruvchi tomonidan aniqlanadi.
Inspeksiya dalolatnomasi muvofiqlik sertifikati o‘rniga paxta tolasi sifati to‘g‘risidagi hujjat hisoblanadi.
O‘z DSt 604 talablariga muvofiq bo‘lmagan tola uchun berilgan inspeksiya dalolatnomalari bajaruvchi tomonidan belgilangan tartibda hisobga olinadi va ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
28. O‘tkazilgan tekshirishlar natijalariga ko‘ra xaridor tomonidan terminalda sifati va miqdori bo‘yicha qabul qilib olish dalolatnomasi imzolanadi. Xaridorlar tomonidan imzolangan sifati va miqdori bo‘yicha qabul qilib olish dalolatnomalari nusxalari buyurtmachilar tomonidan har kuni bajaruvchi va yetkazib beruvchining mintaqaviy laboratoriyasiga beriladi.
29. Buyurtmachi, yetkazib beruvchi yoki xaridor paxta tolasini sertifikatlash va tortib ko‘rish natijalaridan norozi bo‘lgan taqdirda ularning apellatsiyalari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ko‘rib chiqiladi.
6-bob. Bajaruvchining javobgarligi
Oldingi tahrirga qarang.
30. Bajaruvchi o‘zi sinab ko‘rgan paxta tolasi to‘dasi hajmining navi, klassi, uzunligi va mikroneyrini, namlikning massa nisbati, solishtirma uzilish kuchi va uzunlik bo‘yicha birxillik indeksini (toy ichidagi brakdan tashqari) aniqlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishda shartnomaviy majburiyatlarini zarur darajada bajarilishi uchun quyidagilar bo‘yicha mulkiy javob beradi:
(30-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 759-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/759/2026-son)
Oldingi tahrirga qarang.
paxta tolasini saqlash, yetkazib berish, terminaldan paxta tozalash zavodiga qaytarish;
(30-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 759-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/759/2026-son)
reklamatsiyalarni, da’volarni qonun hujjatlariga muvofiq iqtisodiy sudda ko‘rib chiqish bilan bog‘liq xarajatlar bundan mustasno.
31. Xaridorning terminallarda toyning o‘rtacha massasining haqiqiy tafovuti ±1,0 kg. dan ortiqligi yuzasidan e’tirozlari tasdiqlangan taqdirda, bajaruvchi buyurtmachiga uning toyni qaytadan tortib ko‘rish bo‘yicha xizmatlari va ularning normativdan ortiqcha saqlangani uchun, toy massasidagi tafovut qiymatidan tashqari xarajatlarini to‘laydi, shuningdek, aybdor shaxslarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq zarur choralar ko‘radi.
Agar bajaruvchi O‘zbekiston Respublikasi terminallarida qaytadan tortib ko‘rishda:
tortib ko‘rishdagi xatolik yo‘l qo‘yiladigan ±0,5 kg. miqdoridagi normadan ortiqcha bo‘lgan tarozilardan foydalanilganligini yoki toy massasi, verguldan keyingi dastlabki o‘ninchi belgini hisobga olmasdan, kilogrammlardagi butun miqdorgacha yaxlitlab yozilganligini;
tarozilar vakolatli organlarning tekshirish to‘g‘risidagi guvohnomalariga ega bo‘lmaganligini;
toylar O‘z DSt 841 standarti buzilgan holda tarozida tortilganligi, tashilganligi va saqlanganligini isbotlab bergan taqdirda toy massasi bo‘yicha e’tirozlar qondirilmaydi.
32. Xaridorning sertifikatlash va tortib ko‘rishlar natijalari yuzasidan e’tirozlari tasdiqlanmagan taqdirda, e’tirozlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha barcha xarajatlarni buyurtmachi to‘laydi, keyinchalik ular xaridorlarning hisob raqamiga o‘tkaziladi.
33. Xarajatlarni to‘lash bo‘yicha buyurtmachi va bajaruvchi o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
7-bob. Buyurtmachining javobgarligi
34. Buyurtmachi paxta tolasini terminallardan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan muvofiqlik sertifikatisiz (inspeksiya dalolatnomasisiz) terminalda toylar bo‘yicha tortib ko‘rib dalolatnomasisiz hamda sifati va massasi bo‘yicha qabul qilib olish dalolatnomasisiz yuklab jo‘natishga haqli emas.
35. Buyurtmachi xaridorlar bilan o‘zi tuzadigan kontraktlarda faqat O‘zbekiston Respublikasi hududidagi terminallarda paxta tolasining O‘zbekiston Respublikasi hududida xaridorning vakillari tomonidan qabul qilib olingan paxta tolasi partiyalari bo‘yicha, toy ichidagi brakdan tashqari, sifat va massasi yuzasidan e’tiroz bildirishga haqli emasligi sharti bilan sifati va massasi bo‘yicha qabul qilib olinishini nazarda tutadi.
36. Paxta tolasining toy ichidagi braki bo‘yicha biron-bir bahsli masalani O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida ko‘rib chiqish zarurati paydo bo‘lgan taqdirda, buyurtmachi yetkazib beruvchining mutaxassislariga viza olishda ko‘maklashishi kerak.
37. Buyurtmachi bajaruvchiga terminallarda doimiy vakolatxona uchun bino berishi kerak. Paxta tolasini eksport qilish bilan bog‘liq masalalarni o‘z vaqtida va darhol hal etish maqsadida buyurtmachi terminallarda bajaruvchining vakillariga terminallarga tushadigan, xaridorlar qabul qilib oladigan, terminallardan yuklab jo‘natiladigan paxta tolasi partiyalari haqida axborot taqdim etishi kerak.
38. Buyurtmachi toy massasini bajaruvchi va yetkazib beruvchi tortib ko‘rgandan keyin toy massasini qayta tekshirish uchun buyurtmachi tomonidan jalb etiladigan inspeksiya kompaniyalaridan ular qo‘llaydigan tarozilardagi nuqsonlar va vakolatli organlar tomonidan tarozilarning tekshirilgani to‘g‘risidagi guvohnomaning mavjudligi haqidagi ma’lumotlarni talab qilishiga haqli.
8-bob. Etkazib beruvchining javobgarligi
39. Etkazib beruvchi:
paxta tolasi toyini tortib ko‘rish uchun presslash sexida, shuningdek, O‘z DSt 841 standarti talablariga muvofiq bo‘lgan paxta tolasi toyini nazorat tartibida tortib ko‘rish uchun paxta tozalash zavodining tayyor mahsulotlarini saqlash maydonchalarida tarozilar o‘rnatilishini;
tarozilarning to‘g‘ri ishlashini nazorat qilish uchun standart tarozi toshlari bilan;
terminallarga tipi va navi bo‘yicha bir xil, boshqa aralashmalarsiz, noxush hidsiz, ortiqcha namsiz va shu kabi vagon normasi paxta tolasi yetkazib berilishini ta’minlashga doir barcha chora-tadbirlar ko‘rilishini;
pichoqli qurilmalar bilan namunalar qirqilgan joylarda toylar idishlari qayta tiklanishini;
paxta tozalash zavodlari presslaridagi pichoq qurilmalarining maqbul holatda bo‘lishini va ularning o‘z vaqtida almashtirib turilishini;
paxta tolasi namunalarini saqlash va zarur hujjatlarni rasmiylashtirish uchun bajaruvchini paxta tozalash zavodida joy bilan;
O‘z DSt 841 standartiga muvofiq bo‘lgan paxta tolasi idishga joylashtirilishini, toylar markirovka qilinishini, tashilishi va saqlanishini ta’minlashi kerak.
40. Etkazib beruvchi paxta tolasini terminallarga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan muvofiqlik sertifikatisiz (inspeksiya dalolatnomasisiz) va toylar bo‘yicha tortib ko‘rish dalolatnomasisiz yuklab jo‘natishga haqli emas.
Izchil raqamlash tizimiga o‘tilganda paxta tolasi toylarini terminallarga muvofiqlik sertifikatisiz (inspeksiya dalolatnomasisiz) yetkazib berishga yo‘l qo‘yiladi.
41. Toylar ichida brak aniqlangan taqdirda yetkazib beruvchi ushbu hajmlarni sotish va qaytarish bilan bog‘liq barcha xarajatlar bo‘yicha mulkiy javobgar bo‘ladi.
42. Toyning o‘rtacha massasidagi tafovutning ±1,0 kg. dan ortiqchaligi yuzasidan xaridorning buyurtmachiga e’tirozlari tasdiqlangan taqdirda, yetkazib beruvchi va buyurtmachi o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar paxta tolasi partiyasining haqiqiy massasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 106-son qaroriga
4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2018-yil 1-apreldan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ba’zi qarorlari
RUYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Paxta tolasini sotish va hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida” 2016-yil 30-avgustdagi 286-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 8-son, 82-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etish to‘g‘risida” 2017-yil 9-oktabrdagi 810-son qaroriga 1-ilovaning 31-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zi qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etish to‘g‘risida” 2018-yil 19-yanvardagi 34-son qaroriga 1-ilovaning 37-bandi.


(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/106/0696-son, 14.05.2018-y., 09/18/350/1206-son, 16.08.2018-y., 09/18/664/1766-son, 25.09.2018-y., 09/18/759/2026-son, 13.11.2018-y., 09/18/923/2180-son; 22.04.2019-y., 09/19/341/2992-son; 25.04.2019-y., 09/19/351/3009-son; 13.07.2019-y., 09/19/575/3415-son, 17.09.2019-y., 07/19/4453/3756-son; 26.12.2019-y., 09/19/1032/4260-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son, 30.09.2022-y., 09/22/556/0879-son)

Yüklə 186,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə
Psixologiya