1-joriy baholash uchun topshiriq. Dars mavzusi: Tilshunoslikdan umumiy ma’lumot. Fonetika. Nutq tovushlari va tasnifi


“Jamiyatsiz til, tilsiz jamiyat bo‘lishi mumkin emas”, degan fikrni qanday izohlaysiz



Yüklə 378,48 Kb.
səhifə2/3
tarix26.10.2023
ölçüsü378,48 Kb.
#131792
1   2   3
1-joriy baholash tayyori

2. “Jamiyatsiz til, tilsiz jamiyat bo‘lishi mumkin emas”, degan fikrni qanday izohlaysiz
Ma’lumki, o’zbek xalqi Markaziy Osiyoning qadimgi xalqlaridan bo’lib, uning tili XI-XII asrlarda ma’lum ijtimoiy-tarixiy sharoitlarga ko’ra xalq tili sifatida shakllana boshladi va asta-sekinlik bilan rivojlanib keldi. Jamiyatning muayyan tarixiy sharoitida xalqlar (elatlar) taraqqiy qilib, millatga, xalq tillari esa milliy tillarga aylanadi. Demak, milliy til millatning paydo bo’lishi bilan yuzaga keladi. Adabiy til tilning ma’lum normalarga kiritilgan, ma’lum qoidalarga bo’ysundirilgan ko’rinishidir. U yozuvning paydo bo’lishi bilan uzviy bog’liq.
Adabiy tilning 2 shakli bor: a) og’zaki adabiy til; b) yozma adabiy til.
Adabiy tilning og’zaki shakli nisbatan qadimiy bo’lib, u nutq tovushlari, intonatsiya, urg’u kabi vositalarga asoslanadi. Talaffuzga oid qoida va me’yorlarni orfoepiya belgilab beradi. Adabiy tilning yozma shakli grafik vositalarga asoslanadi va yozma adabiy tilning qoida va me’yorlarini orfografiya (imlo) belgilaydi.
3.Fonetika nimani o‘rganadi?

Fonetika nimani o'rganishini aniqroq tushunish uchun har qanday tilning tuzilishini tasavvur qilish kifoya. Uning ichida ichki, og'zaki va yozma nutq o'rtasida muhim bog'liqlik mavjud. Fonetika bu konstruksiyalarni o‘rganuvchi fandir. Uning uchun muhim fanlar imlo (talaffuz qoidalari) va grafika (yozish).


Agar siz bitta rasmga harf (belgi) va uning tovushini qo'shsangiz, inson nutqi uchun muhim vositaga ega bo'lasiz. Fonetika aynan shu narsani o'rganadi. Bundan tashqari, u talaffuzning moddiy tomonini, ya'ni odam o'z nutqida foydalanadigan vositalarni o'rganadi. Bu talaffuz apparati - artikulyatsiya uchun zarur bo'lgan organlar to'plami. Fonetik mutaxassislar tovushlarning akustik xususiyatlarini ko'rib chiqadilar, ularsiz normal muloqot qilish mumkin emas.

4.Fonema qanday belgilarga ega?



Fonemaning belgilari farqlovchi (differensial) va farqlamaydigan (integral) turlarga boʻlinadi. Farqlovchi belgilariga koʻra, Fonemalar oppozitsiyalar (zidlanishlar) hosil qiladi. Fonemalar farqlanadigan pozitsiya, yaʼni uni oʻz artikulyatsiyasi bilan aniq talqin etish uchun qulay sharoit kuchli pozitsiya, Fonema farqlanmaydigan, boshqa bir Fonema bilan mos tushib qoladigan pozitsiya, sharoit kuchsiz pozitsiya deb ataladi. Kuchli pozitsiyada Fonema morfema va soʻzlarni farqlash vazifasiga (semasiologik vazifaga) ega boʻladi, kuchsiz pozitsiyada esa Fonema bunday vazifaga ega boʻlmaydi. Oʻzbek tilida unlilar oldidan kelgan undoshlar koʻpincha kuchli pozitsiyada (maye., bola, mola, qozon, dor, gul), soʻz oxiridagi jarangli va jarangsiz Fonemalar kucheiz pozitsiyada (tob, sud, maqsad, bugʻ, barg) boʻladi. Kucheiz pozitsiyada Fonemaning variantlari yuzaga chikadi, kuchli pozitsiyada esa uning asosiy koʻrinishi oʻzining barcha farklovchi belgilari bilan namoyon boʻladi. Tafovuti, farqi birgina Fonemaga tayangan morfema va soʻzlar juftida Fonema ayniqsa aniq bilinadi (qoʻl—soʻl, chol— chal—choʻl).


Yüklə 378,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə