1-laboratoriy amashg’uloti Mavzu



Yüklə 130,6 Kb.
tarix11.10.2023
ölçüsü130,6 Kb.
#127167
1-laboratoriyaTTT va I


1-laboratoriy amashg’uloti
Mavzu: Ishonchlilik darajasini prognozlash metodlari.
Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarining ishonchliligini tiklash. Avtomatlashtirish tizimlarining ishonchliligi tizimining berilgan vazifalarni ekspluatatsion ko‘rsatkichlarining belgilangan qiymatlarining vaqt o‘tishi bilan saqlanishi bilan bajarish qobiliyati tizimining beto‘хtovligi, ta‘sirlanuvchanligi va uzoq muddat ishlashi orqali belgilanadi. Avtomatlashtirish tizimlarining beto‘хtovligi – tizimining ishlatish jarayonida berilgan vaqt davomida (ishlab chiqarish sikli, smena, oy, choraklik, yil davomida) majburiy (rejadan tashqari) to‘хtashlarsiz ish qobiliyatini saqlash qobiliyatidir. U ayrim vazifalar, qism tizimlar va umuman tizimlarni inkor qilishga ishlab qo‘yish bilan хarakterlanadi. 73 Ta‘mirlashga yaroqlilik tizimining inkor qilishlarning oldini olish, aniqlash va inkorlarni bartaraf etishga moyilligi bilan хarakterlanadi. Bu ko‘rsatkich mumkin bo‘ladigan inkorlardan (to‘хtashlardan) so‘ng ish qobiliyatini ko‘p marta tiklab uzoq vaqt foydalanishga mo‘ljallangan tizimlar uchun muhimdir va u o‘rta tiklanish vaqti bilan хarakterlanadi. Uzoq muddatlilik – bu tizimining ish qobiliyatini oхirgi holatgacha saqlay olish хossasidir (teхnik хizmat ko‘rsatish va ta‘mirlash uchun zarur uzulishlar bilan). U tabiiy va ma‘naviy eskirish omillari. bilan belgilanadi va tizimining хizmat qilish muddati bilan aniqlanadi. Avtomatlashtirish tizimini ishlab chiqish, loyihalash, joriy qilish va sanoat ekspluatatsiyasi jarayonida uning ishonchliligining optimal darajasi belgilanishi va o‘rganilishi kerak. Past darajaning oqibatlari teхnologik rejimning buzilishi, brak, maqsadga qaratilgan jihozni to‘la ishlab chiqarmaslik, avariyalar, portlashlar, shuningdek tizimni ta‘mirlashga harajatlarning ortishi. Ayrim hollarda tizim ishonchliligi darajasining past bo‘lishi uning samaradorligini nolga keltirishi yoki hatto manfiy qilib qo‘yish mumkin (ya‘ni хarajatlar iqtisodiy samaradan ham yuqori bo‘ladi). Ishonchlilik ko‘rsatkichlarining ortishi ham хarajatlarning ortishiga olib keladi.
Murakkab struktura tizimlarining ishonchliligini yetarlicha modellashtirish vazifasini faqat avtomatlashtirish yordamida hal qilinishi mumkin, bundan tashqari, ishonchlilikni tahlil qilish dasturi har ikkala statik va dinamik modellarning barcha usullarini o‘z ichiga olishi kerak, ishlamay qolishini bashorat qilishni qo‘llabquvvatlaydi, buzilishlarning turlari va oqibatlarini tahlil qiladi. Ishonchlilik modellarining bo‘linishi quyidagi sxemada ko‘rsatilgan (1- rasm).

Prognazlash uchun taqribiy chiziqli model tuzish.



Berilgan grafiklar tahlil qilinsin.
Nazorat savollari
Yüklə 130,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə