1-laboratoriya ishi “gemini” als bilan tanishuv. Dastur modullari va ishlash rejimlarini yoritib berish



Yüklə 25,41 Kb.
səhifə4/5
tarix22.05.2023
ölçüsü25,41 Kb.
#112098
1   2   3   4   5
Birinchi usul- modelь asos konstruksiyasi “Made to measure” modulida qurilgan bo‘lsa, loyiha avvalida “Gradatsiya jadvali”ga (rus. “Tablitsa Gradatsii”) bazaviy razmer va yondosh razmerlar uchun gradatsiya qiymatlari haqidagi ma’lumotlar kiritiladi. Kiyim asosiy andozalari ishlab chiqilgandan so‘ng, “Gradatsiya” rejimiga o‘tilib, kursor yordamida detalь belgilansa, u barcha berilgan razmerlar bo‘yicha ko‘paytiriladi va tizim natijalarni ish stolida ko‘rsatadi Ikkinchi usulda gradatsiya jadvalini yaratish uchun “Gradatsiya” rejimiga kiriladi. Asosiy menyudan “Nuqta qiymatini ko‘paytirish jadvali” (rus. “Otkrыtь tablitsu priraщeniya tochki”) buyrug‘i tanlanadi. Ochilgan kontekst menyuga “dx”, “dy” yo‘nalishi bo‘yicha gradatsiya qiymatlari berilgan razmerlar uchun kiritiladi. Har bir detalь uchun gradatsiya qiymati alohida berib chiqiladi. Jadval asosida andozalarni ko‘paytirish birinchi usul kabi bajariladi.
Uchinchi usulda loyihalanayotgan modelь uchun o‘xshash modellar gradatsiya qiymatlaridan nusxa olinadi va tizim bazasiga saqlab qo‘yiladi. Buning uchun ma’lumotlar bazasidan modelь tanlanadi va “Prinyatь” tugmasini bosib modelь detallari ish stoliga chaqiriladi. “Gradatsiya” rejimiga o‘tiladi va “Razmerlar jadvalini ochish” (rus. “Otkrыtь tablitsu razmerov”) buyrug‘i tanlanadi. Ochilgan razmerlar jadvali nomiga kursor bilan belgilab “Nusxa olish” (rus. “Kopirovatь”) buyrug‘i tanlanadi. Tizim jadvalni yangi saqlash joyini ko‘rsatishni so‘raydi. Zarur direktoriya ochilib, jadval yangi nom bilan saqlab qo‘yiladi. Andozalarni gradatsiyalash jarayonida razmerlar jadvaliga kiritilgan ma’lumotlardan foydalaniladi, zaruriyat tug‘ilsa ma’lumotlarni tahrir qilish mumkin. Jadval asosida andozalarni ko‘paytirish birinchi usul kabi bajariladi. Andozalar yuzasini hisoblash uchun “O‘lchash va nazorat” (rus. “Izmereniya i kontrolь”) rejimiga o‘tiladi. Asosiy menyudan “Detalь yuzasini o‘lchash” (rus. “Ploщadь detali”) buyrug‘i tanlanadi va kursor bilan detalь tanlanadi. Tizim avtomatik ravishda belgilangan detalь maydonining qiymatlarini ish stolida ko‘rsatadi.

Yüklə 25,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə