1-laboratoriya ishi


ER (entity relation) modeli –



Yüklə 35,93 Kb.
səhifə2/3
tarix22.03.2024
ölçüsü35,93 Kb.
#181000
1   2   3
1-laboratoriya ishi

ER (entity relation) modeli – Ma’lumotlar bazasini loyihalashda har xil sеmantik modеllar ham ishlatiladi. Ulardan eng ko‘p tarqalganlaridan biriga ER modеli dеyiladi. Bu modеl ingilizcha “Entity–relatsion”dеyilib, ma’nosi “Mohiyat–bog‘lanish” dеmakdir.
Relyatsion ma’lumotlar bazasi mohiyatlari o‘rtasida quyidagi bog‘lanishlar mavjud:

Masalan, kafedra va kafedra mudiri mohiyatini olaylik. Bunda har kafedrada faqat bittadan kafedra mudiri faoliyat yuritadi;

  • Agar A mohiyatning bir nusxasi B mohiyatning bittadan ko‘p nusxasiga mos kelsa, hamda B mohiyatning bir nusxasi A mohiyatning faqat bir nusxasiga mos kelsa, birga – ko‘p bog‘lanish deyiladi (1:M);

Masalan, guruh va talaba mohiyati. Bir guruhda bir nechata talaba o‘qiydi. Shuningdek hech bir talaba bir vaqtda bir nechta guruhda o‘qimaydi;

  • Agar A mohiyatning bir nusxasi B mohiyatning bittadan ko‘p nusxasiga mos kelsa, hamda B mohiyatning bir nusxasi A mohiyatning bittadan ko‘p nusxasiga mos kelsa, ko‘pga – ko‘p bog‘lanish deyiladi (N:M); Masalan, talaba hamda fan mohiyatini olaylik. Har bir talaba o‘quv yili davomida bir qancha fanlarni o‘qiydi. Shuningdek, har bir fanni bir qancha

talabalar o‘qiydi;
Relyatsion ma’lumotlar bazasida mohiyatlar o‘rtasidagi bog‘anishni ifodalash quyidagi turlarda bo‘ladi:

  • sterjenli;

  • assotsiativ;

  • tavsifiy;

  • belgilash.

Sterjenli mohiyat (Sterjen) – bu mustaqil mohiyat hisoblanadi. Assotsiativ mohiyat (Assotsiatsiya) – bu “ko‘pga–ko‘p”(“birga–ko‘p”
va hokazo) ko‘rinishidagi bog‘lanishlar, ya’ni ikki yoki undan ortiq mohiyatlar yoki mohiyatlar nusxasi orasidagi bog‘lanishlardir:

  • ular boshqa assotsiatsiyalarda ham qatnashishi mumkin va sterjenli mohiyat kabi belgilanishlarda ham qatnasha oladi;

  • ular o‘z xususiyatlariga ega bo‘lishi mumkin, ya’ni ular nafaqat aloqani ko‘rsatishda kerak bo‘ladigan kalit atributlariga ega bo‘lib qolmasdan, balki aloqani tavsiflovchi istalgancha boshqa atributlar soniga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, “Nikoh” quyidagi kalit atributlarni o‘z ichiga oladi: “Kod_E”, “Kod_A” va “Erkak tabel raqami”, “Ayol tabel raqami”, shuningdek aniqlovchi atributlar – “Guvohlik raqami”, “Qaydnoma muddati”, “Qaydnoma manzili”, “Nikoh uyi kitobidagi qaydnoma raqami” va hokazo.

Tavsifiy mohiyat (Xarakteristika) bu ikki mohiyat orasidagi “ko‘pga– bir” yoki “birga–bir” bog‘lanish turi (Assosatsiya’ning xususiy holi). Tavsifiy mohiyatning yagona maqsadi ba’zi boshqa mohiyatni tasvirlash yoki aniqlashdan iborat. Ularga zarurat tug‘ilishining sababi haqiqiy dunyodagi mohiyat ba’zan ko‘p ma’noli xususiyatga ega. Kitob bir necha qayta tahrir tavsifiga (to‘g‘rilangan, to‘ldirilgan, qayta ishlangan) ega bo‘lishi mumkin va hokazo.
Belgilab olinadigan mohiyat yoki belgilash – bu ikki mohiyat orasidagi “ko‘pga–bir” yoki “birga–bir” bog‘lanish turidir va u tavsifnomadan belgilangan mohiyatga bog‘liq emasigi bilan farq qiladi.
Misol:
“Ovqatlanish” ma’lumotlar bazasi infologik hamda ER modelini yarating. MB taomlar, mahsulotlar, mahsulot yetkazib beruvchilar haqidagi ma’lumotlarni saqlasin;
MB bazasi mohiyatlarining tahlili natijasida quyidagilar aniqlanadi:

  • Taomlar, mahsulotlar, shaharlar (sterjenlar);(стержень)

  • Taomlar hamda mahsulotlarni bog‘lovchi assotsiatsiyalar, hamda mahsulot yetkazib beruvchilar bilan mahsulot assotsiatsiyalari; (ассоциация)

  • Mahsulot yetkazib beruvchilar haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlar uchun belgilanish (обозначение);

  • Taom retseptlari va xarajatlar tavsiflari (характеристика).




Yüklə 35,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə