Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik



Yüklə 354,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/14
tarix13.10.2023
ölçüsü354,99 Kb.
#127532
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
PKM589uz



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 
QARORI 
DASTURIY MAHSULOTLAR VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI TEXNOLOGIK 
PARKI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Dasturiy mahsulotlar va axborot 
texnologiyalari texnologik parkini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 10-yanvardagi 
17-son 
qaroriga
muvofiq, shuningdek, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik 
parki faoliyatini samarali tashkil etish, yuridik shaxslarni uning rezidentlari sifatida ro‘yxatdan 
o‘tkazish, soliq va bojxona imtiyozlarini qo‘llash tartibini belgilash, “startap-loyihalarni” har 
tomonlama, shu jumladan, venchur moliyalashtirish asosida qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar 
Mahkamasi qaror qiladi: 
1. Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini tashkil etish 
tartibi to‘g‘risidagi nizom 
ilovaga
 muvofiq tasdiqlansin. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
2. Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasiga (keyingi 
o‘rinlarda — Direksiya):
yuklangan vazifalarni amalga oshirish doirasida malakali mutaxassislarni, shu jumladan, 
chet ellik mutaxassislarni maslahatchi sifatida shartnoma asosida tender (tanlov) savdolari 
o‘tkazmasdan jalb qilishga, istisno tariqasida, ruxsat berilsin;
shtatlar jadvalini mustaqil ravishda ishlab chiqish va tasdiqlash, Direksiya xodimlari 
mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish shartlarini bajariladigan ishlarning 
murakkablik darajasi, sifati va hajmiga nisbatan tabaqalashtirilgan tarzd a belgilash huquqi berilsin. 
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 672-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/672/1437-son) 
3. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish 
vazirligining Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Tepamasjid ko‘chasi, 4-uy manzilida 
joylashgan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish 
vazirligi tasarrufidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 
yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabning bino va 
inshootlarini davlat ulushini ko‘paytirish hisobiga baholovchi tashkilot tomonidan aniqlangan qiymat 
bo‘yicha Direksiyaning ustav fondiga berish haqidagi taklifiga rozilik berilsin. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-iyundagi 478-f-son 
farmoyishiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini 
rivojlantirish vazirligi tasarrufidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabga 
Toshkent shahri Yashnabod tumanida umumiy maydoni 6,5 ga bo‘lgan yer uchastkasi (sobiq 22-
harbiy shaharcha hududining bir qismi — Maxtumquli ko‘chasi bilan kesishgungacha) ajratilganligi 
ma’lumot uchun qabul qilinsin. 
4. Belgilansinki, ushbu qarorning 
3-bandida 
ko‘rsatilgan davlat mulkining bozor qiymatini 
aniqlash bo‘yicha xizmatlar to‘lovi Direksiya mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi. 
5. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Direksiyaning 
buyurtmanomalari bo‘yicha Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki 
(keyingi o‘rinlarda Texnopark deb ataladi) faoliyatini tashkil etishda ishtirok etuvchi yuqori malakali 
xorijiy mutaxassislarga O‘zbekiston Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga 
tasdiqnomalar berilishini (uzaytirilishini) ta’minlasin. 
6. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish 
vazirligi va Direksiya 2019-yil 1-avgustgacha bo‘lgan muddatda: 
Texnopark binosini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash ishlarining yakunlanishini; 
Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini tashkil etish 
tartibi to‘g‘risidagi 
nizomga
muvofiq yuridik shaxslarni Texnopark rezidenti sifatida ro‘yxatdan 


o‘tkazish hamda istiqbolli “startap-loyihalar”ni ko‘rib chiqish uchun qabul qilish va tanlash 
boshlanishini ta’minlasinlar. 
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Dasturiy mahsulotlar va axborot 
texnologiyalari texnologik parkini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 10-yanvardagi 
17-son qarorining 6-bandidan 
birinchi xatboshi 
chiqarib tashlansin. 
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Axborot 
texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M. Sadikov zimmasiga hamda 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va 
innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyatiga 
yuklansin. 

Yüklə 354,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə