Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik


-bob. Istiqbolli startap-loyihalarni ko‘rib chiqish va tanlab olish tartibi



Yüklə 354,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/14
tarix13.10.2023
ölçüsü354,99 Kb.
#127532
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
PKM589uz

6-bob. Istiqbolli startap-loyihalarni ko‘rib chiqish va tanlab olish tartibi 
31. Direksiya startap-loyihalarni tanlab olish va moliyalashtirish jarayonini ushbu Nizomga 
3-ilovaga 
muvofiq sxema bo‘yicha tashkil etadi. 
32. Axborot texnologiyalari, shuningdek, ilg‘or axborot texnologiyalarini moliya 
texnologiyalari, elektron tijorat, elektron ta’lim, qishloq xo‘jaligi, biotexnologiya, oziq-ovqat sanoati, 
tibbiyot, logistika sohalariga joriy etish, raqamli texnologiyalarni ishlab chiqarishga integratsiya 
qilish va boshqalar Texnopark rezidentlari tomonidan startap-loyihalarni amalga oshirish doirasida 
ustuvor yo‘nalishlar hisoblanadi. 
33. Saralashda ishtirok etish uchun araza beruvchi — startap-loyiha tashabbuskori 
Direksiyaga (shaxsan o‘zi kelib, pochta aloqasi orqali, elektron pochta orqali yoki Direksiyaning 
rasmiy veb-sayti orqali) ushbu Nizomga 
4-ilovaga 
muvofiq hujjatlarni taqdim etadi. 
Ariza beruvchi taqdim qilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning ishonchliligi uchun javob 
beradi. 
34. Ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning zarur hujjatlar ro‘yxatiga 
muvofiqligini, shuningdek, ularning ushbu Nizomning 
45-bandida 
belgilangan mezonlarga 
muvofiqligini ko‘rib chiqish va o‘rganish maqsadida Texnoparkda inkubatsiya va akseleratsiya 


dasturlariga qabul qilish uchun istiqbolli startap-loyihalarni ko‘rib chiqish va baholash bo‘yicha 
Maslahat kengashi tashkil etiladi. 
Startap-loyihalar bo‘yicha qabul qilingan buyurtmanomalarni ko‘rib chiqish 20 ish kuni 
mobaynida amalga oshiriladi. Inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturiga qabul qilish bo‘yicha qaror 
Kengash tomonidan qabul qilinadi. 
35. Direksiya startap-loyihani inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturiga qabul qilish yoki rad 
etish to‘g‘risida uzil-kesil qarorga kelish maqsadida ariza beruvchini o‘z startap-loyihasi taqdimotini 
o‘tkazish uchun taklif qilish huquqiga ega. 
36. Kengash ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning 
4-ilovada 
ko‘rsatilgan 
zarur hujjatlarga muvofiqligini o‘rganib chiqadi va tahlil qiladi hamda ushbu Nizomning 
45-bandida 
ko‘rsatilgan mezonlarga muvofiqligi bo‘yicha tanlovni amalga oshiradi. 
37. Kengash o‘rganib chiqish natijalariga ko‘ra startap-loyihani inkubatsiya yoki 
akseleratsiya dasturiga qabul qilish yoki rad etish haqida kollegial qarorni qabul qiladi. 
38. Kengash qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi hamda Kengashning raisi va kotibi 
tomonidan imzolanadi. 
39. Startap-loyihani qabul qilish rad etilganda Direksiya Kengash qaroriga asosan rad etilish 
asoslari keltirilgan yozma xabarni ariza beruvchiga jo‘natadi. 
40. Startap-loyihani qabul qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda Direksiya bilan 
startap-loyiha tashabbuskori o‘rtasida Direksiya tomonidan belgilangan muddatlarda startap-
loyihaning inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturida ishtirok etishi bo‘yicha bitim tuziladi. 
41. Akseleratsiya dasturidan o‘tgan startap-loyihalarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va 
o‘rganish, keyinchalik moliyalashtirish hamda yuqori malakali mentorlarni tanlab olish maqsadida 
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligid a 
startap-loyihalarni ko‘rib chiqish, baholash va mentorlarni tanlash bo‘yicha Ekspert komissiyasi 
tuziladi. 
42. Direksiya akseleratsiya dasturlari yakuniga ko‘ra keyinchalik moliyalashtirish uchun 
mahsulotlar (xizmatlar) namoyishini (namoyish kunini) tashkil qiladi. Namoyish yakunlariga ko‘ra 
moliyalashtirish uchun ariza tayyorlanadi va Ekspert komissiyasiga yuboriladi. 
43. Ekspert komissiyasi namoyish o‘tkazilgandan keyin 7 ish kuni mobaynida loyihalarni 
ushbu Nizomning 
45-bandida 
ko‘rsatilgan mezonlarga muvofiq saralash uchun ko‘rib chiqadi. 
44. Kelgusida ishtirok etish va moliyalashtirish uchun tavsiya etilgan startap-loyihalar 
Ekspert komissiyasi qarori qabul qilingandan keyin 3 ish kuni mobaynida O‘zbekiston Respublikasi 
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri yoki uning Ekspert komissiyasi 
faoliyati uchun mas’ul o‘rinbosari imzosi bilan Jamg‘armaga moliyaviy mablag‘larni ajratish uchun 
xat bilan yuboriladi. 
Bunda Jamg‘arma, Direksiya va startap-loyiha tashabbuskori o‘rtasida 5 ish kuni mobaynida 
startap-loyihani moliyalashtirish va qo‘llab-quvvatlash shartlari to‘g‘risida shartnoma tuziladi.

Yüklə 354,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə