Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik


-bob. Startap-loyihalarning inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarida ishtirok etish tartiblari



Yüklə 354,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/14
tarix13.10.2023
ölçüsü354,99 Kb.
#127532
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
PKM589uz

8-bob. Startap-loyihalarning inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarida ishtirok etish tartiblari 
46. Startap-loyihaning inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarida ishtirok etishi tartibi va 
maqsadga muvofiqligi Direksiya tomonidan belgilanadi. 
47. Direksiya bilan startap-loyiha tashabbuskori o‘rtasida tuzilgan startap-loyihaning 
inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturida ishtirok etishi bo‘yicha bitimga muvofiq qabul qilingan 
majburiyatlar va ushbu Nizomda belgilangan talablar bajarilmaganda Direksiya Ekspert 
komissiyasining qarori asosida startap-loyiha tashabbuskorini chiqarib tashlash huquqiga ega. 
48. Alohida startap-loyiha uchun mentorlar startap-loyiha taqdim etilgan soha bo‘yicha ish 
tajribasiga va maslahat bera olish tajribasiga ega malakali mutaxassislardan tanlanadi. 
49. Mentorlar startap-loyiha tashabbuskori va mentorlar o‘rtasidagi shartnoma shartlariga 
asosan startap-loyihani amalga oshirishdan moliyaviy manfaatdor bo‘lishlari mumkin. 
9-bob. Istiqbolli startap-loyihalarni moliyalashtirish tartibi
Oldingi
 tahrirga qarang. 
50. Istiqbolli startap-loyihalarni moliyalashtirish Jamg‘arma mablag‘lari, Direksiyaning o‘z 
mablag‘lari hisobiga, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalarni jalb qilgan 
holda amalga oshiriladi. 
(50-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 -yil 30-oktabrdagi 672-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/672/1437-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
51. Startap-loyihalarni moliyalashtirish Jamg‘arma tomonidan pul mablag‘larini beg‘araz 
ajratish yo‘li bilan, shuningdek, ushbu Nizomning 
53-bandiga 
muvofiq Direksiya tomonidan hamda 
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalarni jalb qilgan holda amalga oshiriladi. 
(51-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 -yil 30-oktabrdagi 672-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/672/1437-son) 
52. Startap-loyihani amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratish Direksiya va startap-
loyiha tashabbuskori tomonidan imzolangan shartnomaga asosan ishlash uchun xonalar va uskunalar 
ajratish, yuqori tezlikdagi Internet bilan ta’minlash va boshqalar, konsalting xizmatlari ko‘rsatish 
yoki yuridik shaxs — startap-loyiha tashabbuskori hisob raqamiga maqsadli pul mablag‘larini 
o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
53. Startap-loyihani moliyalashtirish venchur moliyalashtirishni o‘z ichiga oladi, bunda 
Direksiya startap-loyiha muassislari tarkibiga kiradi. Direksiya hissasi, ulushlarni taqsimlash tartibi 
Jamg‘arma (Jamg‘arma tomonidan moliyalashtirish amalga oshirilgan hollarda), Direksiya va 
startap-loyiha tashabbuskori o‘rtasida startap-loyihani moliyalashtirish va qo‘llab-quvvatlash 
shartlari to‘g‘risidagi shartnomada belgilanadi.
(53-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 -yil 30-
oktabrdagi 672-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 
09/20/672/1437-son) 


Direksiya va startap-loyiha tashabbuskori o‘zaro hamkorlikning keyingi bosqichlarini, 
o‘zaro hisob-kitob shartlarini hamda Direksiyaning startap-loyiha tashabbuskori tomonidan ta’sis 
etilgan yuridik shaxsning muassislari tarkibidan chiqishi tartibini qonun hujjatlariga muvofiq 
mustaqil ravishda belgilaydilar.
54. Ekspert komissiyasining ijobiy xulosasi startap-loyihani moliyalashtirish uchun asos 
bo‘ladi. 

Yüklə 354,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə