Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik


O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV



Yüklə 354,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/14
tarix13.10.2023
ölçüsü354,99 Kb.
#127532
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
PKM589uz

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV 
Toshkent sh., 
2019-yil 15-iyul, 
589-son 
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-iyuldagi 589-son 
qaroriga
 
ILOVA 
Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini tashkil etish 
tartibi to‘g‘risida 
NIZOM 
1-bob. Umumiy qoidalar 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
1. Ushbu Nizom Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki 
faoliyatini tashkil etish, yuridik shaxslarni rezident sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish va maqomdan 
mahrum etish, rezidentlar uchun soliq va bojxona imtiyozlarini, ular bilan tuzilgan mehnat 
shartnomalari bo‘yicha xodimlar tomonidan soliq imtiyozlarining qo‘llanilishini, shuningdek, 
istiqbolli startap-loyihalarni tanlab olish va moliyalashtirish tartibini belgilaydi. 
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 672-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/672/1437-son) 
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalanilad i: 
biznes-reja — kompaniya, tovar, uni ishlab chiqarish, ko‘rsatiladigan xizmatlar, mahsulot
sotiladigan potensial bozorlar, marketing strategiyasi, operatsiyalarni amalga oshirishni tashkil etish 
va ularning samaradorligi ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan reja, 
kompaniyaning harakatlari, biznes-operatsiyalarni amalga oshirish dasturi; 
startap-loyiha — foyda olish noaniq va moliyaviy tavakkalchilik yuqori bo‘lgan sharoitlarda 
dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari sohasid a yangi mahsulot yaratishni yoki xizmatni 
joriy etishni ko‘zda tutuvchi loyiha; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (keyingi o‘rinlarda — 
Texnopark) — O‘zbekiston Respublikasi hududi doirasida eksterritoriallik prinsipi asosida axborot 
texnologiyalari mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirishning maksimal darajada qulay 
sharoitlarini yaratish uchun respublikaning butun hududida Texnopark rezidentlarini joylashtirgan 
holda ishlaydigan tashkilot; 
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 -yil 30-
oktabrdagi 672-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 
09/20/672/1437-son) 
Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari Texnologik parki direksiyasi (keyingi 
o‘rinlarda Direksiya deb ataladi) — Texnopark faoliyatini operativ boshqaruvchi mas’uliyati 
cheklangan jamiyat shaklidagi yuridik shaxs; 


Rezidentlarning yagona reyestri — ushbu Nizomga muvofiq Texnoparkda ro‘yxatdan 
o‘tkazilgan yuridik shaxslar ro‘yxati mavjud bo‘lgan ochiq va umumfoydalaniladigan axborot 
resursi; 
Texnoparkning rezidenti — belgilangan tartibda Texnoparkda ro‘yxatdan o‘tkazilgan va 
Rezidentlarning yagona reyestriga kiritilgan yuridik shaxs; 
ariza beruvchi — Texnopark rezidenti maqomini olishga talabgorlik qiluvchi yuridik shaxs; 
startap-loyiha tashabbuskori — startap-loyihani amalga oshirish bo‘yicha taklif taqdim 
etgan jismoniy yoki yuridik shaxs; 
mentor — startap-loyihani rivojlantirish va ilgari siljitish maqsadida uni o‘z bilimlari va 
tajribasi bilan qo‘llab-quvvatlaydigan maslahatchi; 
Maslahat kengashi (keyingi o‘rinlarda Kengash deb ataladi) — ushbu Nizomda belgilangan 
talablarga muvofiq inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturlariga qabul qilish uchun nomzodlarni 
tanlashni, shuningdek, mentorlarni saralashni ta’minlash maqsadida Direksiya huzurida tashkil 
etiladigan organ; 
akseleratsiya dasturi — mentorlar va bozor ekspertlari tashkiliy va maslahat bilan qo‘llab -
quvvatlagan holda test sinovidan o‘tkazish va biznes-modelini ishlab chiqish yo‘li bilan startap-
loyihalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’limiy-amaliy dastur; 
inkubatsiya dasturi — uning doirasida startap-loyiha g‘oyasi shakllantiriladigan va ishlab 
chiqiladigan ta’limiy-amaliy dastur; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
veb-portal — Texnopark rezidenti maqomini olish uchun yuridik shaxslardan hujjatlar qabul 
qilish, Direksiya va uning rezidentlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik qilish, shu jumladan, ulardan 
hisobotlar, xulosalar, biznes-rejalar va boshqalarni qabul qilish uchun mo‘ljallangan Direksiyaning 
Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytidagi bo‘limi. Veb-portalning ishlash tartibi 
Direksiya tomonidan belgilanadi;
Ekspert kengashi — Direksiya huzurida rezident maqomini olish uchun ariza bergan yuridik 
shaxslar va rezidentlarning biznes-rejalarini tahlil qilish maqsadida vazirliklar va idoralar, ilmiy 
muassasalar, oliy ta’lim muassasalari malakali mutaxassislari va boshqa mutaxassislardan tashkil 
etiladigan organ. Ekspert kengashining ish tartibi Direksiya tomonidan belgilanadi; 
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 -yil 30-oktabrdagi 672-sonli 
qaroriga 
asosan o‘n to‘rtinchi va o‘n beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari 
ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/672/1437-son) 
Istiqbolli startap-loyihalarni ko‘rib chiqish va baholash hamda mentorlarni tanlash bo‘yicha 
ekspert komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Ekspert komissiyasi deb ataladi) — akseleratsiya dasturidan 
muvaffaqiyatli o‘tgan startap-loyihalarni keyinchalik moliyalashtirish uchun ko‘rib chiqish va 
o‘rganishni tashkil etish, shuningdek, mentorlarni tanlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi 
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzurida tashkil etiladigan 
organ. 
3. Quyidagilar Texnoparkning asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi: 
axborot texnologiyalari sohasida raqobatbardoshli mahsulotlar va xizmatlar ishlab 
chiqilishini rivojlantirish va ishlab chiqarish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning ichki va 
tashqi bozorlarga kirib borishi, innovatsion ishlanmalarni rag‘batlantirish; 
Texnopark rezidentlariga faoliyatni amalga oshirish uchun zarur infratuzilma, shu jumladan, 
zamonaviy laboratoriyalarni berish, ularga moliyaviy, marketing, yuridik va boshqa konsalting 
xizmatlari, shuningdek, akseleratsiya dasturlari bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish; 
startap-loyihalarni amalga oshirishda, shu jumladan, venchur moliyalashtirish asosida 
qo‘llab-quvvatlash, axborot texnologiyalari sohasida boshlovchi va kichik korxonalarga innovatsion 
faoliyat natijalarida ko‘maklashish; 
shu jumladan, zamonaviy texnologiyalar va dasturiy mahsulotlar transferi hisobiga 
loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun mahalliy va xorijiy investorlarni jalb etishda 
rezidentlarga ko‘maklashish; 


yuqori texnologik mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqarish zanjirining uzluksizligini 
ta’minlash uchun ilmiy, ilmiy-tadqiqot, o‘quv va ishlab chiqarish tashkilotlari faoliyati o‘zaro 
integratsiyasiga ko‘maklashish; 
axborot texnologiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassislarning zamonaviy sinfini 
shakllantirish maqsadida aholi va yoshlar o‘qitilishini tashkil etish;
axborot texnologiyalari sohasida yetakchi kompaniyalar va mutaxassislarni jalb etgan holda 
mahorat darslari, treninglar va malaka oshirish kurslari, shuningdek, ilmiy-amaliy konferensiyalar 
o‘tkazish.

Yüklə 354,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə