Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik



Yüklə 354,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/14
tarix13.10.2023
ölçüsü354,99 Kb.
#127532
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
PKM589uz

(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 -yil 30-oktabrdagi 672-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/672/1437-son) 
17. Texnopark rezidenti: 
O‘zbekiston Respublikasi hududida tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportidan tushumlar 
doirasida dividendlarni chet el valyutasida naqdsiz shaklda xalqaro to‘lov kartalariga amalga oshirish; 
tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportidan tushumlar doirasida chet el mutaxassislariga ish 
haqini chet el valyutasida naqdsiz shaklda xorijda ochilgan xalqaro to‘lov kartalariga amalga oshirish;
eksport kontraktisiz butunjahon Internet axborot tarmog‘idagi onlayn do‘konlar orqali 
xorijiy valyutaga ishlar va xizmatlar eksportini amalga oshirish huquqiga ega. 
Texnopark rezidenti Direksiya bilan tuzilgan Texnopark rezidentining faoliyati shartlari 
to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
18. Texnopark rezidenti:
faqat ro‘yxatdagi faoliyat turlariga asoslangan biznes-rejada ko‘rsatib o‘tilgan faoliyat 
turlarini amalga oshirishi;
Direksiya bilan tuzilgan Texnopark rezidentining faoliyati shartlari to‘g‘risidagi 
shartnomaga amal qilishi;
o‘z faoliyati to‘g‘risida Direksiya tomonidan tasdiqlanadigan muddatlarda va shaklga ko‘ra 
axborot, jumladan, statistik va soliq hisoboti nusxalarini veb-portal orqali taqdim etishi;
har oyda hisobot davridan keyingi oyning 20-kunidan kechikmay Direksiyaning talab qilib 
olinadigan depozit hisobvarag‘iga jami daromadning bir foizi miqdorida ajratma o‘tkazishi;
har yili hisobot yilidan keyingi yilning 1-iyuligacha moliya-xo‘jalik faoliyati majburiy 
auditini o‘tkazishi va maxsus savolni tekshirish natijalari bo‘yicha auditor hisobotining hamda 
auditorlik xulosasining nusxasini veb-portal orqali Direksiyaga yuborishi, bunda maxsus savolni 
tekshirish natijalari bo‘yicha auditor hisobotida yuridik shaxsning haqiqatda amalga oshirgan 
faoliyati, ro‘yxatda belgilangan faoliyat turlariga muvofiqligi masalalari hamda moliyaviy yil 
davomida amalga oshirilgan faoliyat turlari va ularni amalga oshirish natijasida olingan umumiy 
tushumdagi ulush hisobga olinishi, auditorlik xulosasida esa, olingan tushum va yuridik shaxsning 
haqiqatda amalga oshirgan faoliyati ro‘yxatda belgilangan faoliyat turlariga muvofiqligi ko‘rsatilishi;
Texnopark rezidenti taqdim etilgan biznes-rejada ko‘rsatib o‘tilmagan yangi faoliyat 
turlarini Direksiya tomonidan yangi (qo‘shimcha) biznes-reja tasdiqlangandan keyin amalga 
oshirishi;
o‘quv kurslari tashkil etilgan taqdirda har yili Direksiyaga axborot texnologiyalari bo‘yicha 
o‘tkazilgan o‘quv kurslari haqida ma’lumot berishi hamda ushbu kurslar doirasida o‘quv dasturini 
kelishishi shart.
Texnopark rezidenti Direksiya bilan tuzilgan Texnopark rezidentining faoliyati shartlari 
to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 -yil 30-oktabrdagi 672-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/672/1437-son) 


Oldingi
 tahrirga qarang. 
19. Texnopark rezidenti maqomini berish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin 
Direksiya 3 ish kuni mobaynida: 
(19-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 -yil 30-
oktabrdagi 672-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 
09/20/672/1437-son) 
yuridik shaxsning nomi, faoliyati turi, pochta va elektron manzillari ko‘rsatilgan holda 
Rezidentlarning yagona reyestriga yuridik shaxs ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risida tegishli yozuvni 
kiritadi; 
yuridik shaxsga Texnopark rezidenti sifatida ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risida guvohnoma 
beradi; 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga va Davlat bojxona qo‘mitasiga, yuridik 
shaxsga xizmat ko‘rsatadigan tijorat bankiga yuridik shaxs Texnopark rezidenti sifatida ro‘yxatga 
olinganligi to‘g‘risida rasmiy bildirishnoma yuboradi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
20. Yuridik shaxs o‘zgartirish shaklida qayta tashkil etilganda Texnopark rezidenti maqomi 
davlat ro‘yxatiga olingan sanadan boshlab barcha huquqlar va oldin qabul qilingan majburiyatlar 
saqlangan holda o‘zgartirilgan yuridik shaxsga o‘tadi. Bunda davlat ro‘yxatiga olingandan so‘ng o‘n 
kun muddatda yuridik shaxs rezidentlarning yagona reyestriga va boshqa hujjatlarga o‘zgartirish 
kiritish uchun yozma ravishda Direksiyaga murojaat qiladi. Bunday tartib yuridik shaxsning nomi 
o‘zgarganda ham qo‘llaniladi. 
(20-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 -yil 30-
oktabrdagi 672-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 
09/20/672/1437-son) 
Yuridik shaxsning qayta tashkil etilishi yoki nomi o‘zgarishi to‘g‘risidagi xabarnomasi 
asosida Direksiya Rezidentlarning yagona reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi va O‘zbekiston 
Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga va Davlat bojxona qo‘mitasiga, yuridik shaxsga xizmat 
ko‘rsatuvchi tijorat bankiga yuridik shaxsning Texnopark rezidenti sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgani 
to‘g‘risida xabarnoma yuboradi. 

Yüklə 354,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə