Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik



Yüklə 354,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/14
tarix13.10.2023
ölçüsü354,99 Kb.
#127532
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
PKM589uz

qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/672/1437-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
12. Biznes-rejalarning ro‘yxatda belgilangan faoliyat turlariga muvofiqligi, loyihani amalga 
oshirish imkoniyatlari, axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirishda Texnopark rezidenti sifatida 
yuridik shaxs tomonidan joriy qilinishi taklif etilayotgan loyihaning innovatsion va ommabopligi 
bo‘yicha ekspertizadan o‘tkazish maqsadida topshirilgan ariza va hujjatlar 3 ish kuni mobaynida 
Direksiya tomonidan Ekspert kengashiga yuboriladi.
Ekspert kengashi biznes-reja taqdimotini o‘tkazish uchun ariza beruvchini taklif qilish yoki 
ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish huquqiga ega.
Ekspert kengashi biznes-reja ekspertizasini o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda 
o‘tkazadi.
Ekspert kengashi ekspertiza natijalariga ko‘ra taqdim etilgan biznes-rejaning ro‘yxatda 
belgilangan faoliyat turlariga muvofiqligi yoki nomuvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi. 
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 -yil 30-oktabrdagi 672-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/672/1437-son) 
13. Direksiya taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqib, ushbu Nizomning 
10-bandida 
ko‘rsatilgan hujjatlar qabul qilingan kundan boshlab 15 ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda ariza 
beruvchini Texnoparkning rezidenti sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish yoki ro‘yxatdan o‘tkazishni rad 
etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. 
14. Quyidagilar ariza beruvchini Texnopark rezidenti sifatida ro‘yxatga olishni rad etish 
uchun asos hisoblanadi: 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan nomuvofiqliklarning 
berilgan muddat ichida bartaraf etilmasligi;
Ekspert kengashi xulosasiga ko‘ra ariza beruvchi faoliyati ma’naviy eskirgan, istiqboli yo‘q 
yoki ahamiyati katta bo‘lmagan deb topilishi; 
(14-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
2020-yil 30-oktabrdagi 672-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-
y., 09/20/672/1437-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
amalga oshirilishi 
taklif etilgan biznes-rejaning 
ro‘yxatda ko‘rsatilgan faoliyat 
yo‘nalishlariga mos kelmasligi yoki uni joriy qilish belgilangan faoliyat yo‘nalishlari tashqarisiga 
chiqib ketishi;
yuridik shaxs yoki u bilan bog‘liq shaxslarning Texnopark oldida Texnopark rezidentining 
faoliyati shartlari to‘g‘risidagi oldingi shartnomalar bo‘yicha bajarilmagan majburiyatlarining 
mavjudligi; 
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20 20-yil 30-oktabrdagi 672-sonli 
qaroriga 
asosan to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy 
bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/672/1437-son) 


Rad etishning asosi Direksiyaning ariza beruvchini Texnopark rezidenti sifatida ro‘yxatga 
olishni rad etish to‘g‘risidagi qarorida ko‘rsatiladi, ariza beruvchiga ushbu qarordan ko‘chirma 
taqdim etiladi. 
15. Yuridik shaxsni Texnopark rezidenti sifatida ro‘yxatga olishni rad etish uchun asos 
bo‘lib xizmat qilgan sabablar ariza beruvchi tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, ariza va boshqa 
hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish ushbu Nizomning 
10 — 13-bandlariga 
muvofiq amalga oshiriladi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
16. Yuridik shaxsni Texnopark rezidenti sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul 
qilinishi yuridik shaxsning Texnopark rezidentining faoliyati shartlari to‘g‘risidagi shartnomaga 
roziligini anglatadi.
Shartnomaning shakli 
O‘zbekiston Respublikasi 
Axborot texnologiyalari 
va 
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tasdiqlanadi, Direksiyaning rasmiy veb-
saytida joylashtiriladi hamda ommaviy oferta shakliga muvofiq bo‘ladi. 

Yüklə 354,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə