Firma va kompaniyalarni qisqa muddatli likvid mablag`lari va muddati kelgan qarz majburiyatlarining tahlili



Yüklə 10,09 Kb.
səhifə1/4
tarix22.03.2024
ölçüsü10,09 Kb.
#180651
  1   2   3   4
Firma va kompaniyalarni qisqa muddatli likvid mablag`lari va muddati (2)

  • Firma va kompaniyalarni qisqa muddatli likvid mablag`lari va muddati kelgan qarz majburiyatlarining tahlili.

Reja:

  • 1. Firma va kompaniyalarni qisqa muddatli likvid mablag`lari .
  • 2. Muddati kelgan qarz majburiyatlarining tahlili.
  • 3. Amortizatsiya ajratmasi .
  • Ma’lumki, har qanday firma uchun iq tisodiy faoliya tni amalga oshirishda mablag‘ kerak bo‘ladi.
  • Odatda, firmaning mablag‘i firma egalarining pul mablag‘laridan tarkib topadi.
  • Firma mablag‘lari ishlatilishiga, nimalar sotib olinishiga qarab ikki turga bo‘linadi. Bino va inshootlar, asbob va uskunalar sotib olishga sarflangan mablag‘lar asosiy mablag‘lar (asosiy kapital) deb yuritiladi.
  • Asosiy mablag‘ — ishlab chiqarishda uzoq yil va ko‘p marta ishlatiladigan asosiy ishlab chiqarish vositalarini sotib olishga mo‘ljallangan mablag‘.
  • Masalan, fermerning traktor, kombayn sotib olish uchun yoki dala shiyponi qurish uchun ajratgan mablag‘lari asosiy mablag‘larga misol bo‘la oladi.
  • Xom ashyo, yoqilg‘i, energiya, har xil materiallar sotib olishga va ishchi kuchini yollashga sarflanadigan mablag‘lar aylanma mablag‘lar (aylanma kapital) deb yuritiladi.
  • Aylanma mablag‘ ishlab chiqarishda ishlatiladigan resurslar sotib olish uchun mo‘ljallangan mablag‘lardan iborat bo‘ladi. Firma aylanma mablag‘iga resurslar bozoridan xom ashyo, turli xil materiallar sotib oladi va ishchi kuchini yollaydi.
  • Bu bilan firmaning aylanma mablag‘i pul ko‘rinishidagi shakldan moddiy ko‘rinishdagi shaklga o‘tadi.
  • Bu resurslardan firmada tovarlar ishlab chiqariladi. Ular sotilgach, yana pul shaklidagi mablag‘ga aylanib, firmaga qaytib keladi. Shu tariqa firmaning aylanma mablag‘lari iqtisodiy faoliyat natijasida aylanib turadi.
  • Shu xususiyati bois, bu mablag‘lar aylanma mablag‘lar deb ataladi. Firmaning aylanma mablag‘lariga misol qilib fermerning urug‘, mineral o‘g‘itlar, yonilg‘i va moylovchi mahsulotlarni keltirish mumkin.
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə