Firma va kompaniyalarni qisqa muddatli likvid mablag`lari va muddati kelgan qarz majburiyatlarining tahlili



Yüklə 10,09 Kb.
səhifə3/4
tarix22.03.2024
ölçüsü10,09 Kb.
#180651
1   2   3   4
Firma va kompaniyalarni qisqa muddatli likvid mablag`lari va muddati (2)

1. Firmaning sof foydasi. Firma foydasining barcha soliq va to‘lovlar to‘langanidan so‘ng qolgan qismi firmaning sof foydasi deb ataladi. Firmaning sof foydasi, odatda, uning ta’sischilari o‘rtasida taqsimlanadi. Lekin firma ta’sischilari sof foydaning hammasini o‘zaro taqsimlamasdan, uning ma’lum qismini firmaning keyingi faoliyatini pul mablag‘lari bilan ta’minlashga sarflashi mumkin.
  • 2. Amortizatsiya jamg‘armasi. Bu jamg‘arma mablag‘lari faqat asosiy vositalar sotib olishga sarflanadi.
  • 3. Nizom jamg‘armasi. U firma faoliyatining boshlang‘ich davrida ishlatiladi.
  • Firmaning ichki mablag‘lari yetarli bo‘lmaganda, tashqi moliyaviy mablag‘larni topish kerak bo‘ladi. Tashqi manbalarga quyidagilar kiradi:
  • Firma egalarining firmaning ustav kapitalini ko‘paytirish uchun ajratgan qo‘shimcha mablag‘lari.
  • Bankdan yoki boshqa firmalardan olingan qarz mablag‘lari.
  • Firmaning qimmatli qog‘ozlar chiqarib sotishdan tushgan pul tushumlari.
  • Tashqi moliyaviy manbalar ichki manbalardan shunisi bilan farqlanadiki, ularni, albatta, qaytarish kerak bo‘ladi
  • Firmaning ma’lum davr ichida mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflagan xarajatlari umumiy xarajatlar deb yuritiladi va TC — inglizcha “total costs” (umumiy xarajat) so‘zlarining bosh harflari bilan belgilanadi. O‘z navbatida, umumiy xarajatlar doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlardan tashkil topadi. Ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq bo‘lmagan xarajatlarga doimiy xarajatlar (inglizcha — fixed costs) deyiladi va FC har flari bilan belgilanadi.
  • Doimiy xarajatlarga ijara haqi, qarz foizi, sug‘urta haqi, amortizatsiya ajratmasi, ma’muriy xarajatlar kabi xarajatlar kiradi. Bu turdagi xaraja tlarni, mahsulot ko‘p yoki kam miqdorda ishlab chiqarilishidan qat’i nazar, hatto mahsulot ishlab chiqarilmagan taqdirda ham firma qoplashi zarur bo‘ladi
  • O‘zgaruvchan xarajatlarga (inglizcha — variable costs) mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq bo‘lgan xarajatlar kiritiladi va VC harflari bilan belgilanadi. Bu turdagi xarajatlarga xom ashyo, ish haqi, yoqilg‘i, energiya manbalari, turli xil materiallarni sotib olish xarajatlari kiradi.
  • Qancha ko‘p mahsulot ishlab chiqarilsa, bu xarajatlar miqdori ham shuncha ko‘p bo‘ladi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlar yig‘indisi umumiy xarajatlardan iborat bo‘ladi.
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə