Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik


-bob. Texnopark direksiyasi faoliyatini tashkil etish



Yüklə 354,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/14
tarix13.10.2023
ölçüsü354,99 Kb.
#127532
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
PKM589uz

2-bob. Texnopark direksiyasi faoliyatini tashkil etish 
4. Direksiyaga “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar 
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 
39-moddasida 
belgilangan tartibda lavozimga 
tayinlanadigan direktor boshchilik qiladi.
Direktorning vakolatlari Direksiya ustavida belgilanadi. 
Direktor Direksiyaga yuklangan funksiyalar va vazifalar amalga oshirilishi uchun shaxsan 
javob beradi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining so‘rovi 
bo‘yicha Texnopark va Direksiya faoliyati to‘g‘risida hisobot taqdim qiladi.
Oldingi
 tahrirga qarang. 
5. Direksiya faoliyatini moliyalashtirish quyidagi manbalar hisobiga amalga oshiriladi:
Texnopark rezidentlarining Direksiyaga har oylik jami daromadning bir f oizi miqdorida 
o‘tkaziladigan ajratmalari;
xizmatlar ko‘rsatishdan, shuningdek, Direksiyaga biriktirilgan ko‘chmas mulkni ijaraga 
berishdan olinadigan daromadlar;
xalqaro moliya tashkilotlari va institutlarining grantlari va kreditlari;
startap-loyihalarni venchur moliyalashtirish natijasida olingan daromadlar;
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini 
rivojlantirish jamg‘armasining (keyingi 
o‘rinlarda — Jamg‘arma) va O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va 
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining tarkibiy bo‘linmalari mablag‘lari;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar. 
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 672-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/672/1437-son) 
6. Direksiya: 
Texnopark rezidenti maqomini olish uchun yuridik shaxslardan buyurtmanomalar qabul 
qilinishini tashkil etadi, shuningdek, Texnopark rezidentlarini Rezidentlarning yagona reyestriga 
kiritish va rezident maqomi berilganligi to‘g‘risida tegishli guvohnomani berish orqali rezidentlarni 
ro‘yxatga olish to‘g‘risida qaror qabul qiladi; 
ushbu Nizomga muvofiq yuridik shaxslar va startap-loyihalar tashabbuskorlari tomonidan 
taqdim etilgan biznes-rejalar, shu jumladan, ekspertlarni (ilmiy va boshqa tashkilotlar, olimlar va 
mutaxassislarni) jalb qilish orqali ekspertizadan o‘tkazilishini tashkil etadi;
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ekspert kengashining nizomi va tarkibini tasdiqlaydi; 
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 -yil 30-oktabrdagi 672-sonli 
qaroriga 
asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 
31.10.2020-y., 09/20/672/1437-son) 
uskunalar, laboratoriya, eksperimental-ishlab chiqarish maydonlari, ofislar, o‘quv xonalari, 
konferens-zallar, auditoriyalar va boshqa xonalarni shartnoma asosida Texnopark rezidentlari va 
boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarga ijaraga va subijaraga beradi; 
axborot texnologiyalari (dasturlash, sun’iy intellekt, elektron tijorat va boshqalar) sohasida 
kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etishga ko‘maklashadi; 
Texnopark va uning rezidentlari faoliyati ommaviy axborot vositalarida yoritilishini tashkil 
etadi; 
o‘z vakolatlari doirasida axborot va tahliliy materiallarni tayyorlaydi va nashr qiladi


o‘z faoliyatini boshlayotgan yuridik shaxslarga investorlar va kreditorlar bilan shartnomalar 
tuzish jarayonida moliyaviy, yuridik yoki boshqa maslahat yordami beradi;
Texnopark rezidentlariga ularning startap-loyihalari uchun investitsiyalarni jalb qilishda 
ko‘maklashadi; 
Texnopark rezidentlarining mahsulotlari va xizmatlari ichki va tashqi bozorlarga kirib 
borishini tashkil qiladi;
Texnopark rezidentlari va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ishlab 
chiqariladigan axborot texnologiyalari mahsulotlarining xalqaro yarmarka va ko‘rgazmalarini tashkil 
etadi va o‘tkazadi, shuningdek, Texnopark rezidentlarining xalqaro seminarlar, konferensiyalarda va 
respublikada hamda xalqaro ko‘lamda o‘tkaziladigan boshqa tadbirlarda ishtirok etishini tashkil 
etishga ko‘maklashadi;
yuridik shaxslarni Texnopark rezidenti maqomidan mahrum qilish bo‘yicha qaror qabul 
qiladi; 
Direksiya ustaviga, ushbu Nizomga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq 
boshqa funksiyalarni bajaradi. 
Direksiya o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish doirasida qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda muassis bo‘lishga yoki boshqa yuridik shaxslarning ustav fondida (ustav kapitalida) 
boshqacha tarzda ishtirok etishga, vakolatxonalar va filiallar tashkil etishga haqlidir. 

Yüklə 354,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə