Reja: Savdogarbank faoliyatining tashkiliy va iqtisodiy tavsifi savdogarbankda marketing faoliyatini tashkil etish va boshqarish Savdogarbankda xizmat ko’rsatish



Yüklə 1,15 Mb.
səhifə1/12
tarix30.05.2023
ölçüsü1,15 Mb.
#114390
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
bank2.1


Reja:
1. Savdogarbank faoliyatining tashkiliy va iqtisodiy tavsifi …………...………5
2. Savdogarbankda marketing faoliyatini tashkil etish va boshqarish…………………………………..…………………………………..….9
3. Savdogarbankda xizmat ko’rsatish siyosati ………………………..……....11
4 Savdogarbankda narx siyosati…………………………….…………….…...16
5. Savdogarbankda sotuv siyosati………………………………………….…..18
6. Savdogarbankda kommunikatsiya siyosati. ……………………..…..…....25

1. Savdogarbank faoliyatining tashkiliy va iqtisodiy tavsifi
Moliyaviy institut sifatida bank faoliyati likvidlilik holatini saqlab, risklarni kamaytirib qo‘yilma egalari va aksionerlarning huquqlarini saqlagan holda yuqori daromad olishga bog‘liq. Har bir davlat o‘z hududidagi banklar barqarorligiga alohida e’tibor qaratadi. O‘zbekiston Respublikasi bank tizimining zamonaviy rivojlanish bosqichida bank marketingi va menejmentining samarali boshqaruv usullaridan foydalanish masalasi o‘zgacha ma’no kasb etadi.
Bu borada Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomada quyidagilarga alohida to‘xtalib o‘tdilar “Bank sohasidagi islohotlarning asosiy maqsadi – tijorat banklarini mijoz uchun ishlashga o‘rgatishdan iborat.
Soha uchun zamonaviy kadrlar tayyorlash maqsadida Bank-moliya akademiyasi xorijiy mutaxassislar bilan birgalikda to‘liq qayta tashkil yetiladi. Shuningdek, davlat banklarida zamonaviy bank amaliyoti, menejmenti va xizmatlarini joriy yetish uchun rahbarlik lavozimlariga xorijiy yetakchi moliya institutlarining malakali mutaxassislarini jalb yetish boshlandi va bu jarayon izchil davom yetadi.
1
1-Rasm. Savdogarbank plastik kartasi.

Banklarda axborot texnologiyalarini keng tatbiq yetish orqali ularning dasturiy taʼminotini tubdan yangilash lozim. Shu yil 1 iyulga qadar “kredit tarixi” axborot tizimini to‘liq ishga tushirish zarur.


Aholida bank tizimiga nisbatan ishonchni shakllantirish va banklar faoliyatiga chetdan aralashishga chek qo‘yish kerak ” deb taʼkidlab o‘tganlar.
Respublikamizda bugungi kunda davlat va jamiyat qurilishi tizimini tubdan takomillashtirishga doir beshta yo‘nalishni o‘z ichiga olgan «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmoni2 qabul qilinishi, ushbu muhim hujjat ijro mexanizmini namunali tarzda yo‘lga qo‘yish, uni amalga oshirishda samaradorlikni ta’minlash yuzasidan tegishli vazirlik va tuzilmalar keng ko‘lamli sa’y-harakatlar olib borishni talab etmoqda.
2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida xizmat ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda xizmatlarning o‘rni va ulushini oshirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar tarkibini, eng avvalo, ularning zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga tubdan o‘zgartirish ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan.3 Uni izchil amalga oshirish natijasida aholi va tadbirkorlik sub’yektlarining axborot-kommunikasiya xizmatlariga bo‘lgan talabi maqsadli qondiriladi. Bank aksiyadorlarida yangi xorijiy investor paydo bo'ldi. Astrata AG (Shveytsariya) bank aksiyalarining 25 foizini sotib oldi va ustav kapitali 42 milliard dollarga teng. so'm.
Bankning Shayxontoxur filiali: Toshkentning Shayxontoxur tumanida ochildi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 13 yanvardagi 12 -sonli qaroriga muvofiq, samarali moliyaviy tizim yaratish, boshqaruv xarajatlarini kamaytirish va tijorat banklari faoliyatini kengaytirish maqsadida "Mevasabzavotbank birlashishi". Savdogarbank qo'shildi va ustav kapitali 1500 mln. Miqdori etkazib berildi. Mazkur Farmonga muvofiq, "Savdogarbank" quyidagi majburiyatlarni oladi: qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, shuningdek, xalq iste'moli tovarlari ishlab chiqarish bilan shug'ullanuvchi kichik va o'rta biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini kreditlash imkoniyatlarini kengaytirish;


Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə