Mavzu: moliyaviy tizim manzara



Yüklə 84,87 Kb.
səhifə1/9
tarix29.11.2023
ölçüsü84,87 Kb.
#141549
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
кейс



2.2. Keyslar

MAVZU: MOLIYAVIY TIZIM

1. MANZARA


1. Ushbu saytda www.federalreserve.gov va www.cbu.uz saytlarida juda ko’p moliyaviy vositachilar (tijorat banklari, sug’urta kompaniyalari, pensiya fondlari va boshqalar) tog’risida ma'lumotlar berilgan. Ushbu manbalardan moliyaviy vositachilarni moliyaviy hisobotlarini olib tahlili qiling va quyidagi savollarga javob bering:

  1. tijorat banklarida kreditlar aktivlarni o’rtacha foiz stavkasini aniqlang va

solishtiring? Farqni tushuntiring. Ipoteka krediti foizi anqilashga harakat qiling?

  1. Kredit uyushmalarining ipoteka va iste'mol kreditlarini bozoridagi

ulushuni tahlil qiling. Tijorat banklari bilan raqobatini hozirgi kunda qanday ekanligi yuzasidan xulosa chiqaring.
2. Dunyodagi eng katta moliyaviy bozor - Nyu-York fond birjasi. www.nyse.com ga murojaat qiling va quyidagi savollarga javob bering: a) NYSEning vazifasi nima?

  1. lompaniya NYSE listingiga o'z aksiyalarni joylashtirish uchun foiz to'laydilar. Agar kompaniya 10 million AQSH dollarlik oddiy aksiyalar sotish taklif bilan chiqsa qancha miqdorda % to'lash lozim?

  2. Ko’z oldingizga NYU, TOKIO, SHANHAY, FRANKFURT, LONDON, MUMBAY fond birjalari va ushbu shaharlarni keltiring va TOSHKENT fond birjasi hamda TOSHKENT shahri bilan solishtiring. Moliyaviy hisobotlarni ushbu fond birjalarini rasmiy saytlaridan olib tahlil qiling. Misol uchun siz NYU fond birjasidagi bir yillik mablag’ aylanmasini AQSH YaIMdagi ulushini aniqlang va xulosa chiqaring. Fond birjasi va mamlakat iqtisodiyotida bog’liqlik bordir. Nima deysiz? Javobingizni asoslang.

MAVZU: MOLIYAVIY SIYOSAT 2. HUKUMAT


Kanada kompaniyasi “Lion” Bolgariyada oziq-ovqat ishlab chiqaradigan filial ochmoqchi. Oziq-ovqat uchun barcha tarkibiy qismi Bolgariyada yetishtiriladi va ishlab chiqariladi. Tayyor mahsulot Bolgariya yoki boshqa Sharqiy Yevropa davlatlarida sotilishi ko’zlangan. “Lion” Bolgariyadagi ushbu loyihadan yaxshi foyda olishi mumkin, lekin ushbu hududda uning raqobatchilari mavjud. “Lion”ning bosh ofisidan uchta eng yuqori darajali menejeri Bolgariyadagi riskni o’rganish vazifasi yuklatilib, u yerga yuborildi. Mutahassis sifatida menejerlarga bu loyiha yuzasidan ushbu hududda barcha raqobatchilik qilish mumkin bo’lganlarni ro’yhatini tuzish so’raldi. Bundan ko’zlangan maqsad bu mamlakat riski hisoblanib, tahlil qilingandan so’nggina bu loyihani boshlash edi. “Lion” bu loyihaga bor e’tiborini qaratgunga qadar, bu mamlakat riski tahlili amalga oshirilmagan edi. Sizdan ushbu savollarga javob topishingiz so’raladi:

  1. “Lion” kompaniyasini o’z filialini ochishiga Bolgariya hukumati bilan

bog’liq qanday omillar mavjud deb o’ylaysiz?

  1. “Lion” kompaniyasi filiali tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlarga hukumatga bog’liq qanday faktorlar o’z ta’sirini ko’rsatadi ?

  2. mahsulot narxiga ta’sir o’tkazadigan hukumatga bog’liq faktorlar nimalar

deb o’ylaysiz?

Yüklə 84,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə