Mavzu: moliyaviy tizim manzara


MAVZU: PULNING DAVRIY QUYMATI VA PUL OQIMLARINING DISKONT TAHLILI 3. BILIMNING BAHOSI



Yüklə 84,87 Kb.
səhifə2/9
tarix29.11.2023
ölçüsü84,87 Kb.
#141549
1   2   3   4   5   6   7   8   9
кейс

MAVZU: PULNING DAVRIY QUYMATI VA PUL OQIMLARINING DISKONT TAHLILI 3. BILIMNING BAHOSI


Nozimjon 2018-yil iyunda universitetni bitirganidan so‘ng o‘z mehnat faoliyatini “NNN” kompaniyasining Zarafshondagi kichik bir filialida boshladi. Kompaniya 1998-yil Olimjon va Asadbek tomonidan tashkil etilgan. Nozimjon universitetni a’lo baholarga tugatgan bo’lib, unda ishga kirish uchun bir nechta variant bor edi. Jumladan “ABC”dan ish taklifi olgan bo‘lsa ham, “NNN”ga qiziqib qoldi. Ijrochi direktor Olimjon va marketing bo‘yicha vitse-prezident Asadbek unga u biznes bo’yicha yetarlicha tajribaga va bilimga bo‘lishi bilan yetakchilik roli berilishi mumkinligini aytishdi.
Asoschilar Nozimjonga yaxshi oylik ish haqi olishi bilan birgalikda kompaniyaning moliyaviy holatiga ko‘ra bonuslar taqdim etilishini bildirdilar. Bonus iqtisodiy qo‘shilgan qiymatga (EVA (Economic Value Added)) asosan belgilanadi. Boshlanishiga, u har yili firmaning EVAsining 1 foizi miqdorida bonus oladi, uning yarmi aksiyada, qolgan yarmi esa naqd pulda berib boriladi.
Agar hisbot yili yakuniga ko’ra EVA manfiy bo‘lsa, u holda bonuslar belgilanmaydi.
2019-yil biznes uchun moliyaviy jihatdan muvaffaqiyatli kechdi. Ammo 2020-yilda pandemiya sababli kompaniyaning savdolari $5,7 milliondan $5,4 millionga, ya’ni 5,3 foizga tushib ketdi. Pasayish boshqa moliyaviy muammolarga ham sabab bo‘ldi: kompaniyaning aksiyalari narxi 50 foizga tushib, 2019-yil oxirida $36 dan 2020-yil oxirida $18 ga baholandi. “NNN”ning moliyaviy ma’lumotlari ikki yil uchun quyidagi jadvallarda ko‘rsatilgan bo‘lib, barcha raqamlar har bir aksiya ma’lumotidan tashqari ming AQSH dollarda ifodalangan.

  1. “NNN”ning moliyaviy tahlilini tayyorlang. Ma’lumotlarni ikki yil bo‘yicha taqqoslang. Shuningdek, kompaniya bosh moliyaviy direktori kompaniyaning barcha moliyalashtirish operatsiyalari uchun kapital bahosini 10,5 foiz deb belgiladi.

  2. tahlilingizdan qanday xulosaga keldingiz?

  3. 2019- va 2020-yillarda Nozimjonning bonuslari qanday bo‘ladi, aksiya va

naqd pul hisobida? Nozimjon qancha aksiya oladi?

  1. moliyaviy menejment va moliyaviy risklarni boshqarish uchun qanday takliflar kiritgan bo‘lar edingiz?

1-jadval

Yüklə 84,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə