8-variant Talab



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə1/8
tarix18.09.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#122287
  1   2   3   4   5   6   7   8
8-varinat Sharipov Sherzod SSI 92-21


8-variant

Talaba Sharipov Sherzod
Guruh SSI 92-21
1-TOPSHIRIQ

1. Erkin iqtisodiy hududlarning iqtisodiy mohiyati?


Erkin iqtisodiy zonalar taʼrifi
Iqtisodiy adabiyotda birinchi marta erkin iqtisodiy zonaga 1973 yil 18 mayda Kioto konventsiyasida rasmiy taʼrif berilgan. Unda aytilishicha, bir mamlakat hududida tashkil qilingan EIZga kiritilgan mahsulot mamlakat bojxona hududidan tashqarida hisoblanib, odatdagi bojxona tekshiruvidan oʼtkazilmaydi. Yuqoridagilardan koʼrinib turibdiki, mamlakat hududining alohida qismidagi iqtisodiy erkinlik butunlay emas, balki qiyosiy hisoblanadi.
Ushbu hudud erkinligi unga kiritilgan mahsulot bojxona tulovlari, importga nisbatan iqtisodiy siyosat choralaridan ozod qilinishi bilan belgilanadi va EIZga tashqaridan keltirilgan mahsulotlar deklaratsiya qilinmaydi. Biroq, shu bilan birga, qonunlar mahsulot egalari va investorlarni iqtisodiy tartiblardan ozod qilmay, uni yengillashtiradi.
O’zbekiston iqtisodchilaridan S.Mirzalieva «Erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirishning xorij tajribasi» mavzusidagi ilmiy ishida EIHga quyidagicha ta’rif bergan: «erkin iqtisodiy zona – mamlakat (yoki mamlakatlar) hududdining muayyan ijtimoiy, iqtisodiy, texnologik vazifalarni hal etish maqsadida barpo etiladigan, maxsus ma’muriy boshqaruvga va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning imtiyozli rejimiga ega bo’lgan qismidir».
EIHga eng umumiy tavsif qilib shuni aytish mumkin, u shunday hududki, bu yerdagi rag’batlantirishlar, imtiyozlar (soliq, bojxona, ma’muriy), litsenziyalash, vizalarni rasmiylashtirish, bank faoliyatlari, mulkchilik munosabatlariga oid yengilliklar bu mamlakatning boshqa hududlarida amal qilmaydi. Boshqacha qilib aytganda, u anklav, ya’ni bu bir mamlakat hududining yoki qismining har taraflama boshqa mamlakat yoki shu mamlakatning boshqa hududlari bilan o’ralishidir. Bu hududda iqtisodiyotga davlatning aralashuvi ma’lum bir darajada chegaralanadi. Bu hududda mamlakatning boshqa xududlarida amal qilinmaydigan ma’lum imtiyozlar beriladi.
O'zbekistonda birinchi EIZ 2008 yilda tashkil etilgan, bugungi kunda ularning soni mamlakatning 13 mintaqasida 21 tani tashkil etmoqda kichik sanoat zonalari 149 tani tashkil qilmoqda.
Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatining 2020 yil 1 oktyabr holatiga yakunlari bo’yicha 30615 ta ish joylari 158 ta investitsiya loyihalari tashkil qilindi.


2. Erkin iqtisodiy hududlarning rivojlanish bosqichlari (Evolyutsiyasi)?

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə