8-variant Talab



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə3/8
tarix18.09.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#122287
1   2   3   4   5   6   7   8
8-varinat Sharipov Sherzod SSI 92-21

Beshinchidan, rivojlanayotgan mamlakatlar uchun malakali kadrlar tayyorlash va o’qitishni nazarda tutadi.
Oltinchidan, maxsus iqtisodiy hududlarni tashkil etish biror hudud yoki sohaning iqtisodiy rivojlanishini rag’batlantirishni ko’zda tutadi. Misol uchun AQSh va Buyuk Britaniyada maxsus iqtisodiy hududlar 20 asrning 80-yillarida iqtisodiy turg’unlik holatidagi hududlarda kichik va o’rta biznesni rivojlantirish uchun tashkil etilgan. Ushbu hududlarda ishbilarmonlarga mamlakatning boshqa hududlariga nisbatan moliya-viy imtiyozlar va xo’jalik faoliyati erkinligi beriladi. Ushbu dasturlar xorijiy kapitalni jalb etishni rag’batlantirish uchun maxsus yo’naltirilgan. Shu maqsadda qoloq hududlarni rivojlangan hududlarga aylantirishda asosiy e’tibor xorijiy kapitalni jalb etishga qaratiladi.
Yettinchidan, ayrim mamlakatlarda erkin iqtisodiy hudud iqtisodiyotni modernizatsiya qilishning mintaqaviy usuli sifatida qaraladi.

3 . Investitsiya jarayoni deganda nimani tushunasiz?

Investitsiya faoliyati investitsiyalash va investitsiyalarni, mulkni ko‘paytirishning asosi hisoblanadi, chunki aynan ana shu faoliyatda investitsiya bir ko‘rinishdan ikkinchi ko‘rinishga o‘tadi, ya‘ni jamg‘armalar (resurslar), qo‘yilmalar (xarajatlar), kapital mulk (tayyor mahsulot), iqtisodiy yoki ijtimoiy samara (daromad, foyda) va kapitalni o‘stirish (jamg‘arma) shaklini oladi.


Investitsiya jarayoni bilan investitsiya faoliyatining farqi shundaki, investitsiya jarayoni maqsadli, maqsadli harakatni namoyon etmaydi, balki, umumiy hatti-harakatlarni ifoda etadi va mujassamlashtiradi. Investitsiya faoliyati aniq maqsadga asoslangan bo‘lib, maqsadlarning turlariga qarab, turlicha yo‘nalish, xususiyat, natija va samaraga ega bo‘ladi. Investitsiya faoliyati biznes- g‘oyalarni yaratish, ishlab chiqish, ular asosida investitsiya loyihalarini asoslash, investitsiya loyihalarini amalga oshirishning moddiy-texnik, moliyaviy va boshqa asoslarini aniqlash va ta‘minlash va shuning asosida investor xarajatlari qoplanishi, mulkning yanada ko‘payshiga erishish hamda bu jarayonda ma‘lum subyektlar ishtirokini ta‘minlash harakatlari va imkoniyatlarini aks ettiradi.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə