8-variant Talab


Erkin iqtisodiy zonalarning kelib chiqishi



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə2/8
tarix18.09.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#122287
1   2   3   4   5   6   7   8
8-varinat Sharipov Sherzod SSI 92-21

Erkin iqtisodiy zonalarning kelib chiqishi
Dunyodagi birinchi erkin iqtisodiy zona 1547 yilda Livorno va Italiya shaxrida tashkil etilgan erkin savdo zonasidir.
Shunday kilib, EIZ rivojlanishining birinchi boskichida savdo-ombor va tranzit zonalari bulgan. Bu EIZning dastlabki turi bulib, u korxonalarga bojxona tulovlari, boshka yigimlar va boshkaruv tusiklaridan xoli sharoitda saklash, qadoklash, belgilash, kayta ishlash va tovarlarni yuklash imkoniyatini bergan. Xozirgi kunda dunyoda 200 dan ortik tranzit, tovarlarni saklash va savdo uchun erkin portlar mavjud.
Erkin iqtisodiy zonalarning kelib chiqishi
Birinchi eksport ishlab chiqarishga yunaltirilgan EIZ 1959 yilda Irlandiyada Shennon xalkaro aeroporti yakinida yaratilgan.
Keyinchalik solik va bojxona imtiyozlari xududga eksportga yunaltirilgan korxonalarni jalb kilishga, ulardagi ishlab chikarishning texnologik darajasini oshirishga imkon berdi. Bu esa uz navbatida mamlakat iktisodiyotini yuksaltirdi.
Shundan boshlab, eksport ishlab chikarish zonalari rivojlanayotgan mamlakatlarda kuplab yaratila boshlandi. Аyrim maʼlumotlarga kura, 40dan ortik mamlakatda 145tadan kup eksport ishlab chikarish zonalari faoliyat olib bormokda. Dunyodagi bunday zonalardagi faoliyatning 75%ga yaqinini kiyim-kechak va elektronika ishlab chikaruvchi firmalarga tug’ri keladi.
Erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish maqsadlari, ob’ektiv zarurligi va tasniflanishi
Jahon amaliyotidan ma’lumki, EIZ turli maqsadlarga erishish uchun tashkil etiladi
Birinchidan, EIZ tashkil etishdan maqsad milliy iqtisodiyotning xalqaro mehnat taqsimoti jarayoniga chuqur integratsiyalashuvini ta’minlash hisoblanadi. Raqobatbardosh eksport mahsulotlarini ishlab chiqarish orqali valyuta tushumlarini ko’paytirishga erishiladi. Agar mamlakat qandaydir sabablarga ko’ra xorijiy tadbirkorlik kapitali uchun iqtisodiyotning erkinlashuvini ta’minlay olmasa, unda erkin iqtisodiy zona tashkil etish orqali xorijiy investorlarga qulay investitsiya muhitini yaratishi mumkin.
Ikkinchidan, EIZ birinchi navbatda import o’rnini qoplovchi mahsulot ishlab chiqarish, ichki bozorni yuqori sifatli mahsulotlar bilan to’ldirish uchun tashkil etiladi. Ushbu maqsadlarga erishish uchun hududda xorijiy kapital yordamida import o’rnini qoplovchi ishlab chiqarish barpo etiladi.
Uchinchidan, EIZni maxsus tashkil etishda xalqaro mehnat taqsimotiga tovar ishlab chiqarish tarmoqlari bilan birgalikda turizm, madaniyat va sanatoriya-kurort sohalarining integratsiyalashuvi ham ko’zda tutiladi.
To’rtinchidan, EIZ ishlab chiqarishga xorijiy texnologiyalar va milliy ilmiy-texnik yangiliklarini tatbiq etish orqali butun milliy iqtisodiyotda undan foydalanishni nazarda tutadi.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə