Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik


-bob. Texnopark rezidentlari uchun soliq va bojxona imtiyozlarini qo‘llash tartibi



Yüklə 354,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/14
tarix13.10.2023
ölçüsü354,99 Kb.
#127532
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
PKM589uz

5-bob. Texnopark rezidentlari uchun soliq va bojxona imtiyozlarini qo‘llash tartibi 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
25. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Dasturiy mahsulotlar va axborot 
texnologiyalari texnologik parkini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 10-yanvardagi 
17-son 
qaroriga
muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada axborot 
texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari 
to‘g‘risida” 2017-yil 30-iyundagi PF-5099-son 
Farmoni
bilan berilgan imtiyozlarning amal qilishi 
Texnopark rezidentlariga va ularning xodimlariga tatbiq etiladi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 -yil 30-oktabrdagi 672-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/672/1437-son) 
26. Ushbu Nizomning 
25-bandida 
nazarda tutilgan imtiyozlar: 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
soliqlar va majburiy ajratmalar bo‘yicha — yuridik shaxs Rezidentlarning yagona reyestriga 
kiritilgan oydan keyingi oyning 1-kunidan; 
(26-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-
oktabrdagi 672-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 
09/20/672/1437-son) 
bojxona to‘lovlari bo‘yicha — bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar qo‘llagan holda 
O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan (import qilinadigan) tovarlar ro‘yxatining 
kompleks ekspertizasi yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi 
huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar 
korxonasining ijobiy xulosasi olingan kundan boshlab qo‘llaniladi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
27. Texnopark rezidenti O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 297-moddasi 
uchinchi 
qismida 
nazarda tutilgan faoliyatlardan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni umumiy tartibda 
to‘lash sharti bilan daromad olish huquqiga ega, shu bilan birga ro‘yxatga muvofiq faoliyat turini 
amalga oshirganda, ushbu moddaning uchinchi qismidagi 
1

9

16 
va 
18-bandlari 
bo‘yicha barcha 
soliqlarni to‘lashdan ozod qilinadi. 


(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 -yil 30-oktabrdagi 672-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/672/1437-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
28. Texnopark rezidentlari ushbu Nizomning 
18-bandida 
nazarda tutilgan majburiyatlarni 
bajarmaganda Texnopark rezidenti maqomidan mahrum etiladi va Direksiyaning xabarnomasiga 
binoan davlat soliq xizmati organlari ushbu Nizomning 
25-bandida 
ko‘rsatilgan imtiyozlarning ularga 
qo‘llanilishini bekor qilish va belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga to‘lash 
bo‘yicha majburiyatlarni tiklash choralarini ko‘radi. 
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 -yil 30-oktabrdagi 672-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/672/1437-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
29. Yuridik shaxs Texnoparkning rezidenti maqomidan mahrum etilganda, quyidagi 
imtiyozlardan:
(29-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 -yil 30-
oktabrdagi 672-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 
09/20/672/1437-son) 
soliqlar va majburiy ajratmalar bo‘yicha — Texnopark rezidenti maqomi bekor qilingan 
oydan keyingi oyning 1-kunidan; 
bojxona to‘lovlari bo‘yicha — rezident maqomi bekor qilingan kundan boshlab 
foydalanmaydi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Yuridik shaxsning Texnopark rezidenti maqomidan o‘z xohishi bilan voz kechishi sanasi 
yuridik shaxsning arizasi Direksiyaga kelib tushgan sana hisoblanadi. 
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 -yil 30-oktabrdagi 672-sonli 
qaroriga 
asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 
31.10.2020-y., 09/20/672/1437-son) 
30. Texnopark rezidenti tomonidan bojxona to‘lovlaridan ozod qilingan tovarlardan erkin 
muomalaga chiqarilgan sanadan boshlab uch yil mobaynida o‘z ehtiyojlaridan tashqari 
foydalanganligi holatlari aniqlanganda, davlat soliq xizmati organlari ushbu rezident — soliq 
to‘lovchining moliya-xo‘jalik faoliyati tekshiruvini o‘tkazish chog‘ida aniqlangan holatlar to‘g‘risida 
tegishli hujjatlar tuzadi va ularni 3 ish kuni mobaynida davlat bojxona xizmatining hududiy 
organlariga yuboradi. 
O‘z ehtiyojlaridan tashqari foydalanilgan olib kirilgan tovarlar ulushiga to‘g‘ri keladigan 
bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar summasi belgilangan tartibda penya hisoblangan holda 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga undirilishi zarur. 

Yüklə 354,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə