O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI
VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
DASTURIY MAHSULOTLAR VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI TEXNOLOGIK
PARKI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Dasturiy mahsulotlar va axborot
texnologiyalari texnologik parkini tashkil etish chora-tadbirlari to„g„risida” 2019-yil 10-yanvardagi
17-son
qaroriga
muvofiq, shuningdek, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik
parki faoliyatini
samarali tashkil etish, yuridik shaxslarni uning rezidentlari sifatida ro„yxatdan
o„tkazish, soliq va bojxona imtiyozlarini qo„llash tartibini belgilash, “startap-loyihalarni” har
tomonlama, shu jumladan, venchur moliyalashtirish asosida qo„llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar
Mahkamasi qaror qiladi:
1. Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini tashkil etish
tartibi to„g„risidagi
nizom
ilovaga
muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi
tahrirga qarang.
2. Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasiga (keyingi
o„rinlarda — Direksiya):
yuklangan vazifalarni amalga oshirish doirasida malakali mutaxassislarni, shu jumladan,
chet ellik mutaxassislarni maslahatchi sifatida shartnoma asosida tender (tanlov) savdolari
o„tkazmasdan jalb qilishga,
istisno tariqasida, ruxsat berilsin;
shtatlar jadvalini mustaqil ravishda ishlab chiqish va tasdiqlash, Direksiya xodimlari
mehnatiga haq to„lash va ularni moddiy rag„batlantirish shartlarini bajariladigan ishlarning
murakkablik
darajasi, sifati va hajmiga nisbatan tabaqalashtirilgan tarzda belgilash huquqi berilsin.
(2-band O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 -yil 30-oktabrdagi 672-sonli
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020 -y., 09/20/672/1437-son)
3.
O„zbekiston
Respublikasi
Axborot
texnologiyalari
va
kommunikatsiyalarini
rivojlantirish vazirligining Toshkent shahar, Mirzo Ulug„bek tumani, Tepamasjid ko„chasi, 4-uy
manzilida joylashgan O„zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini
rivojlantirish vazirligi tasarrufidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari yo„nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o„qitishga ixtisoslashtirilgan maktabning
bino va inshootlarini davlat ulushini ko„paytirish hisobiga baholovchi
tashkilot tomonidan
aniqlangan qiymat bo„yicha Direksiyaning ustav fondiga berish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-iyundagi 478-f-son
farmoyishiga muvofiq O„zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini
rivojlantirish vazirligi tasarrufidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari yo„nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o„qitishga ixtisoslashtirilgan maktabga
Toshkent shahri Yashnabod tumanida umumiy maydoni 6,5 ga bo„lgan yer uchastkasi (sobiq 22-
harbiy shaharcha hududining bir qismi — Maxtumquli ko„chasi bilan kesishgungacha) ajratilganligi
ma‟lumot uchun qabul qilinsin.
4. Belgilansinki,
ushbu qarorning
3-bandida
ko„rsatilgan davlat mulkining bozor qiymatini
aniqlash bo„yicha xizmatlar to„lovi Direksiya mablag„lari hisobiga amalga oshiriladi.
5. O„zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Direksiyaning
buyurtmanomalari bo„yicha Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki
(keyingi o„rinlarda Texnopark deb ataladi) faoliyatini tashkil etishda ishtirok etuvchi yuqori
malakali xorijiy mutaxassislarga O„zbekiston Respublikasida mehnat
faoliyatini amalga oshirish
huquqiga tasdiqnomalar berilishini (uzaytirilishini) ta‟minlasin.
6.
O„zbekiston
Respublikasi
Axborot
texnologiyalari
va
kommunikatsiyalarini
rivojlantirish vazirligi va Direksiya 2019-yil 1-avgustgacha bo„lgan muddatda:
Texnopark binosini rekonstruksiya qilish va kapital ta‟mirlash ishlarining yakunlanishini;
Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini tashkil etish
tartibi to„g„risidagi
nizomga
muvofiq yuridik shaxslarni Texnopark rezidenti sifatida ro„yxatdan
o„tkazish hamda istiqbolli “startap-loyihalar”ni ko„rib chiqish uchun qabul qilish va tanlash
boshlanishini ta‟minlasinlar.
7. O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Dasturiy mahsulotlar va axborot
texnologiyalari texnologik parkini tashkil etish chora-tadbirlari to„g„risida” 2019-yil 10-yanvardagi
17-son qarorining 6-bandidan
birinchi xatboshi
chiqarib tashlansin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O„zbekiston
Respublikasi Axborot
texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M. Sadikov zimmasiga hamda
O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va
innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta‟minlash
masalalari kotibiyatiga
yuklansin.