Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/18
tarix28.11.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#134021
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
11-13

(14-band O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 -yil 30-oktabrdagi 672-sonli 
qaroriga 
asosan to„rtinchi va beshinchi xatboshilar bilan to„ldirilgan — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari 
milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/672/1437-son) 
Rad etishning asosi Direksiyaning ariza beruvchini Texnopark rezidenti sifatida ro„yxatga 
olishni rad etish to„g„risidagi qarorida ko„rsatiladi, ariza beruvchiga ushbu qarordan ko„chirma 
taqdim etiladi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog„liq obyektlarga taalluqli buxgalteriya 
hisobi registrlari hamda boshqa boshlang„ich hujjatlarini avtomatlashtirish yo„nalishlarida ishlab 
chiqilgan avtomatlashtirilgan hisobga olish o„lchov vositalari (axborot tizimlari, dasturiy 
mahsulotlari) 
soliq 
organlarining 
axborot 
tizimlari 
bilan 
integratsiya 
qilinmagan 
holda 
qo„llanilganligi. 


(14-band O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 -yil 12-maydagi 255-sonli 
qaroriga 
asosan xatboshi bilan to„ldirilgan — Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 
09/22/255/0412-son) 
15. Yuridik shaxsni Texnopark rezidenti sifatida ro„yxatga olishni rad etish uchun asos 
bo„lib xizmat qilgan sabablar ariza beruvchi tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, ariza va boshqa 
hujjatlarni qayta ko„rib chiqish ushbu Nizomning 
10 — 13-bandlariga 
muvofiq amalga oshiriladi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
16. Yuridik shaxsni Texnopark rezidenti sifatida ro„yxatdan o„tkazish to„g„risida qaror 
qabul qilinishi yuridik shaxsning Texnopark rezidentining faoliyati shartlari to„g„risidagi 
shartnomaga roziligini anglatadi.
Shartnomaning 
shakli 
O„zbekiston 
Respublikasi 
Axborot 
texnologiyalari 
va 
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tasdiqlanadi, Direksiyaning rasmiy veb-
saytida joylashtiriladi hamda ommaviy oferta shakliga muvofiq bo„ladi. 
(16-band O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2 020-yil 30-oktabrdagi 672-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020 -y., 09/20/672/1437-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
17. Texnopark rezidenti: 
tovarlar 
(ishlar, 
xizmatlar) 
eksportidan 
tushumlar 
doirasida 
xorijiy 
ta‟sischilar 
(ishtirokchilar) va chet ellik mutaxassislariga dividendlar va ish haqi to„lovlarini chet el valyutasida 
xalqaro to„lov kartalariga o„tkazish orqali amalga oshirish
O„zbekiston 
Respublikasi 
hududida 
mehnat 
faoliyatini 
amalga 
oshirish 
huquqi 
tasdiqnomalarini olmasdan turib chet ellik mutaxassislarni jalb etish; 
virtual ofisdan foydalangan holda faoliyatni amalga oshirish; 
eksport kontraktisiz Internet jahon axborot tarmog„idagi onlayn do„konlar orqali xorijiy 
valyutaga ishlar va xizmatlar eksportini amalga oshirish huquqiga ega. 
Texnopark rezidenti Direksiya bilan tuzilgan Texnopark rezidentining faoliyati shartlari 
to„g„risidagi shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo„lishi mumkin. 
(17-band O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 -yil 15-apreldagi 191-sonli 
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi, 15.04.2022 -y., 09/22/191/0315-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
18. Texnopark rezidenti:
faqat ro„yxatdagi faoliyat turlariga asoslangan biznes-rejada ko„rsatib o„tilgan faoliyat 
turlarini amalga oshirishi;
Direksiya 
bilan 
tuzilgan 
Texnopark 
rezidentining 
faoliyati 
shartlari to„g„risidagi 
shartnomaga amal qilishi;
o„z faoliyati to„g„risida Direksiya tomonidan tasdiqlanadigan muddatlarda va shaklga ko„ra 
axborot, jumladan, statistik va soliq hisoboti nusxalarini veb-portal orqali taqdim etishi;
har oyda hisobot davridan keyingi oyning 20-kunidan kechikmay Direksiyaning talab qilib 
olinadigan depozit hisobvarag„iga jami daromadning bir foizi miqdorida ajratma o„tkazishi;
har yili hisobot yilidan keyingi yilning 1-iyuligacha moliya-xo„jalik faoliyati majburiy 
auditini o„tkazishi va maxsus savolni tekshirish natijalari bo„yicha auditor hisobotining hamda 
auditorlik xulosasining nusxasini veb-portal orqali Direksiyaga yuborishi, bunda maxsus savolni 
tekshirish natijalari bo„yicha auditor hisobotida yuridik shaxsning haqiqatda amalga oshirgan 
faoliyati, ro„yxatda belgilangan faoliyat turlariga muvofiqligi masalalari hamda moliyaviy yil 
davomida amalga oshirilgan faoliyat turlari va ularni amalga oshirish natijasida olingan umumiy 
tushumdagi ulush hisobga olinishi, auditorlik xulosasida esa, olingan tushum va yuridik shaxsning 
haqiqatda amalga oshirgan faoliyati ro„yxatda belgilangan faoliyat turlariga muvofiqligi 
ko„rsatilishi;
Texnopark rezidenti taqdim etilgan biznes-rejada ko„rsatib o„tilmagan yangi faoliyat 
turlarini Direksiya tomonidan yangi (qo„shimcha) biznes-reja tasdiqlangandan keyin amalga 
oshirishi;

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə