Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik


-bob. Texnopark direksiyasi faoliyatini tashkil etish



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/18
tarix28.11.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#134021
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
11-13

2-bob. Texnopark direksiyasi faoliyatini tashkil etish 
4. Direksiyaga “Mas‟uliyati cheklangan hamda qo„shimcha mas‟uliyatli jamiyatlar 
to„g„risida”gi O„zbekiston Respublikasi Qonunining 
39-moddasida 
belgilangan tartibda lavozimga 
tayinlanadigan direktor boshchilik qiladi.
Direktorning vakolatlari Direksiya ustavida belgilanadi. 
Direktor Direksiyaga yuklangan funksiyalar va vazifalar amalga oshirilishi uchun shaxsan 
javob beradi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining so„rovi 
bo„yicha Texnopark va Direksiya faoliyati to„g„risida hisobot taqdim qiladi.
Oldingi
 tahrirga qarang. 
5. Direksiya faoliyatini moliyalashtirish quyidagi manbalar hisobiga amalga oshiriladi:
Texnopark rezidentlarining Direksiyaga har oylik jami daromadning bir foizi miqdorida 
o„tkaziladigan ajratmalari;
xizmatlar ko„rsatishdan, shuningdek, Direksiyaga biriktirilgan ko„chmas mulkni ijaraga 
berishdan olinadigan daromadlar;
xalqaro moliya tashkilotlari va institutlarining grantlari va kreditlari;
startap-loyihalarni venchur moliyalashtirish natijasida olingan daromadlar;
Axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini 
rivojlantirish 
jamg„armasining 
(keyingi 
o„rinlarda 
— 
Jamg„arma) 
va 
O„zbekiston 
Respublikasi 
Axborot 
texnologiyalari 
va 
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining tarkibiy bo„linmalari mablag„lari;
Oldingi
 tahrirga qarang. 
qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar. 
(5-bandning yettinchi xatboshisi O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 -yil 4-
apreldagi 153-sonli 
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022 -y., 
09/22/153/0266-son) 
6. Direksiya: 
Texnopark rezidenti maqomini olish uchun yuridik shaxslardan buyurtmanomalar qabul 
qilinishini tashkil etadi, shuningdek, Texnopark rezidentlarini Rezidentlarning yagona reyestriga 
kiritish va rezident maqomi berilganligi to„g„risida tegishli guvohnomani berish orqali rezidentlarni 
ro„yxatga olish to„g„risida qaror qabul qiladi
ushbu Nizomga muvofiq yuridik shaxslar va startap-loyihalar tashabbuskorlari tomonidan 
taqdim etilgan biznes-rejalar, shu jumladan, ekspertlarni (ilmiy va boshqa tashkilotlar, olimlar va 
mutaxassislarni) jalb qilish orqali ekspertizadan o„tkazilishini tashkil etadi;
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ekspert kengashi va Ekspert guruhining nizomlari hamda tarkiblarini tasdiqlaydi; 


(6-bandning to„rtinchi xatboshisi O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-
apreldagi 191-sonli 
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi, 15.04.2022 -y., 
09/22/191/0315-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
shartnoma asosida Texnopark rezidentlari va boshqa xo„jalik yurituvchi subyektlarga 
uskunalar, 
laboratoriya, 
eksperimental-ishlab 
chiqarish maydonlari, ofislar, o„quv xonalari, 
konferens-zallar, auditoriyalar va boshqa xonalarni ijaraga va subijaraga beradi, shuningdek, virtual 
ofis va yangi yuridik shaxslarni tashkil etish (one stop shop) bo„yicha hujjatlarni tayyorlash 
xizmatlarini ko„rsatadi; 
(6-bandning beshinchi xatboshisi O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-
apreldagi 191-sonli 
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi, 15.04.2022 -y., 
09/22/191/0315-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
axborot texnologiyalari sohasida xorijiy investorlar va mutaxassislarga, shuningdek, 
Texnopark 
rezidentlarining 
ta‟sischilariga 
(ishtirokchilariga) 
Axborot 
texnologiyalari 
va 
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda “IT-visa”ni taqdim 
etish bo„yicha tavsiya beradi; 
(6-band O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 -yil 15-apreldagi 191-sonli 
qaroriga 
asosan oltinchi xatboshi bilan to„ldirilgan — Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi, 15.04.2022-
y., 09/22/191/0315-son) 
axborot texnologiyalari (dasturlash, sun‟iy intellekt, elektron tijorat va boshqalar) sohasida 
kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etishga ko„maklashadi; 
Texnopark va uning rezidentlari faoliyati ommaviy axborot vositalarida yoritilishini tashkil 
etadi; 
o„z vakolatlari doirasida axborot va tahliliy materiallarni tayyorlaydi va nashr qiladi
o„z faoliyatini boshlayotgan yuridik shaxslarga investorlar va kreditorlar bilan 
shartnomalar tuzish jarayonida moliyaviy, yuridik yoki boshqa maslahat yordami beradi;
Texnopark rezidentlariga ularning startap-loyihalari uchun investitsiyalarni jalb qilishda 
ko„maklashadi; 
Texnopark rezidentlarining mahsulotlari va xizmatlari ichki va tashqi bozorlarga kirib 
borishini tashkil qiladi;
Texnopark rezidentlari va boshqa xo„jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ishlab 
chiqariladigan axborot texnologiyalari mahsulotlarining xalqaro yarmarka va ko„rgazmalarini 
tashkil etadi va o„tkazadi, shuningdek, Texnopark rezidentlarining xalqaro seminarlar, 
konferensiyalarda va respublikada hamda xalqaro ko„lamda o„tkaziladigan boshqa tadbirlarda 
ishtirok etishini tashkil etishga ko„maklashadi;
yuridik shaxslarni Texnopark rezidenti maqomidan mahrum qilish bo„yicha qaror qabul 
qiladi; 
Direksiya ustaviga, ushbu Nizomga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq 
boshqa funksiyalarni bajaradi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Direksiya o„ziga yuklangan vazifalarni bajarish doirasida qonunchilikda belgilangan 
tartibda muassis bo„lishga yoki boshqa yuridik shaxslarning ustav fondida (ustav kapitalida) 
boshqacha tarzda ishtirok etishga, vakolatxonalar va filiallar tashkil etishga haqlidir. 
(6-bandning o„n beshinchi xatboshisi O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 -yil 
4-apreldagi 153-sonli 
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 
09/22/153/0266-son) 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə