Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik


-bob. Texnopark rezidentlari uchun soliq va bojxona imtiyozlarini qo‘llash tartibi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/18
tarix28.11.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#134021
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
11-13

5-bob. Texnopark rezidentlari uchun soliq va bojxona imtiyozlarini qo‘llash tartibi 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
25. O„zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada axborot texnologiyalari 
sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to„g„risida” 2017-
yil 30-iyundagi PF-5099-son 
Farmoni 
va boshqa normativ huquqiy hujjatlarga muvofiq quyidagi 
imtiyoz va preferensiyalar taqdim etiladi: 
a) Texnopark rezidentlariga: 
barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg„armalariga majburiy ajratmalarni, 
shuningdek ijtimoiy soliqni to„lashdan ozod etish
belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro„yxatlar bo„yicha O„zbekiston Respublikasida ishlab 
chiqarilmaydigan, o„z ehtiyojlari uchun olib kirilayotgan uskunalar, butlovchi qismlar, detallar
uzellar, texnologik hujjatlar, dasturiy ta‟minot vositalari uchun bojxona to„lovlari to„lashdan 
(bojxona yig„imlaridan tashqari) ozod etish; 
tovarlar 
(ishlar, 
xizmatlar) 
eksportidan 
tushumlar 
doirasida 
xorijiy 
ta‟sischilar 
(ishtirokchilar) va chet ellik mutaxassislariga dividendlar va ish haqi to„lovlarini chet el valyutasida 
xalqaro to„lov kartalariga o„tkazish orqali amalga oshirish
virtual ofis mavjud bo„lganda ularning xodimlari yuridik (pochta) manzilida jismoniy 
joylashmagan holda o„z faoliyatini amalga oshirish; 
O„zbekiston 
Respublikasi 
hududida 
mehnat 
faoliyatini 
amalga 
oshirish 
huquqi 
tasdiqnomalarini olmasdan turib chet ellik mutaxassislarni jalb etish; 
eksport kontraktisiz onlayn do„konlar orqali eksportni amalga oshirish
eksport qilingan tovar (xizmat)larning hajmi o„n ikki oy davomida 10 million AQSh 
dollaridan oshganda 25 foizga, 20 million AQSh dollaridan oshganda 50 foizgacha Direksiyaga har 
oy o„tkaziladigan ajratmalar miqdorini pasaytirish; 
b) Texnopark rezidentlari bilan mehnat shartnomalari bo„yicha xodimlar tomonidan 
olingan mehnatga haq to„lash tarzidagi daromadlar: 
7,5 foiz miqdordagi qat‟iy belgilangan stavka bo„yicha jismoniy shaxslardan olinadigan 
daromad solig„iga tortiladi; 
soliq solish maqsadida belgilanadigan jismoniy shaxslarning umumiy yillik daromadlari 
hajmiga kiritilmaydi
v) 2025-yil 1-yanvarga qadar Texnopark rezidentlarining ta‟sischilari (ishtirokchilari) — 
O„zbekiston Respublikasi norezidentlari bo„lgan jismoniy va yuridik shaxslarning dividendlar 
tarzidagi daromadlariga O„zbekiston Respublikasining rezidentlari singari jismoniy shaxslardan 
olinadigan daromad solig„ining va yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig„ining besh foiz 
stavkasi tatbiq etiladi. 
(25-band O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 -yil 15-apreldagi 191-sonli 
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi, 15.04.2022 -y., 09/22/191/0315-son) 


26. Ushbu Nizomning 
25-bandida 
nazarda tutilgan imtiyozlar: 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
soliqlar va majburiy ajratmalar bo„yicha — yuridik shaxs Rezidentlarning yagona 
reyestriga kiritilgan oydan keyingi oyning 1-kunidan; 
(26-bandning ikkinchi xatboshisi O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 -yil 30-
oktabrdagi 672-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 
09/20/672/1437-son) 
bojxona to„lovlari bo„yicha — bojxona to„lovlari bo„yicha imtiyozlar qo„llagan holda 
O„zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan (import qilinadigan) tovarlar ro„yxatining 
kompleks ekspertizasi yakunlari bo„yicha O„zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi 
huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar 
korxonasining ijobiy xulosasi olingan kundan boshlab qo„llaniladi. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə