Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik


-bob. Startap-loyihalarni tanlab olish va baholash mezonlari



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/18
tarix28.11.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#134021
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
11-13

7-bob. Startap-loyihalarni tanlab olish va baholash mezonlari 
45. Kengash va Ekspert komissiyasi hujjatlarning ushbu Nizom talablariga muvofiqligini 
o„rganadi va startap-loyihalarni quyidagi mezonlar asosida tanlab oladi: 
ushbu Nizomning 
33-bandida 
sanab o„tilgan hujjatlarning mavjudligi va ularning sifatini 
baholash; 
startap-loyihaning ushbu Nizomning 
32-bandidagi 
yo„nalishlarga muvofiqligi; 
taklif 
qilinayotgan 
startap-loyihaning 
dolzarbligi 
— loyihada yoritilgan g„oyaning 
zamonaviy muammo va masalalarni hal etishdagi ahamiyati baholanadi
startap-loyihaning innovatsion yo„naltirilganligi va g„oyasining yangiligi — loyiha yangi, 
takomillashtirilgan, ilgari respublikada qo„llanilmagan texnologiyalar va (yoki) prinsiplarni 
qo„llash, shuningdek, yangi, respublikada ilgari ishlab chiqarilmagan mahsulotni ishlab chiqarish 
hamda yangi xizmat joriy etilishini mo„ljallagan bo„lishi kerak; 
startap-loyihaning natijalarga erishish imkoniyatlarini baholash — loyihada bayon qilingan 
natijalarga erishishga qaratilgan masalalarni hal etish uchun taklif etilayotgan usullar va yo„llarning 
mavjudligi, asoslanganligi hamda yetarli ekanligi baholanadi;
bozorda mahsulot yoki xizmatga bo„lgan talabning mavjudligini baholash — mahsulot 
yoki xizmatning bozor talabi hamda tijorat istiqbollari baholanadi; 
startap-loyihaning tijoratlashtirilishi istiqbollari — kelajakdagi mahsulot tatbiq etilish va 
bozorga chiqish istiqboliga ega bo„lishi, muayyan iste‟molchiga nisbatan qo„llanilishi kerak; 


loyihaning 
salohiyatli 
raqobat 
afzalliklarini 
baholash 
— 
iste‟molchi 
uchun 
mahsulot/texnologiyaning uning amaldagi analoglariga nisbatan ustunliklari mavjudligi kabi muhim 
xususiyatlari baholanadi; 
loyihaning investitsion jozibadorligi — qo„shimcha foyda keltiradigan va investitsiyalarni 
qoplamaslik xavfini kamaytiradigan qulay investitsiya va innovatsion shartlar hamda afzalliklar 
jamlanmasi; 
loyihaning iqtisodiy samaradorligi — loyihani amalga oshirishning moliyaviy natijalarini 
bevosita ishtirokchilar uchun hisobga holda iqtisodiy samaradorlik, shuningdek, loyihani amalga 
oshirishning moliyaviy oqibatlarini aks ettiruvchi budjet samaradorligi. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə