Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik


-bob. Startap-loyihalarning inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarida ishtirok etish tartiblari



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/18
tarix28.11.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#134021
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
11-13

8-bob. Startap-loyihalarning inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarida ishtirok etish tartiblari 
46. Startap-loyihaning inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarida ishtirok etishi tartibi va 
maqsadga muvofiqligi Direksiya tomonidan belgilanadi. 
47. Direksiya bilan startap-loyiha tashabbuskori o„rtasida tuzilgan startap-loyihaning 
inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturida ishtirok etishi bo„yicha bitimga muvofiq qabul qilingan 
majburiyatlar 
va 
ushbu 
Nizomda 
belgilangan 
talablar 
bajarilmaganda 
Direksiya 
Ekspert 
komissiyasining qarori asosida startap-loyiha tashabbuskorini chiqarib tashlash huquqiga ega. 
48. Alohida startap-loyiha uchun mentorlar startap-loyiha taqdim etilgan soha bo„yicha ish 
tajribasiga va maslahat bera olish tajribasiga ega malakali mutaxassislardan tanlanadi. 
49. Mentorlar startap-loyiha tashabbuskori va mentorlar o„rtasidagi shartnoma shartlariga 
asosan startap-loyihani amalga oshirishdan moliyaviy manfaatdor bo„lishlari mumkin. 
9-bob. Istiqbolli startap-loyihalarni moliyalashtirish tartibi
Oldingi
 tahrirga qarang. 
50. Istiqbolli startap-loyihalarni moliyalashtirish Jamg„arma mablag„lari, Direksiyaning 
o„z mablag„lari hisobiga, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalarni jalb qilgan 
holda amalga oshiriladi. 
(50-band O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli 
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022 -y., 09/22/153/0266-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
51. Startap-loyihalarni moliyalashtirish Jamg„arma tomonidan pul mablag„larini beg„araz 
ajratish yo„li bilan, shuningdek, ushbu Nizomning 
53-bandiga
muvofiq Direksiya tomonidan hamda 
qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalarni jalb qilgan holda amalga oshiriladi. 
(51-band O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli 
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022 -y., 09/22/153/0266-son) 
52. Startap-loyihani amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratish Direksiya va startap-
loyiha tashabbuskori tomonidan imzolangan shartnomaga asosan ishlash uchun xonalar va 
uskunalar ajratish, yuqori tezlikdagi Internet bilan ta‟minlash va boshqalar, konsalting xizmatlari 
ko„rsatish yoki yuridik shaxs — startap-loyiha tashabbuskori hisob raqamiga maqsadli pul 
mablag„larini o„tkazish orqali amalga oshiriladi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
53. Startap-loyihani moliyalashtirish venchur moliyalashtirishni o„z ichiga oladi, bunda 
Direksiya startap-loyiha muassislari tarkibiga kiradi. Direksiya hissasi, ulushlarni taqsimlash tartibi 
Jamg„arma (Jamg„arma tomonidan moliyalashtirish amalga oshirilgan hollarda), Direksiya va 
startap-loyiha 
tashabbuskori o„rtasida startap-loyihani moliyalashtirish va qo„llab-quvvatlash 
shartlari to„g„risidagi shartnomada belgilanadi.
(53-bandning birinchi xatboshisi O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 -yil 30-
oktabrdagi 672-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020 -y., 
09/20/672/1437-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Direksiya va startap-loyiha tashabbuskori o„zaro hamkorlikning keyingi bosqichlarini, 
o„zaro hisob-kitob shartlarini hamda Direksiyaning startap-loyiha tashabbuskori tomonidan ta‟sis 


etilgan yuridik shaxsning muassislari tarkibidan chiqishi tartibini qonunchilikka muvofiq mustaqil 
ravishda belgilaydilar.
(53-bandning ikkinchi xatboshisi O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 -yil 4-
apreldagi 153-sonli 
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 
09/22/153/0266-son) 
54. Ekspert komissiyasining ijobiy xulosasi startap-loyihani moliyalashtirish uchun asos 
bo„ladi. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə