6. O„z dasturiy ta‟minotida reklama uchun joy taqdim etish yoki dasturiy ta‟minotning
xususiyatlaridan foydalangan holda boshqa qo„shimcha daromad olish.
7. Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini ishlab chiqish va joriy etish.
8. Yuridik shaxslarning axborot ehtiyojlarini tahlil qilish (tizimli tahlil, biznes-tahlil)
hamda biznes-jarayonlarni innovatsiya (reinjiniring) qilish maqsadida axborot tizimlari va dasturiy
ta‟minotni joriy qilish uchun texnik talablarni ishlab chiqish hamda axborot texnologiyalaridan
foydalanish bo„yicha maslahat berish.
9. Axborot tizimlari va dasturiy ta‟minotni ishlab chiqish, joriy qilish va ularni
foydalanishga topshirish jarayonida foydalanuvchilarning axborot ehtiyojlari va texnik talablariga
muvofiqligini audit qilish.
10. Texnopark rezidenti tomonidan ishlab chiqilgan dasturiy ta‟minotda uchinchi shaxs
so„roviga binoan ma‟lumotlarni qidirish, tanlash, qayta ishlash va saralash
hamda ularga axborot
taqdim etish bo„yicha avtomatlashtirilgan xizmat ko„rsatish.
11. Dasturiy ta‟minotdan (dasturiy-apparat vositalaridan) foydalangan holda O„zbekiston
Respublikasi norezidentlariga yordamchi ishlab chiqarish, ma‟muriy va biznes jarayonlarni
boshqarish (amalga oshirish) bo„yicha xizmat ko„rsatish (biznes-jarayonlarni autsorsing qilish).
12. Texnopark rezidenti tomonidan ishlab chiqilgan materiallar, texnologiyalar, mikro-,
opto-
va nanoelektronika, mikroelektrotexnika tizimlari hamda ular bilan mos keluvchi dasturiy
ta‟minotni sotish.
13. Ma‟lumotlarni uzatish tizimlari, texnologiyalar, qurilmalar va radiolokatsiya tizimlari,
radionavigatsiya,
radioaloqa,
radioboshqaruv,
radiochastota identifikatsiya
uskunalarini ishlab
chiqish (tadqiqot o„tkazish, loyihalash (qurish), test qilish hamda texnik sinovdan o„tkazish) va
bunday ishlanmalar natijalarini ishlab chiqarish yoki ushbu xizmatlarni ko„rsatmasdan turib
o„zlashtirilgan holda sotish xizmatlari.
14. Yuqori texnologiyali qurilmalar va tizimlar, dasturiy-apparat vositalari va ular bilan
mos keluvchi dasturiy ta‟minotni (sanoat xarakteriga bog„liq bo„lmagan holda) ishlab chiqish yoki
ishlab chiqarishning alohida bosqichlari (tadqiqot o„tkazish,
loyihalash, prototiplash, sinovdan
o„tkazish) hamda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish va (yoki) ishlab chiqarish natijalarini
o„zlashtirish bo„yicha xizmat ko„rsatish yoki xizmat ko„rsatmasdan sotish.
15. Axborotni texnik va (yoki) kriptografik, shu jumladan,
elektron raqamli imzodan
foydalanish orqali himoya qilish faoliyati.
16. Bir-biri va tashqi muhit bilan o„zaro muloqot qilish uchun o„rnatilgan texnologiyalar
bilan jihozlangan jismoniy obyektlarning hisoblash-kommunikatsiya tarmog„i konsepsiyasini ishlab
chiqish, joriy qilish va sotish bilan bog„liq bo„lgan tadbirlar.
Oldingi
tahrirga qarang.
17.
Texnopark
direksiyasi
tomonidan
tasdiqlangan
dasturga
muvofiq,
axborot
texnologiyalari sohasida, shu jumladan, Internet jahon axborot tarmog„i orqali ta‟lim
berish hamda
axborot texnologiyalari sohasidagi ta‟limdan yillik umumiy daromadning 40 foizdan oshmagan
holda, axborot texnologiyalari sohasida tashkil etiladigan ta‟lim doirasida ingliz tilini o„qitish
bo„yicha xizmatni ko„rsatish faoliyati.
(17-band O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-iyundagi 233-sonli
qarori
tahririda — Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi, 07.06.2023-y., 09/23/233/0344-son)
18. Internet jahon axborot tarmog„i orqali axborot xizmatlarini eksport qilish.
Izoh. Faoliyat turlari bo„yicha tasniflash hamda ularga tushuntirishlar berish Direksiyaning ekspert kengashi
tomonidan amalga oshiriladi.
(2-ilovaning matni O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 672-
sonli
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/672/1437-son)
Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini tashkil etish tartibi to„g„risidagi
nizomga
3-ILOVA