Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik


O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/18
tarix28.11.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#134021
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
11-13

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV 
Toshkent sh., 
2019-yil 15-iyul, 
589-son 
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-iyuldagi 589-son 
qaroriga
 
ILOVA 
Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini tashkil etish 
tartibi to‘g‘risida 
NIZOM 
1-bob. Umumiy qoidalar 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
1. Ushbu Nizom Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki 
faoliyatini tashkil etish, yuridik shaxslarni rezident sifatida ro„yxatdan o„tkazish va maqomdan 
mahrum etish, rezidentlar uchun soliq va bojxona imtiyozlarini, ular bilan tuzilgan mehnat 
shartnomalari bo„yicha xodimlar tomonidan soliq imtiyozlarining qo„llanilishini, shuningdek
istiqbolli startap-loyihalarni tanlab olish va moliyalashtirish tartibini belgilaydi. 
(1-band O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 -yil 30-oktabrdagi 672-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020 -y., 09/20/672/1437-son) 
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalanilad i: 
biznes-reja — kompaniya, tovar, uni ishlab chiqarish, ko„rsatiladigan xizmatlar, mahsulot 
sotiladigan potensial bozorlar, marketing strategiyasi, operatsiyalarni amalga oshirishni tashkil etish 
va ularning samaradorligi ko„rsatkichlari to„g„risidagi ma‟lumotlarni o„z ichiga olgan reja, 
kompaniyaning harakatlari, biznes-operatsiyalarni amalga oshirish dasturi; 
startap-loyiha — foyda olish noaniq va moliyaviy tavakkalchilik yuqori bo„lgan 
sharoitlarda dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari sohasida yangi mahsulot yaratishni 
yoki xizmatni joriy etishni ko„zda tutuvchi loyiha; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (keyingi o„rinlarda — 
Texnopark) — O„zbekiston Respublikasi hududi doirasida eksterritoriallik prinsipi asosida axborot 
texnologiyalari 
mahsulotlarini 
ishlab 
chiqarishni 
rivojlantirishning 
maksimal 
darajada 
qulay 
sharoitlarini yaratish uchun respublikaning butun hududida Texnopark rezidentlarini joylashtirgan 
holda ishlaydigan tashkilot; 
(2-bandning to„rtinchi xatboshisi O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 -yil 30-
oktabrdagi 672-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020 -y., 
09/20/672/1437-son) 
Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari Texnologik parki direksiyasi (keyingi 
o„rinlarda Direksiya deb ataladi) — Texnopark faoliyatini operativ boshqaruvchi mas‟uliyati 
cheklangan jamiyat shaklidagi yuridik shaxs; 


Rezidentlarning yagona reyestri — ushbu Nizomga muvofiq Texnoparkda ro„yxatdan 
o„tkazilgan yuridik shaxslar ro„yxati mavjud bo„lgan ochiq va umumfoydalaniladigan axborot 
resursi; 
Texnoparkning rezidenti — belgilangan tartibda Texnoparkda ro„yxatdan o„tkazilgan va 
Rezidentlarning yagona reyestriga kiritilgan yuridik shaxs; 
ariza beruvchi — Texnopark rezidenti maqomini olishga talabgorlik qiluvchi yuridik 
shaxs; 
startap-loyiha tashabbuskori — startap-loyihani amalga oshirish bo„yicha taklif taqdim 
etgan jismoniy yoki yuridik shaxs; 
mentor — startap-loyihani rivojlantirish va ilgari siljitish maqsadida uni o„z bilimlari va 
tajribasi bilan qo„llab-quvvatlaydigan maslahatchi; 
Maslahat kengashi (keyingi o„rinlarda Kengash deb ataladi) — ushbu Nizomda 
belgilangan talablarga muvofiq inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturlariga qabul qilish uchun 
nomzodlarni tanlashni, shuningdek, mentorlarni saralashni ta‟minlash maqsadida Direksiya 
huzurida tashkil etiladigan organ
akseleratsiya dasturi — mentorlar va bozor ekspertlari tashkiliy va maslahat bilan qo„llab-
quvvatlagan holda test sinovidan o„tkazish va biznes-modelini ishlab chiqish yo„li bilan startap-
loyihalarni rivojlantirishga yo„naltirilgan ta‟limiy-amaliy dastur; 
inkubatsiya dasturi — uning doirasida startap-loyiha g„oyasi shakllantiriladigan va ishlab 
chiqiladigan ta‟limiy-amaliy dastur; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
veb-portal — Texnopark rezidenti maqomini olish uchun yuridik shaxslardan hujjatlar 
qabul qilish, Direksiya va uning rezidentlari o„rtasida o„zaro hamkorlik qilish, shu jumladan, 
ulardan hisobotlar, xulosalar, biznes-rejalar va boshqalarni qabul qilish uchun mo„ljallangan 
Direksiyaning Internet jahon axborot tarmog„idagi rasmiy veb-saytidagi bo„limi. Veb-portalning 
ishlash tartibi Direksiya tomonidan belgilanadi;
(2-band O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 -yil 30-oktabrdagi 672-sonli 
qaroriga 
asosan o„n to„rtinchi va o„n beshinchi xatboshilar bilan to„ldirilgan — Qonun hujjatlari 
ma‟lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/672/1437-son) 
Istiqbolli startap-loyihalarni ko„rib chiqish va baholash hamda mentorlarni tanlash 
bo„yicha ekspert komissiyasi (keyingi o„rinlarda Ekspert komissiyasi deb ataladi) — akseleratsiya 
dasturidan muvaffaqiyatli o„tgan startap-loyihalarni keyinchalik moliyalashtirish uchun ko„rib 
chiqish va o„rganishni tashkil etish, shuningdek, mentorlarni tanlash maqsadida O„zbekiston 
Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzurida 
tashkil etiladigan organ. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ekspert guruhi — “IT-visa”ga ega bo„lish uchun Direksiyaning tavsiyasini olish uchun 
taqdim etilgan arizalarni ko„rib chiqish maqsadida Direksiyada vazirliklar va idoralarning malakali 
mutaxassislari hamda boshqa mutaxassislardan iborat tarkibda tashkil etiladigan organ. Ekspert 
guruhining ish tartibi Direksiya tomonidan belgilanadi; 
virtual ofis — Internet jahon axborot tarmog„ida joylashgan yuridik (pochta) manzili orqali 
(jismoniy joylashmagan holda) xodimlar o„z ishlarini bajarishlari, kompaniya bilan kontragentlar 
(yetkazib beruvchilar, xaridorlar, davlat organlari va boshqalar) bilan muloqot qilish imkonini 
beruvchi joy. 
(2-band O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinin g 2022-yil 15-apreldagi 191-sonli 
qaroriga 
asosan xatboshilar bilan to„ldirilgan — Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi, 15.04.2022-y., 
09/22/191/0315-son) 
3. Quyidagilar Texnoparkning asosiy yo„nalishlari hisoblanadi: 
axborot 
texnologiyalari 
sohasida 
raqobatbardoshli 
mahsulotlar va xizmatlar ishlab 
chiqilishini rivojlantirish va ishlab chiqarish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning ichki va 
tashqi bozorlarga kirib borishi, innovatsion ishlanmalarni rag„batlantirish; 


Texnopark 
rezidentlariga faoliyatni amalga oshirish uchun zarur infratuzilma, shu 
jumladan, zamonaviy laboratoriyalarni berish, ularga moliyaviy, marketing, yuridik va boshqa 
konsalting xizmatlari, shuningdek, akseleratsiya dasturlari bo„yicha xizmatlar ko„rsatish; 
startap-loyihalarni amalga oshirishda, shu jumladan, venchur moliyalashtirish asosida 
qo„llab-quvvatlash, axborot texnologiyalari sohasida boshlovchi va kichik korxonalarga innovatsion 
faoliyat natijalarida ko„maklashish; 
shu jumladan, zamonaviy texnologiyalar va dasturiy mahsulotlar transferi hisobiga 
loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun mahalliy va xorijiy investorlarni jalb etishda 
rezidentlarga ko„maklashish; 
yuqori texnologik mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqarish zanjirining uzluksizligini 
ta‟minlash uchun ilmiy, ilmiy-tadqiqot, o„quv va ishlab chiqarish tashkilotlari faoliyati o„zaro 
integratsiyasiga ko„maklashish; 
axborot texnologiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassislarning zamonaviy sinfini 
shakllantirish maqsadida aholi va yoshlar o„qitilishini tashkil etish;
axborot texnologiyalari sohasida yetakchi kompaniyalar va mutaxassislarni jalb etgan 
holda 
mahorat 
darslari, 
treninglar 
va malaka oshirish kurslari, shuningdek, ilmiy-amaliy 
konferensiyalar o„tkazish.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə