Konfedenlas ma'lumotlar pdf



Yüklə 209,31 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/9
tarix29.11.2023
ölçüsü209,31 Kb.
#140736
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
konfidensial ma\'lumotlar nizomi



Andijon iqtisodiyot va qurilish institutida konfidensial 
axborotlarning xavfsizligini tashkil etish va ta'minlash tartibi to'g'risidagi 
NIZOM
1.
 
Umumiy qoidalar
1.
Ushbu Nizom Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (keying o'rinlarda - 
Vazirlik) tizimidagi axborotlashtirish obyektlarida konfidensial axborotlarning 
xavfsizligini tashkil etish va ta'minlash tartibini belgilaydi. 
Ushbu Nizomning talablari Vazirlik tizimining axborotlashtirish obyektlarida davlat 
axborot resurslari hamda tizimlarining axborotlashtirish obyektlari bilan 
integratsiyalashuvi jarayonida konfidensial axborotlarni muhofazalashda qo'llaniladi. 
2.
Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo'llaniladi: 
konfidensial axborotlar - 
davlat sirlarini tashkil etuvchi ma'lumotlarni o'z ichiga 
olmagan va erkin foydalanilishi qonunchilikka muvofiq cheklangan, oshkor qilib 
bo'lmaydigan hujjatlashtirilgan axborotlar; 
axborotlashtirish obyekti - 
turli darajadagi va maqsadlardagi axborot tizimlari, 
telekommunikatsiya tarmoqlari, axborotga ishlov berishning texnik vositalari, ushbu 
vositalar o'rnatilgan va ishlatiladigan xonalar, shuningdek, muzokaralar, shu jumladan, 
konfidensial muzokaralar olib borish mo'ljallangan alohida xonalar; 
abonent 
- tashkilotning axborot tarmog'iga ulanish va o'zaro bog'liqlikda aloqada 
bo'lish huquqiga va texnik imkoniyatlarga ega bo'lgan shaxs; 
abonent 
punkti 

tashkilotda kommunikatsiya vositalari yordamida 
umumfoydalaniladigan axborot tizimiga ulanadigan axborot vositalari, jumladan: 
modem va boshqa uskunalar bilan jihozlangan va boshqa kompyuterlar bilan 
bog'lanish kanallariga ega bo'lmagan shaxsiy (kompyuter, noutbuk, netbuk, planshet) 
elektron-hisoblash mashinalari (bundan keyin - SHEHM); 
ishchi stansiyalar va serverlarga ega bo'lgan kommunikatsion jihoz va uskunalar 
orqali ulangan bir yoki bir necha birlashgan lokal kompyuter tarmoqlari (modemlar, 
shlyuzlar, marshrutizatorlar, routerlar, multipleksorlar, kommunikatsion serverlar va 
boshqalar]; 

Yüklə 209,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə