Konfedenlas ma'lumotlar pdf


umumfoydalaniladgan tarmoq provayderi -



Yüklə 209,31 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix29.11.2023
ölçüsü209,31 Kb.
#140736
1   2   3   4   5   6   7   8   9
konfidensial ma\'lumotlar nizomi

umumfoydalaniladgan tarmoq provayderi - 
umumfoydalaniladigan abonentlarga 
bevosita va abonent punkti tarmoqlari orqali xizmat ko'rsatishni ta'minlovchi vakolatli 
tashkilot; 
tarmoq - 
lokal kompyuter tarmog'i va/yoki umumfoydalaniladigan axborotlar 
tarmog'i; 
axborotlarni muhofazalash vositalari - 
axborotlarni shakllantirish, uzatish, qabul 
qilish, o'zgartirish, aks ettirish va saqlash bosqichlarida kriptografik va texnik 
muhofazalanishni ta'minlovchi apparat, dasturiy yoki apparat-dasturiy vositalar; 
axborotlarni muhofazalash tizimi 
- tizimdagi axborotga ruxsatsiz kirishdan 
muhofazalovchi kompleks tashkiliy chora-tadbirlar va dasturiy-texnik (shu jumladan, 
kriptografik] vositalar; 
axborotlar (ma'lumotlar) yaxlitligi - 
axborotlar [ma'lumotlar] va uning egasining 
holati, bunda uning bo'linmasligi va ruxsatsiz yoki qasddan yo'q qilinishi, buzib 
ko'rsatilishi, tarqab ketishi, o'g'irlanishi, qalbakilishtirilishi, to'laligicha yoki uning ayrim 
tarkibiy qismlari almashtirilishini oldi olishning ta’minianishi;
web-server - 
gipermatnli texnologiyalar yordamida umumfoydalaniladigan 


tarmoqdagi axborot serveri. 
3.
Ushbu Nizom axborot xavfsizligining quyidagi asosiy masalalarini belgilaydi: 
tashkilotda ishlanayotgan ma'lumotlarni konfidensial axborotlar sirasiga kiritish 
tartibi; 
axborotlarni muhofazalash, shu jumladan, ularni ishlab chiqish va axborot hamda 
axborotlashtirish obyektlari himoya tizimlarini modernizatsiya qilish borasidagi ishlarni 
tashkil qilish; 
muzokaralar paytida og'zaki axborotlarni muhofazalash, shu jumladan, ushbu 
jarayonda texnik vositalaridan foydalanish bo'yicha talab va tavsiyalar; 
axborotlarga texnik vositalari yordamida avtomatik tarzda ishlov berishda uni 
muhofazalash bo'yicha talablar; 
axborotlashtirish obyektlaridan foydalanishda axborot muhofazasini ta’minlash 
tartibi; 
turli kompyuter vositalari va axborot texnologiyalari orqali avtomatlashtirilgan 
tizimlarni ishlab chiqish va foydalanishda axborotni muhofazalashning o'ziga xosligi; 
umumfoydalaniladigan axborot tarmoqlari abonentlari bilan hamkorlikda 
axborotni muhofazalash xususiyatlari. 
4.
Axborotga texnik vositalardan foydalangan holda ishlov berishda axborotni 
muhofazalash turli vazifalar uchun axborotlashtirish obyektlarini yaratish va foydalanish 
bo'yicha ishlarning tarkibiy qismi hisoblanib, ushbu Nizomda belgilangan tartibda 
axborot muhofazasiga doir boshqa choralar bilan uyg'unlashgan holda tizimli ravishda 
amalga oshirilishi zarur. 
5.
Og'zaki axborot bilan bir qatorda, axborot elektr signallari, fizik maydonlar, ya’ni 
bosma, magnit, optik va boshqa axborot tashuvchilar shaklida taqdim etilgan 
ma'lumotlarga texnik vositalar yordamida ishlov berilayotgan ma'lumotlar, 
avtomatlashtirilgan tizimdagi axborot hududlari va ma'lumotlar bazalari kabi axborotlar 
muhofaza qilinadi. 
Turli darajadagi va yo'nalishdagi axborot tizimlari, telekommunikatsiya tarmoqlari, 
axborotga ishlov berish texnik vositalari hamda ushbu vositalar o'rnatilgan va 
foydalanilayotgan xonalar, shuningdek, muzokaralar, shu jumladan, konfidensial 
xarakterdagi muzokaralar olib borish uchun ajratilgan alohida xonalar axborotning 
muhofazalanadigan obyektlari hisoblanadi. 
Konfidensial ma'lumotlarni qayta ishlashga mo'ljallangan axborotlashtirish 


obyektlari quyidagilarni o'z ichiga olishi mumkin: 
axborotlashtirish vositalari va tizimlari (kompyuter vositalari, kompyuter 
texnologiyalari asosidagi avtomatlashtirilgan tizimlar, shu jumladan, axborot va 
kompyuter komplekslari, tarmoqlari va tizimlari); 
axborotlarni qabul qilish, ishlov berish va uzatish texnik vositalari (telefon, ovoz 
yozish, ovoz kuchaytirish, so'zlashish va televizion qurilmlar, hujjatlarni ko'paytirish va 
ovozga ishlov berish, grafika, video, harf-raqamli axborotlarga ishlov berish va boshqa 
texnik vositalar); 
dasturiy vositalar (operatsion tizimlar, ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlari, 
boshqa umumtizim va amaliy dasturiy ta’minot).
6.
Axborotlarni muhofazalash kompleks tashkiliy-texnik tadbirlar orqali amalga 
oshiriladi. Bunda (zarur bo'lsa) axborot tarqalib ketishining oldini oluvchi muhofaza 
vositalari yoki ulardan ruxsatsiz foydalanish orqali texnik kanallari bo'yicha ta'sir etiladi. 
Bu borada axborotga ishlov berish jarayonida, uning hammabopligi va texnik 
vositalarning ishga layoqatliligiga dasturiy-texnik ta'sirlarning oldini olish, axborotning 
yaxlitligini buzish (yo'q qilish, buzib ko'rsatish) maqsadida foydalaniladi. 
7.
Vazirlik tizimida konfidensial xarakterga ega muzokaralarni olib borish va 
konfidensial axborotga ishlov berishda texnik vositalardan foydalanilganda axborot 
xavfsizligiga tahdidlarni bartaraf etish maqsadida axborot manbalarini neytrallashtirish 
bo'yicha quyidagi choralarni ko'radi: 
olib borilayotgan telefon so'zlashuvlari va radiomuzokaralarning tinglanishi; 
axborotlarni ekranlar va uning aksini ko'rish uchun mo'ljallangan boshqa vositalar, 
bosma va boshqa axborot tarqatuvchi, shu jumladan, optik vositalar orqali kuzatilishi; 
texnik yoki ayrim axborot tarqatuvchi vositalarni ularda saqlanayotgan axborotlar 
bilan birgalikda o'g'irlanishi; 
axborot akustik signallarining mikrofon ta'siri hisobiga elektr signallariga o'zgarishi 
hamda elektr simlar va yo'nalishlar orqali nazorat maydoni chegaralaridan chiqishi; 
muhofazalangan xonalarning qurilish va muhandislik kommunikatsiya vositalariga 
ta'siri ostida axborot akustik signalni o'tkazish orqali vujudga keladigan vibro-akustik 
signallari; 
avtomatlashtirilgan 
tizimlardagi 
axborotlardan, 
shu 
jumladan, 
umumfoydalaniladigan axborot tarmoqlari orqali ruxsatsiz foydalanilishi va unga 
nisbatan ruxsatsiz harakat qilinishi; 


axborotlarning konfidensialligi, yaxlitligi va ommabopligi, texnik vositalarning 
ishga layoqatliligini ruxsatsiz o'rnatilgan dasturiy vositalar yordamida buzish maqsadida 
texnik yoki dasturiy axborot tizimlariga ta'sir ko'rsatish; 
elektr ta’minot va aloqa liniyasi zanjirining nazorat hududi tashqarisiga chiqadigan 
texnik vositalari bilan ishlov beriladigan axborot signallarini to'g'rilash; 
nazoratdagi hudud chegarasidan tashqariga chiqadigan elektr ta'minlash zanjiri va 
aloqa liniyasida texnik vositalar yordamida ishlov berilayotgan axborot signallarini 
to'g'rilash; 
texnik vositalar tarkibiga kiradigan turli generatorlar ishlashi yoki texnik vositalar 
tugunlarida (elementlari) parazit generatsiyalar mavjudligi natijasida axborot signallar 
bilan modullangan radio nurlanishlar; 
texnik vositalariga joriy etilgan radio nurlanish yoki elektr signallari va axborot 
signallari bilan modullangan axborotni olish maxsus vositalari bilan jihozlangan (shu 
jumladan, dasturiy ta’minot) xonalarni muhofazalash;
aloqa kanallari yoki axborotga ishlov berish texnik vositalariga ulangan yashirincha 
elektron qurilmalar radio nurlanishi yoki elektr signallari. 
8.
Axborotni muhofazalash, uning yo'lda tutib olinishi yoki quyidagi texnik 
vositalardan foydalangan holda ta’sir ko'rsatilishi ehtimolini hisobga olib tashkil etiladi:
nazorat maydoniga yaqin joylashgan binolar va transport vositalaridan; 
muhofaza obyekti joylashgan binodagi boshqa tashkilotlarga tegishli qo'shni 
xonalardan; 
tashkilotga, shu jumladan, muhofaza qilinayotgan xonalarga begona shaxslar 
ruxsatsiz kirishining oldini olish; 
avtomatlashtirilgan tizimdagi aylanma ma’lumotlarga 
avtomatlashtirilgan 
tizimning texnik vositalari yordamida, shuningdek, umumfoydalaniladigan axborot 
tarmog'i orqali ma'lumotlardan ruxsatsiz ulanish. 
9.
Axborotlashtirish obyektida axborotni muhofazalashga yo'naltirilgan tadbirlarni 
rejalashtirish va amalga oshirish uchun muayyan sharoitlarda muhofaza qilinayotgan 
axborotga ta’sir ko'rsatayotgan yoki ta’sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan tahdidlar hisobga 
olinadi. 
Axborotni muhofazalash bo'yicha zarur choralarning ro'yxati axborotni 
muhofazalashga ketgan xarajatlar bilan uni oshkor qilish, yo'qotish, yo'q qilish, 
buzishdan bo'lgan zarar nisbati, ushbu axborotga ishlov beruvchi texnik vositalari 


ishlashi va axborotga kirish qoidasini buzish, shuningdek, uni yo'lda tutib olish va 
mazmunini oshkor qilish real imkoniyatlarini hisobga olgan holda axborotlashtirish 
obyektida o'tkazilgan o'rganishlar va tahlillar natijalariga qarab belgilanadi. 
10.
Asosiy e'tibor axborotni yo'lda tutib olishning murakkab texnik vositalaridan 
foydalanmagan holda axborot xavfsizligiga tahdid ko'rsatilayotgan ma'lumotlar 
muhofazasiga qaratiladi: 
muhofazalangan joylarda kechayotgan og'zaki ma’lumotlarga;
kompyuter vositalari yordamida ishlov berilayotgan axborotlarga ruxsatsiz kirish; 
displey ekranlari va boshqa tasvir vositalarida ko'rsatiladigan axborotlar; 
nazorat hududi tashqarisiga chiqadigan aloqa kanallari orqali uzatiladigan 
axborotlar. 
11.
Konfidensial xarakterdagi hujjatlar bilan ishlash muhofazalangan xonalarda 
olib boorish choralari ko'riladi. Muhofazalangan joylar haqidagi m
a’lumotlar 
axborotlashtirish obyektining texnik pasportiga kiritiladi. 
12.
Matnli va grafikli konfidensial axborotlarni oynalar orqali ko'rishga yo'l 
qo'ymaslik uchun xonalar istisno holda zarur vositalar bilan jihozlanishi zarur. 
13.
Konfidensial axborotlarni muhofazalashda foydalaniladigan asosiy texnik 
vositalar va tizimlarni axborot xavfsizligi talablariga muvofiq sertifikatsiyalash ixtiyoriy 
ravishda amalga oshiriladi. 
14.
Konfidensial axborotlar qayta ishlanadigan axborotlashtirish obyektlari 
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 8-iyuldagi "Milliy axborot resurslarini 
himoyalashga doir qo'shimcha chora-
tadbirlar to'g'risida” PQ
-1572-son qaroriga asosan 
axborot xavfsizligi talablariga muvofiqligi yuzasidan attestatsiyadan o'tkazilishi lozim. 
15.
Konfidensial axborotlarni muhofazalash bo'yicha talablarni tashkil etish va 
ta'minlash mas'uliyati Vazirlik hamda Vzirlik tizimidagi tashkilotlarda rahbarning 
raqamlashtirish bo'yicha o'rinbosari zimmasiga yuklatiladi. Agarda tizim tashkilotlarida 
rahbar o'rinbosari shtati mavjud bo'lmasa, u holda tashkilot rahbari zimmasiga 
yuklatiladi. 

Yüklə 209,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə