12-Mavzu: Pedagogga xos kasbiy kompetentlikning tarkibiy asoslari



Yüklə 20,6 Kb.
tarix05.05.2023
ölçüsü20,6 Kb.
#108655
12-mavzu

12-Mavzu: Pedagogga xos kasbiy kompetentlikning tarkibiy asoslari

Reja:

Bir qator tadqiqotlarda bevosita pedagogga xos kasbiy kompe- tentlik va uning o‘ziga xos jihatlari o‘rganilgan. Bunday tadqiqotlar sirasiga A.K.Markova va B.Nazarovalar tomonidan olib borilgan izlanishlarni kiritish mumkin. O‘z tadqiqotlarida A.K.Markova pedagogning kasbiy kompetentligi quyidagi tarkibiy asoslardan iborat ekanligi aytiladi:



  • maxsus yoki kasbiy kompetentlik (kasbiy faoliyatni yuqori darajada tashkil etish). Shaxsiy kompetentlik (o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘z-o‘zini namoyon etish)

  • individual kompetentlik (o‘z-o‘zini boshqarish, kasbiy rivojlanish va yangiliklar yaratish). Ijtimoiy kompetentlik (qo‘shimcha faoliyatni hamkorlikda tashkil etish).

O‘zbekistonda pedagogning kasbiy kompetentligi, uning o‘ziga xos jihatlari o‘rganilgan bo‘lib, ular orasida B.Nazarova tomonidan olib borilgan tadqiqot o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotchining fikriga ko‘ra, pedagogga xos kasbiy kompetentlik negizida quyidagi tarkibiy asoslar tashkil etadi:

  • maxsus yoki kasbiy kompetentlik (kasbiy faoliyatni yuqori darajada tashkil etish); Ijtimoiy kompetentlik (kasbiy faoliyatni hamkorlikda tashkil etish, ijtimoiy mas’ullik); Autokompetentlik (o‘z- o‘zini kasbiy rivojlantirish); Ekstremal kasbiy kompetentlik (kutilmagan vaziyatlarda ishlay olish). Kasbiy-pedagogik kompetent- likka ega bo‘lishda o‘z ustida ishlash, o‘z-o‘zini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. O‘z-o‘zini rivojlantirish vazifalari o‘zini o‘zi tahlil qilish va o‘zini o‘zi baholash orqali aniqlanadi. O‘z ustida ishlash quyidagilarda ko‘rinadi:

    • kasbiy BKMni takomillashtirib borish; faoliyatga tanqidiy va ijodiy yondashish; kasbiy va ijodiy hamkorlikka erishish; ishchanlik qobiliyatini rivojlantirish; salbiy odatlarni bartaraf etib borish;

Pedagogning mutaxassis sifatida:


    • aniq maqsad, intilish asosida pedagogik jarayonni takomil- lashtirish;

    • pedagogik jarayon samaradorligini, o‘zining ishchanlik faolligini oshirish;

    • izchil ravishda yangilanib borayotgan pedagogik bilimlarni o‘zlashtirish;

    • ilg‘or texnologiya, metod hamda vositalardan xabardor bo‘lish;

    • faoliyatiga fan-texnikaning so‘nggi yangiliklarini samarali tatbiq etish;

    • kasbiy ko‘nikma va malakalarini takomillashtirish;

    • salbiy pedagogik nizolarning oldini olish, bartaraf etish choralarini izlash yo‘lida olib boradigan amaliy harakati uning uz ustida ishlashini ifodalaydi.

Pedagoglarning o‘z ustilarida izchil, samarali ishlashlarida faoliyatga loyihali yondasha olishlari qo‘l keladi. Ularning loyihali yondashuv asosida quyidagi modelni shakllantira olishlari maqsadga muvofiqdir. Modelda o‘z ustida ishlash bosqichlari va har bir bosqichda amalga oshiriladigan vazifalar qayd etiladi. Har bir bosqich uchun belgilangan vazifalarning samarali hal etilishi navbatdagi bosqichga o‘tish imkonini beradi. Ma’lum bosqich vazifalari hal etilgach, pedagog bu holatni alohida bandda qayd etadi.
Pedagogning kasbiy kompetentlikka ega bo‘lishida o‘zini o‘zi tahlil qila olishi ham ahamiyatli sanaladi.
O‘zini o‘zi tahlil qilish pedagog tomonidan kasbiy faoliyatda tashkil etayotgan o‘z amaliy harakatlari mohiyatining o‘rganilishidir. O‘zini o‘zi tahlil qilish orqali pedagog o‘zini o‘zi obyektiv baholash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Zero, pedagoglarning kasbiy kompetentlik sifatlariga ega bo‘lishida ularning o‘z-o‘zini baholash malakalariga egaligi ham muhimdir.
O‘zini o‘zi baholash (O‘O‘B) - shaxsning o‘z o‘zini tahlil qilishi orqali o‘ziga baho berishi. O‘zini o‘zi baholash subyekt uchun shaxsiy imkoniyatlarini hisob-kitob qilish, o‘ziga obyektiv baho berish, o‘zidan qoniqishni ta’minlaydi.
O‘z-o‘zini baholash shaxsning qobiliyatini o‘z kuchi bilan yuzaga chiqishiga yordamlashishi zarur. O‘z-o‘zini baholash qiyin, lekin shaxsni bunga bevosita tayyorlash mumkin. Har qanday mutaxassisda bo‘lgani kabi pedagogning ham o‘zini o‘zi samarali baholay olishiga bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi.
O‘zini o‘zi samarali baholash omillari:

  1. O‘zini tushunish (o‘zi haqida aniq ma’lumotlarga ega bo‘lish).

  2. Shaxs sifatida o‘z qadr-qimmatini anglash (o‘zi to‘g‘risidagi ijobiy ma’lumotlarni to‘plash).

  3. O‘zini o‘zi nazorat qilish (o‘zi to‘g‘risidagi shaxsiy fikrning atrofdagilar tomonidan unga berilayotgan bahoga mos kelishi.

O‘z o‘zini baholash darajasi shaxsning o‘z-o‘zidan qoniqishi yoki qoniqmasligini belgilab beradi. Bunda o‘z-o‘zini baholash ko‘rsat- kichlari shaxs imkoniyatlariga mos kelishi lozim. O‘zini o‘zi oshirib yoki pasaytirib ko‘rsatish o‘z-o‘zini baholash ko‘rsatkichlarining noto‘g‘ri bo‘lishiga olib keladi.
Ko‘plab manbalarda shaxs tomonidan o‘z-o‘zini baholash quyidagi formula asosida aniqlanishi ko‘rsatilgan:
Formulaga ko‘ra, qandaydir yutuqqa erishgach, shaxs tomonidan o‘zini o‘zi yuqori baholash (yutuqlar hissasini oshirish) yoki o‘ziga nisbatan qo‘yayotgan talablarni pasaytirish ro‘y beradi.
Ushbu model asosida o‘z-o‘zini baholash nihoyatda oson kechadi. Bordi-yu, erishilgan yutuqlar soni o‘z-o‘zini rivojlantirish vazifalariga nisbatan ko‘p (1 dan katta) bo‘lsa, u holda pedagog yuqori darajada kasbiy kompetentlikni namoyon etadi. Bordi-yu, yutuqlar va belgilangan o‘zini o‘zi rivojlantirish vazifalari o‘zaro (1ga) teng bo‘lsa, u holda u o‘zida o‘rta darajadagi kasbiy kompetentlikni ifodalaydi. Agarda, yutuqlar soni belgilangan rivojlantirish vazifalaridan kam (1dan kichik yoki 0 ga teng) bo‘lsa, u holda pedagogning kasbiy kompetentlik darajasi past hisoblanadi va bu holat pedagogdan o‘z kasbiy kompetentligini rivojlantirishga jiddiy e’tibor berishini talab qiladi.
Formulada “o‘zini o‘zi rivojlantirish vazifalari” jumlasi qo‘llanilgan ekan, eng avvalo, o‘zini o‘zi rivojlantirish nima ekanligini tushunib
olish lozim.
O‘z-o‘zini rivojlantirish - shaxsning o‘zida kasbiy tajriba, malaka va mahoratni takomillashtirish yo‘lida aniq maqsad va puxta o‘ylangan vazifalar asosida mustaqil ravishda amaliy harakatlarni tashkil etishidir.
Bir qator tadqiqotlarda mutaxassis, shu jumladan, pedagogning o‘z- o‘zini rivojlantirishida “Individual rivojlanish dasturi” qo‘l kelishi aytiladi.
Individual rivojlanish dasturi (IRD) - har bir shaxs yoki mutaxassisning o‘zida ma’lum sifat, BKM, kasbiy kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirish ehtiyojlari asosida ishlab chiqilgan shaxsiy-amaliy xarakterdagi dastur. Ushbu dasturda kasbiy faoliyatni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan BKM hamda kasbiy kompetentlik sifatlarini shakllantirish va rivojlantirish muddatlari belgilanadi.
Har qanday mutaxassis kabi pedagog ham o‘zi uchun shaxsiy- amaliy xarakterga ega “Individual rivojlanish dasturi”ni ishlab chiqa olishi, u asosida pedagogik faoliyatni yo‘lga qo‘yishi zarur.
Pedagogning individual rivojlanish dasturi - mutaxassis sifatida pedagogning individual ravishda o‘zida u yoki bu kasbiy-pedagogik sifat, bilim, ko‘nikma, malakalar, kasbiy kompetentlik sifatlarini shakllantirish va rivojlantirish ehtiyojlariga tayangan holda ishlab chiqqan shaxsiy-amaliy xarakterdagi dasturi.
Pedagog tomonidan ishlab chiqiladigan “Individual rivojlanish dasturi” quyidagi tarkibiy elementlardan tarkib topadi:

  1. pedagogik bilimlar;

  2. psixologik bilimlar;

  3. mutaxassislik bilimlari;

  4. didaktik malakalar;

  5. tarbiyaviy ishlarni tashkil etish malakalari;

  6. ruhiyatning kasbiy ahamiyatga ega xususiyatlari va shaxsiy sifatlar;

  7. o‘z-o‘zini rivojlantirish maqsadlari;

  8. o‘z-o‘zini rivojlantirish uchun topshiriqlar.

Bir qator, xususan, A.K.Markova hamda B.Nazarovalarning tadqiqotlarida pedagogik kompetentlikning tarkibiy asoslari qayd etib o‘tilgan. Pedagogning kasbiy kompetensiyasi pedagogik (o‘quv va tarbiya) jarayonni samarali, muvaffaqiyatli tashkil etilishini
ta’minlaydi. Kasbiy kompetensiyaga ega bo‘lish uchun pedagog o‘z- o‘zini izchil rivojlantirib borishga e’tiborni qaratishi zarur. O‘z-o‘zini rivojlantirishda pedagogga “Individual rivojlanish dasturi” qo‘l keladi. Zero, ushbu dasturda pedagogda mavjud bo‘lgan kompetentlik sifatlari va rivojlantirish zarur bo‘lgan sifat, BKMni aniq, xolis ifodalash mumkin.
Yüklə 20,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə