Referat Mavzu: Aksiz solig’i stavkalari va to’lash tartibi



Yüklə 386,94 Kb.
səhifə1/4
tarix27.03.2023
ölçüsü386,94 Kb.
#103250
növüReferat
  1   2   3   4
Aksiz solig\'i




Samarqand Iqtisodiyot va Servis Instituti
“Investitsiya va innovatsiyalar” kafedrasi
Referat
Mavzu: Aksiz solig’i stavkalari va to’lash tartibi


Tekshirdi : Turayev A.
Tayyorladi : IK119-guruh talabasi Urolov N.


SAMARQAND – 2023
Reja:

1. Aksiz solig’i

2. Aksiz solig’i obyektlari
3. Aksiz solig’i stavkalari


  1. Aksiz solig‘i


Boshqa soliq turlaridan farqli ravishda aksiz solig‘i faqatgina ishlab chiqarish sohasiga taalluqli bo‘ladi. Aksiz to‘lovi muayyan mahsulot turlariga taalluqli hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasida aksiz solig‘i davlat solig‘i tarkibiga kiritiladi. Aksiz solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibini nazorat qilishning asosiy me’yoriy hujjati O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksidir (40-bob, 283-289-moddalar)
Aksiz solig‘i to‘lovchilari sifatida quyidagilar tan olinadi:
1) O‘zbekiston Respublikasi hududida aksiz solig‘i solina-digan tovarlarni (aksiz to‘lanadigan tovarlarni) ishlab chiqaruvchilar;
2) tabiiy gazni iste’molchilarga realizatsiya qilishni amalga oshiruvchilar;
3) benzin, dizel yoqilg‘isini yakuniy iste’molchilarga realizatsiya qilishni, shu jumladan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari orqali, shuningdek gazni avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari orqali realizatsiya qilishni amalga oshiruvchilar. Ushbu bo‘limni qo‘llash maqsadida yakuniy iste’molchilar deganda o‘z ehtiyojlari uchun benzin, dizel yoqilg‘isi hamda gaz oluvchi yuridik va jismoniy shaxslar tushuniladi;
4) oddiy shirkat ishtirokchisi bo‘lgan, oddiy shirkat shartno-masi doirasida amalga oshiriladigan aksiz to‘lanadigan tovarni ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat bo‘yicha oddiy shirkat ishlarini yuritish vazifasi zimmasiga yuklatilgan ishonchli shaxs;
5) O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududi orqali aksiz to‘lanadigan tovarlarni olib o‘tuvchilar. Bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq mazkur shaxslar soliq to‘lovchilar deb e’tirof etiladi.
Aksiz tovarlari guruhiga quyidagi mahsulotlar kiritiladi:

  • etil spirti va uning barcha turlari;

  • Tarkibida 9% dan ortiq miqdorda etil spirti mavjud bo‘lgan barcha eritmalar( eritma, emulsiya, suspenziya va boshqa shu turdagi soliqlar) ;

  • alkogol mahsulotlari;

  • pivo;

  • tamaki mahsulotlari;

  • avtomobil benzini;

  • dizel yoqilg‘isi;

  • dizelli va karbyurator (injektor) dvigatellari uchun motor moyi;

  • to‘g‘ridan to‘g‘ri olingan benzin.

Aksiz solig‘i bilvosita soliq ko‘rinishida byudjetga kiritiladigan (olinadigan), narxda va qo‘shilgan qiymat solig‘i solish bazasida hisobga olinadigan sof daromadning bir qismidir.
Aksiz solig‘i stavkalari va aksizlanadigan tovarlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqla-nadi hamda belgilangan tartibda soliq to‘lovchilarga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan yetkaziladi.
Aksizlanadigan tovarlar ishlab chiqaradigan, mulkchilik shakli-dan qat’iy nazar, yuridik shaxslar aksiz solig‘i to‘lovchilari hisoblanadi.

Yüklə 386,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə