Referat Mavzu: Aksiz solig’i stavkalari va to’lash tartibi



Yüklə 386,94 Kb.
səhifə4/4
tarix27.03.2023
ölçüsü386,94 Kb.
#103250
növüReferat
1   2   3   4
Aksiz solig\'i

3. Aksiz solig’i stavkalari
Aksiz solig‘ini hisoblashning quyidagi stavkalari mavjud:
– qat’iy (maxsus) soliq stavkasi – soliqqa tortish obyektiga nisbatan mutloq qiymatlarda aniqlanadi.
– advalor stavka – o‘lchov birligiga nisbatan foizlarda hisoblanadi.
– kombinatsiyalashgan soliq stavkasi – soliq stavkalari aralash shaklda qo‘llaniladi.
Quyidagilarga aksiz solig‘i solinmaydi:
a) aksizlanadigan tovarlarni eksportga realizatsiya qilish, bundan ro‘yxatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan ayrim tovarlar mustasno;
b) bojxona hududida qayta ishlash bojxona tartib-taomiliga joylash-tirilgan tovarlardan ishlab chiqarilgan, qayta ishlash mahsuli bo‘lgan aksiz to‘lanadigan tovarlarni keyinchalik O‘zbekiston Respublika-sining bojxona hududidan olib chiqib ketish sharti bilan berish;
d) ixtisoslashtirlgan gaz ta’minoti korxonalari orqali aholiga suyultirilgan gazni maishiy ehtiyojlar uchun realizatsiya qilish;
e) O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga quyidagi aksiz to‘lanadigan tovarlarni insonparvarlik yordamida olib kirish;
f) xalq ta’limi va sog‘liqni saqlash tizimining ehtiyojlari uchun O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan maxsus mebel.
Imtiyozlar taqdim etish uchun maxsus mebel deganda, davlat va nodavlat ta’lim va tibbiyot muassasalarini jihozlash uchun; bo‘ysunishdagi ta’minot sotish tashkilotlariga ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimlarini jihozlash uchun sotiladigan mebellar tushuniladi.
Imtiyoz ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimlarini jihozlash uchun maxsus mebelni xarid qilishga tuzilgan kontraktlar (shartnomalar) mavjud bo‘lganida taqdim etiladi.
To‘lovchilar tomonidan (Soliq kodeksining 293-modda) sotishning haqiqiy hajmidan kelib chiqib hisoblab chiqarilgan aksiz solig‘i summasi byudjetga quyidagi muddatlarda to‘lanadi:
– soliq davridan keyingi oyning 13-kunidan kechiktirmay; Tovarga ilova qilinadigan hujjatlarda ko‘rsatilgan mahsulot yuklab jo‘natilgan kun sotish kuni bo‘lib hisoblanadi.
O‘n kunlik to‘lovlar bo‘yicha aksiz solig‘ining kelib tushgan so‘mmasi Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to‘lovchilarning shaxsiy hisobvaraqlarida bir vaqtda soliqni “Hisoblab yozish” va “To‘lash” ustunlarida aks ettiriladi.
Aksiz solig‘i bo‘yicha hisob-kitob ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladi:
– korxonalar tomonidan (mikrofirmalar va kichik korxonalardan tashqari) – hisobot oyidan keyingi oyning 13-kunidan kechiktirmas-dan har oyda;
– mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan – birinchi chorak, yarim yillik va 9 oy yakunlari bo‘yicha, o‘n kunliklarga taqsimlagan holda, hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmasdan, yil yakunlari bo‘yicha esa - yillik moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatida.
Damolish (ishlanmaydigan) yoki bayramkuniga to‘g‘ri keladigan aksiz solig‘ini to‘lash muddatlari, tegishincha, hisob- kitobni taqdim etish muddatlari ham dam olish yoki bayram kunidan keyingi birinchi ish kuniga ko‘chiriladi.
Hisobot davri mobaynida un kunlik to‘lovlar bilan kiritilgan aksiz solig‘i summalari tegishli hisobot davri uchun hisob-kitob bo‘yicha hisoblab chiqarilgan soliq summasida hisobga olinishi kerak.
Ortiqcha kiritilgan aksiz solig‘i summalari bulg‘usi to‘lovlar hisobiga kiritiladi yoki uning yozma arizasi olingan kundan boshlab Davlat soliq xizmati organi tomonidan 30 kun ichida to‘lovchiga qaytariladi (agar byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz mavjud bo‘lmasa).
Yüklə 386,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə