Referat Mavzu: Aksiz solig’i stavkalari va to’lash tartibi



Yüklə 386,94 Kb.
səhifə2/4
tarix27.03.2023
ölçüsü386,94 Kb.
#103250
növüReferat
1   2   3   4
Aksiz solig\'i

2. Aksiz solig’i obyektlari
Aksiz soligi obyekti quyidagilar hisoblanadi:
1) aksiz to‘lanadigan tovarlarni realizatsiya qilish, shu jumladan, aksiz to‘lanadigan tovarlarni boshqatovarlarga (xizmatlarga) ayirboshlash uchun berish:

    • tovarga bo‘lgan mulk huquqini berish;

    • garov bilan ta’minlangan majburiyat bajarilmagan taqdirda, garovga qo‘yilgan aksiz to‘lanadigan tovarlarni garovga qo‘yuvchi tomonidan berish;

    • aksiz to‘lanadigan tovarlarni bepul berish;

    • aksiz to‘lanadigan tovarlarni (xizmatlarni) jismoniy shaxslar-ning mehnatiga haq to‘lash yoki dividendlar to‘lash hisobidan berish;

2) aksiz to‘lanadigan tovarlarni yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida yoxud oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat to‘g‘risidagi shartnoma) bo‘yicha sherikning (ishtirokchining) hissasi sifatida berish;
3) aksiz to‘lanadigan tovarlarni:
a) ishtirokchiga (muassisga) uyuridik shaxs tarkibidanchiqqan (chiqib ketgan) taqdirda yoxud yuridik shaxsda ishtirok etish ulushi kamayganda yoki yuridik shaxs tomonidan ishtirokchidan ushbu yuridik shaxsda ishtirok etish ulushi (ulushning bir qismi) qaytarib sotib olinganda ishtirokchiga berish;
b) yuridik shaxs bo‘lgan emitent tomonidan aksiyadordan ushbu emitent chiqargan aksiyalar qaytarib sotib olingan taqdirda aksiyadorga berish;
d) yuridik shaxsni tugatishda aksiyadorga yoki ishtirokchiga berish;
4) aksiz to‘lanadigan tovarlarni qaytarish sharti bilan qayta ishlash uchun topshirish, shuningdek, qaytarish sharti bilan berilgan xom ashyo va materiallarni qayta ishlash mahsuli bo‘lgan, shuning-dek aksiz to‘lanadigan shunday xom ashyo va materiallarning mahsuli bo‘lgan, aksiz to‘lanadigan tovarlarni qaytarish sharti bilan berilgan xom ashyo va materiallarning mulkdoriga ishlab chiqa-ruvchi tomonidan topshirish;
5) aksiz to‘lanadigan tovarlardan o‘z ehtiyojlari uchun foydalanish;
6) aksiz to‘lanadigan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirish;
7) benzinni, dizel yoqilg‘isini va gazni yakuniy iste’molchilarga realizatsiya qilish yoki ulardan o‘z ehtiyojlari uchun foydalanish;
8) aksiz to‘lanadigan xizmatlar ko‘rsatish;
9) O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan va (yoki) O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga import qilinadigan aksiz to‘lanadigan tovarlarning buzilishi, yo‘qotilishi, bundan favqulodda vaziyatlar natijasida yuzaga kelgan hollar mustasno. Aybdor tomonidan tovarning qiymati sug‘urta orqali to‘langan yoki uning o‘rni qoplangan taqdirda, aksiz solig‘i sug‘urta orqali to‘lash (o‘rnini qoplash) ulushida to‘lanadi.
Buyurtmachi tomonidan beriladigan xom ashyodan mahsulotga aksiz solig‘ini hisoblash chog‘ida aksiz solig‘i solinadigan mahsulotni sotishga doir aylanma quyidagicha belgilanadi:
– aksiz solig‘ining qat’iy stavkalari belgilangan mahsulot bo‘yicha tayyor mahsulotning fizik hajmidan kelib chiqib;
– boshqa mahsulotlar bo‘yicha tayyor mahsulotni ishlab chiqarishga doir ishlar qiymatidan va buyurtmachi tomonidan beriladigan xom ashyo qiymatidan kelib chiqib.
Aksiz solig‘i so‘mmasi quyidagi formulalar bo‘yicha aniqlanadi:
Toza etil spirtining 1 litri uchun aksiz solig‘ining qat’iy stavkalari belgilangan mahsulot bo‘yicha mahsulot birligiga alkogolli mahsulot (kam spirtli vino, shampan vinosidan tashqari)
(F x A) / 100, (1) bunda
F – tayyor mahsulot tarkibidagi spirt (o‘tkirligi), foizlarda (undan spirt tayyorlangan xom ashyo turidan qat’i nazar);
A – aksiz solig‘ining qat’iy stavkasi, o‘lchov birligiga so‘mlarda. Tayyor mahsulot birligiga aksiz solig‘ining qat’iy stavkalari belgilangan mahsulot bo‘yicha (kam spirtli vino, shampan vinosi, etil spirti, pivo, o‘simlik (paxta) yog‘i va tamaki mahsulotlari)
S x A, (2) bunda:
S – tegishli o‘lchov birliklarida sotilgan mahsulotning fizik hajmi; A – aksiz solig‘ining qat’iy stavkasi, o‘lchov birligiga so‘mlarda. Boshqa aksizlanadigan mahsulotlar bo‘yicha,
(O x A) / 100, (5) bunda
O – o‘z ichiga aksiz solig‘ini oladigan narx, QQSsiz; A – aksiz solig‘i stavkasi, foizlarda.
Aksiz markalari bilan markalangan tovarlar bo‘yicha aksiz solig‘i belgilangan tartibda hisoblab chiqiladi. Bunda aksiz markazlarining nominal qiymati aksiz solig‘ini to‘lash hisobiga kiritilmaydi.

Yüklə 386,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə