Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik


-bob. Startap-loyihalarni tanlab olish va baholash mezonlari



Yüklə 354,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/14
tarix13.10.2023
ölçüsü354,99 Kb.
#127532
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
PKM589uz

7-bob. Startap-loyihalarni tanlab olish va baholash mezonlari 
45. Kengash va Ekspert komissiyasi hujjatlarning ushbu Nizom talablariga muvof iqligini 
o‘rganadi va startap-loyihalarni quyidagi mezonlar asosida tanlab oladi: 
ushbu Nizomning 
33-bandida 
sanab o‘tilgan hujjatlarning mavjudligi va ularning sifatini 
baholash; 
startap-loyihaning ushbu Nizomning 
32-bandidagi 
yo‘nalishlarga muvofiqligi
taklif qilinayotgan startap-loyihaning dolzarbligi — loyihada yoritilgan g‘oyaning 
zamonaviy muammo va masalalarni hal etishdagi ahamiyati baholanadi
startap-loyihaning innovatsion yo‘naltirilganligi va g‘oyasining yangiligi — loyiha yangi, 
takomillashtirilgan, ilgari respublikada qo‘llanilmagan texnologiyalar va (yoki) prinsiplarni qo‘llash, 
shuningdek, yangi, respublikada ilgari ishlab chiqarilmagan mahsulotni ishlab chiqarish hamda yangi 
xizmat joriy etilishini mo‘ljallagan bo‘lishi kerak; 
startap-loyihaning natijalarga erishish imkoniyatlarini baholash — loyihada bayon qilingan 
natijalarga erishishga qaratilgan masalalarni hal etish uchun taklif etilayotgan usullar va yo‘llarning 
mavjudligi, asoslanganligi hamda yetarli ekanligi baholanadi;


bozorda mahsulot yoki xizmatga bo‘lgan talabning mavjudligini baholash — mahsulot yoki 
xizmatning bozor talabi hamda tijorat istiqbollari baholanadi; 
startap-loyihaning tijoratlashtirilishi istiqbollari — kelajakdagi mahsulot tatbiq etilish va 
bozorga chiqish istiqboliga ega bo‘lishi, muayyan iste’molchiga nisbatan qo‘llanilishi kerak; 
loyihaning 
salohiyatli 
raqobat 
afzalliklarini 
baholash 
— iste’molchi 
uchun 
mahsulot/texnologiyaning uning amaldagi analoglariga nisbatan ustunliklari mavjudligi kabi muhim 
xususiyatlari baholanadi; 
loyihaning investitsion jozibadorligi — qo‘shimcha foyda keltiradigan va investitsiyalarni 
qoplamaslik xavfini kamaytiradigan qulay investitsiya va innovatsion shartlar hamda afzalliklar 
jamlanmasi; 
loyihaning iqtisodiy samaradorligi — loyihani amalga oshirishning moliyaviy natijalarini 
bevosita ishtirokchilar uchun hisobga holda iqtisodiy samaradorlik, shuningdek, loyihani amalga 
oshirishning moliyaviy oqibatlarini aks ettiruvchi budjet samaradorligi. 

Yüklə 354,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə