Korxonani moliyaviy natijalarini ifadalovchi ko’rsatgichlar Reja: 1



Yüklə 28,78 Kb.
səhifə1/8
tarix23.08.2023
ölçüsü28,78 Kb.
#120855
  1   2   3   4   5   6   7   8
mustaqil ish


Korxonani moliyaviy natijalarini ifadalovchi ko’rsatgichlar
Reja:
1. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy natijalarini tahlil etishning ahamiyati, tahlil vazifalari va axborot manbalari
2. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotning asosiy ko‘rsatkichlari, ular bilan shug‘ullanuvchilarning iqtisodiy manfaatlari
3. Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ularning turlari
4. Mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan moliyaviy natija va unga ta’sir etuvchi omillar tahlili
5. Korxona hisob foydasi (soliq to‘loviga qadar foyda) tahlili
6. Rentabellik va uning ko‘rsatkichlar tizimi
ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy natijalarini tahlil etishning ahamiyati, tahlil vazifalari va axborot manbalari
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida har bir xo‘jalik yurituvchi subyektning oldiga qo‘ygan asosiy maqsadi bu – foyda olishdir. Foyda ijtimoiy ishlab chiqarishni hamma bosqichlarining iqtisodiy kategoriyasidir. Foyda iqtisodiy kategoriya va moliyaviy yakun sifatida o‘zining eng yuqori ahamiyatiga bozor munosabatlari rivojlangan davrida ko‘tariladi. Foydani shakllantirish, uni realizatsiya qilish bu – kengaytirilgan qayta ishlab chiqarishning, qiymat qonunining va xo‘jalik hisobining obyektiv talabidir.
Kengaytirilgan qayta ishlab chiqarish ishlab chiqarishning doimo kengayishini, uning texnikaviy darajasini muntazam ko‘tarib turishni talab etadi. Buning uchun ishlab chiqarishda hamma vaqt foydaga erishilishi, realizatsiya qilinishi va undan ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalanish lozim.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va boshqa faoliyatlarning natijasi sifatida foyda olish asosiy maqsad hisoblanadi. Foyda olishni ko‘paytirish jamiyat manfaatiga ham mos keladi, chunki, iqtisodiy faoliyatning yuqori foydaliligi individual foydaning ko‘payishi bilan mamlakat milliy daromadining ortishiga olib keladi. Aytish mumkinki, foyda miqdori va uning darajasi bozor ishtirokchilari, ayniqsa, investorlarni harakatga keltiruvchi kuchdir. Bozor ishtirokchisining manfaatdorligi foyda miqdori bilan belgilanadi. Korxonalar, tashkilotlar hamda tadbirkorlar qaysi tarmoq va faoliyat foydani ko‘proq keltiradigan bo‘lsa, sarmoyani shu yerga joylashtirib, barcha imkoniyatlarini ishga solib shu faoliyatni rivojlantirish, rentabellik darajasini oshirib, ko‘proq foyda olishga intiladilar. Agar 362 mazkur sohada kapital o‘zini oqlamasa, foyda keltirmasa va bozorda o‘z o‘rnini topa olmasa investorlar kapitalni bu tarmoq yoki faoliyat turidan olib, boshqa yanada daromadliroq bo‘lgan tarmoqqa yo‘naltiradilar.
Bozor ishtirokchilari, shu jumladan tadbirkorlarning manfaati xalq iste’moli tufayligina ro‘yobga chiqadi. Ishlab chiqarilayotgan tovarlar, mahsulotlar, ko‘rsatilayotgan xizmatlar va bajarilayotgan ishlarga talab bo‘lsagina ular iste’molga yo‘l oladi, boshqacha qilib aytganda, sotiladi. Demak, talabsiz foyda yuzaga kelmaydi. Bozor qonuniyatining mazmuni ham shundan iborat va bozor sharoitida daromad olish, foyda qilishning boshqacha usuli bo‘lishi mumkin emas. Foyda mexanizmining ta’siri ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar faoliyatini iste’molchi manfaatiga qaratadi, chunki shu yo‘l orqaligina foyda olishni biladi.
Foyda (daromad) iqtisodiy harakatning zaruriy sharti, maqsadi sifatida qaraladi. Jahon amaliyotida foyda, deyilganda ko‘pincha, biznes samaradorligining tadbir vositasi sifatida qaraladi. Foyda bu daromadlar va xarajatlar farqlanishidagi yuqori o‘zgaruvchanlikdir. Ular orasidagi quyi o‘zgaruvchanlik esa zararni ifodalaydi. Daromadlar va xarajatlar moliyaviy natijlarni xarakterlovchi foydani o‘lchashga daxldor bo‘lgan elementlar hisoblanadi. Daromadlar va xarajatlarni, ya’ni foydani aniqlash va o‘lchash – korxona o‘z moliyaviy hisobotini tayyorlashda foydalaniladigan kapital konsepsiyasi hamda kapitalning saqlanishiga bog‘liq bo‘ladi.
Daromadlar va xarajatalar elementlari quyidagicha aniqlanadi.
Daromadlar - bu hisobot davrida iqtisodiy foydaning aktivlarning oqimi yoki ko‘payishi shaklida o‘sishi yoki passivlarning qatnashchilarning kapitaldagi omonatlaridan farq etuvchi o‘sishiga olib keluvchi kamayishidir.
Xarajatlar – hisobot davrida iqtisodiy foydaning aktivlarning chiqib ketishi yoki ulardan foydalanish shaklida kamayishi, shuningdek, qatnashchilar o‘rtasida kapitalning kamayishiga olib keluvchi majburiyatlarning yuzaga kelishidir.
Daromad va xarajatlarni aniqlash ularning asosiy xususiyatlarini belgilaydi, ammo ularni moliyaviy natijalar hisobotida aks ettirishda talab qilinadigan mezonlarni aniqlashni maqsad qilib qo‘ymaydi. Moliyaviy natijalar tahlilida daromad va xarajatlarning o‘zaro farqlanishidagi holatga baho beriladi. Moliyaviy natijalar foyda va zararlarning shakllanish qatorlari bo‘yicha o‘zgarishlari o‘rganiladi. Foyda va zararlarning omilli tahlili olib boriladi. Korxonada moliyaviy 363 natijaviylikni yaxshilash yuzasidan ichki imkoniyatlarning mavjudligi va ularni yo‘lga qo‘yishning chora va tadbirlari belgilanadi. Korxonaning foydalilik darajasini xarakterlovchi rentabellik ko‘rsatkichi va uning omilli tahlili o‘tkaziladi.

Yüklə 28,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə